Suvanov Ilhom Abdixalilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborot-mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishning innovatsion texnologiyalari” 09.00.09 – “Ma’naviy jarayonlar va texnologiyalar” (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Fal166.
Ilmiy rahbar: Ergashev Ibodulla, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/29.12.2022.F/Ss.135.01.
Rasmiy opponentlar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Norqulov Dustmurod Tashpulatovich, falsafa fanlari doktori professor; G‘affarova Gulchehra G‘ulamjanovna, falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: axborot – mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishda innovatsion texnologiyalarni yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“axborot - mafkuraviy tahdidlar” tushunchasi genezisining ijtimoiy-falsafiy jihatlari hamda “ong manipulyasiyasi”, “jamiyatni virtualizatsiya qilish”, “kiber kasalliklar”, “axborot jinoyati”, “axborot ekstremizmi va terrorizmi” kabi tahdidlarning jamiyatda umuminsoniy qadriyatlarni kamsitish, axloq normalarini inkor qilish, kosmopolitizm(vatansizlik)ni targ‘ib qilish orqali ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini izdan chiqarishga qaratilgan keng qamrovlilik, uzlyuksizlik, bosqichma-bosqichlik xususiyatlari ochib berilgan;
globallashuv davrida turli tahdidlarning mafkuraviy, g‘oyaviy, informatsion shakllari namoyon bo‘lishi jarayonlarini oldini olish va bartaraf etishda tarixiy ong, ma’naviy salohiyat, zamonaviy ta’lim-tarbiyaning in’ikosi sifatida Yangi O‘zbekistonda shakllangan “fuqarolik sulhi” (konsensus) g‘oyasi fuqarolar ongi va faoliyatiga pozitiv ta’sir ko‘rsatadigan, inson qadr-qimmati, ehtiyojlari va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan muhim omil ekanligi dalillangan;
axborot-mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishda sekulyarizm (mutadil pozisiyada turish) texnologiyasining e’tiqod erkinligini ta’minlashdagi liberal, dunyoviylik va diniylikning bir-birini to‘ldiruvchi ijtimoiy voqelik sifatidagi demokratik, jamiyatda alohida guruh yoki guruh vakillariga imtiyoz berilmasligi asosidagi konstruktiv xususiyatlari falsafiy jihatdan asoslangan;
milliy-ma’naviy taraqqiyotning ijtimoiy-falsafiy asoslari (erkinlik, mas’uliyatlilik) va diniy-ma’rifiy (insonparvarlik va axloqiylik) negizlari hamda madaniy (qadriyatlar ustivorligi va zamonaviy ta’lim-tarbiya) omillari jamiyatda mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishda xalqlar birligi, g‘oyaviy konsensus, siyosiy bag‘rikenglik va global hamkorlik kabi (ratsional, pragmatik) tamoyillar bilan birgalikda dialektik aloqadorlikda amal qilishi ochib berilgan;
axborot-mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishning innovatsion texnologiyalari (ijtimoiy profilaktika, ma’naviy reproduktiv, axborot iste’moli madaniyati, media savodxonlik)ning inson qadri, shaxs erkinligi va intellektual tashabbuskorlik kabi omillarni rivojlantirishda mikromuhit (shaxsning hayotiy ko‘nikmalari, malakasi, layoqatini shakllantirishdagi “oila-mahalla-ta’lim muassasasi”), makromuhit (“inson-jamiyat-davlat” tamoyiliga asoslangan davlat) va megamuhit (jahondagi ilm-fanning transformatsiyalashuvi) bilan bog‘liq ekanligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilayotgani bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
“axborot - mafkuraviy tahdidlar” tushunchasi genezisining ijtimoiy-falsafiy jihatlari hamda “ong manipulyasiyasi”, “jamiyatni virtualizatsiya qilish”, “kiber kasalliklar”, “axborot jinoyati”, “axborot ekstremizmi va terrorizmi” kabi tahdidlarning jamiyatda umuminsoniy qadriyatlarni kamsitish, axloq normalarini inkor qilish, kosmopolitizm(vatansizlik)ni targ‘ib qilish orqali ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini izdan chiqarishga qaratilgan keng qamrovlilik, uzlyuksizlik, bosqichma-bosqichlik xususiyatlariga oid ilmiy xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III-yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 14-bandi “Ijtimoiy-ma’naviy va mafkuraviy jarayonlarni tadqiq qilish texnologiyalari bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 20-sentyabrdagi 02-22/977 - son dalolatnomasi). Natijada, mamlakatimizda axborot-mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishning ta’sirchan innovatsion texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘tkazilgan ma’naviy - ma’rifiy sohadagi tadbirlarni amalga oshirishda hamda targ‘ibotchilar uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
globallashuv davrida turli tahdidlarning mafkuraviy, g‘oyaviy, informatsion shakllarining namoyon bo‘lish jarayonlarini oldini olish va bartaraf etishda tarixiy ong, ma’naviy salohiyat, zamonaviy ta’lim-tarbiyaning in’kosi sifatida Yangi O‘zbekistonda shakllangan “fuqarolik sulhi” (konsensus) g‘oyasi fuqarolar ongi va faoliyatiga pozitiv ta’sir ko‘rsatadigan, inson qadri-qimmati, ehtiyojlari va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan muhim omil ekanligiga oid ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatida ijodiy foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2023-yil 9-oktyabrdagi 08-17/681-son dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tashkil etilgan bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish uchun uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
axborot-mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishda sekulyarizm (mutadil pozisiyada turish) texnologiyasining e’tiqod erkinligini ta’minlashdagi liberal, dunyoviylik va diniylikning bir-birini to‘ldiruvchi ijtimoiy voqelik sifatidagi demokratik, jamiyatda alohida guruh yoki guruh vakillariga imtiyoz berilmasligi asosidagi konstruktiv xususiyatlari bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020–2024 - yillarga mo‘ljallangan Saylov oldi dasturida keltirilgan “VIII. Milliy axborot makonini rivojlantirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasining 2022-2023 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan 2023-yil 27-sentyabrdagi 02/05-58-son va O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi tomonidan 2023-yil 19-sentyabrda berilgan 01-27/281 - son dalolatnomalari). Natijada, partiyalar tizimidagi xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv - uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlari samarasini yanada oshirishga xizmat qilgan;
milliy-ma’naviy taraqqiyotning ijtimoiy-falsafiy asoslari (erkinlik, mas’uliyatlilik) va diniy-ma’rifiy (insonparvarlik va axloqiylik) negizlari hamda madaniy (qadriyatlar ustivorligi va zamonaviy ta’lim-tarbiya) omillari jamiyatda mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishda xalqlar birligi, g‘oyaviy konsensus, siyosiy bag‘rikenglik va global hamkorlik kabi (ratsional, pragmatik) tamoyillar bilan birgalikda dialektik aloqadorlikda amal qilishi bo‘yicha berilgan ilmiy xulosalaridan Barqaror rivojlanish markazining 2022-2023-yillarda “Ma’naviy-axloqiy va madaniy tarbiya: an’anaviy g‘oyalarning yangi bosqichi” mavzusidagi davlat ijtimoiy buyurtma loyihasi doirasida yaratilgan “Virtual madaniyat markazi” platformasida amaliyotga tadbiq etilgan (Barqaror rivojlanish markazining 2023-yil 27-noyabrdagi 470-son dalolatnomasi). Natijada, mamlakatimizdagi ta’lim muassasalarida axborot-mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishda innovatsion texnologiyalar va ma’naviy-axloqiy mexanizmlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
axborot-mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishning innovatsion texnologiyalari (ijtimoiy profilaktika, ma’naviy reproduktiv, axborot iste’moli madaniyati, media savodxonlik)ning inson qadri, shaxs erkinligi va intellektual tashabbuskorlik kabi omillarni rivojlantirishda mikromuhit (shaxsning hayotiy ko‘nikmalari, malakasi, layoqatini shakllantirishdagi “oila-mahalla-ta’lim muassasasi”), makromuhit (“inson-jamiyat-davlat” tamoyiliga asoslangan davlat) va megamuhit (jahondagi ilm-fanning transformatsiyalashuvi) bilan bog‘liq ekanligiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tadbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 30-noyabrdagi 2/14-30/10-1-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida axborot-mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishda innovatsion texnologiyalar hamda ma’naviy-axloqiy mexanizmlarni takomillashtirishga xizmat qilgan.