Xakimova Nasiba Kaxramonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududdagi yog‘ - moy korxonalari ishlab chiqarish samaradorligini ilmiy - texnologik  modernizatsiyalash  asosida oshirish” (Povishenie effektivnosti proizvodstva maslojirovovix predpriyatiy v regione na osnove nauchno-texnologicheskoy modernizatsii), 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2286.
Ilmiy rahbar: Nizamov Aslitdin Badreddinovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instiuti
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy Kengash raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.09.2022.1.101.04.
Rasmiy opponentlar: Sotvoldiev Nodirbek Jo‘rabekovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Yavmutov Dilshod Shohimardonqulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: mintaqalarda yog‘-moy korxonalari ishlab chiqarish samaradorligini ilmiy-texnologik modernizatsiyalash asosida oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: yog‘-moy sanoatini ilmiy-texnologik modernizatsiyalash jarayoni modeli uning ishtirokchilarining (korxona, iste’molchi, ilmiy -texnologik muassasa, davlat, investor va ta’minotchi) o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning modernizatsiyalash yo‘nalishlari (iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnik) bo‘yicha samaradorlikka ta’sirini baholash mezonlari asosida ishlab chiqilgan;
 yog‘-moy sanoatini modernizatsiyalash va hududlardagi samaradorligini oshirishga qaratilgan strategiyani ishlab chiqish uslubiyoti moy mahsulotlari ishlab chiqarishga hududlarni ixtisoslashtirish, tashqi imkoniyatlardan foydalanish va kombinatsiyalangan yondashuvlar asosida takomillashtirilgan;
 mikro mintaqalashtirish asosida davlatlararo darajada o‘simlik moyi klasterlarini shakllantirish samaradorligi ilmiy asoslab berilgan;
Buxoro viloyatida yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarishni optimallashtirish ekonometrik modelini ishlab chiqish vositasida yog‘-moy korxonalari samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan modernizatsiyalash dasturi va prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqalarda yog '-moy korxonalari ishlab chiqarish samaradorligini ilmiy-texnologik modernizatsiyalash asosida oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yog‘-moy sanoatini ilmiy-texnologik modernizatsiyalash jarayoni ishtirokchilarining (korxona, iste’molchi, ilmiy-texnologik muassasa, davlat, investor va ta’minotchi) o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning modernizatsiyalash yo‘nalishlari (iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnik) bo‘yicha samaradorlikka ta’sirini baholash mezonlari asosida ishlab chiqilgan model O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari  uyushmasi  xo‘jalik birlashmalarini “yashil iqtisod” va energiya tejamkorlik tamoyillari ostida modernizatsiyalash jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2023- yil “07“noyabrdagi KC/3-494-sonli ma’lumotnomasi). Shuningdek, “Yog‘-moy sanoati korxonalarini ilmiy-texnologik modernizatsiyalash samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari” mavzusidagi elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dastur bo‘yicha mualliflik guvohnomasi olingan (Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma № DGU 21887);
moy mahsulotlari ishlab chiqarishga hududlarni ixtisoslashtirish, tashqi imkoniyatlardan foydalanish va kombinatsiyalangan yondashuvlar asosida takomillashtirilgan yog‘-moy sanoatini modernizatsiyalash va hududlardagi samaradorligini oshirishga qaratilgan strategiyani ishlab chiqish uslubiyotidan hamda taklif etilgan yondashuvlarni amalga oshirish algoritmlaridan O‘zbekiston Respublikasi hududlarida 2030-yilga qadar yog‘-moy sanoatini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2023-yil “07“ noyabrdagi KC/3-494 -sonli ma’lumotnomasi). Taklif etilgan ichki imkoniyatlardan foydalanish strategiyasi mamlakat va uning hududlari bozorini  220,9 ming tonna noan’anaviy yog‘-moy mahsulotlari bilan ta’minlash imkonini bergan;
 mikro mintaqalashtirish asosida davlatlararo darajada uchta Qozog‘iston va O‘zbekiston qo‘shma o‘simlik moyi klaterlarini shakllantirish samaradorligi ilmiy asoslab berilgan bo‘lib, 2030-yilga qadar yog‘-moy sanoatini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2023-yil “07“ noyabrdagi KC/3-494 -sonli ma’lumotnomasi). Taklif etilgan klasterlar iqtisodiy samaradorligi 163,55 AQSh dollarini tashkil etadi hamda 250 ming tonna o‘simlik moyi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish asosida importni qisqartirishi asoslangan;
Buxoro viloyatida yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarishni optimallashtirish iqtisodiy-metematik modeli vositasida ishlab chiqilgan yog‘-moy korxonalari samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan modernizatsiyalash dasturi va prognoz ko‘rsatkichlari Buxoro viloyati hokimiyati boshqaruv faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2023-yil “07“ noyabrdagi KC/3-494-sonli ma’lumotnomasi). Optimallashtirish natijasida Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan 11 ta yog‘-moy korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish ko‘rsatkichlari 30 foizga, hududiy yog‘-moy mahsulotlari bozori ehtiyojlarini qondirish 29 foizga va eksport qilinadigan texnologik “forsayt” va “meynstrim”ga  asoslangan ekologik toza, “kastomayz” tayyor mahsulot hajmi 4033 tonnaga oshishi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish