Shadieva Shoira Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kraxmal va akrilatlar asosida ohorlovchilar olish texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3600.
Ilmiy rahbar: Amonov Muxtor Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Normurodov Baxtiyor Abdullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Eshmurodov Xurshid Esanberdievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kraxmal va suvda eruvchan sintetik polimerlar asosida samarali, yuqori bo‘kuvchan, elimlash qobiliyati yuqori bo‘lgan, bioparchalanuvchan ohorlovchilar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarkibida kraxmal, karboksimetilsellyuloza, akril emulsiyasi va pirofosfat kislota tuzi hamda turli xil bog‘lovchi va elimlovchilar asosida yuqori samarali ohorlovchilar olishning optimal sharoitlari aniqlangan;
olingan ohorlovchi polimer tarkibdagi komponentlar funksional guruhlari bilan sellyuloza birlamchi gidroksil guruhlari o‘rtasida o‘zaro ta'sirlashish mexanizmi va unga turli omillarning ta'siri aniqlangan;
ohor tarkibidagi sintetik polimerlar ohor plyonkasining mustahkamligini, elastikligini va sorbsion xossalarini yaxshilashi, sistemaning qovushqoqligi va tola sirtida ohor adgeziyasining yuqori bo‘lishi natijasida kalava ipning mustahkamligi 27-35% ga ortishi hamda to‘quv dastgoxlarida kalava iplarning uzilishi 2,0-2,5 marta kamayishi isbotlangan;
mahalliy xom ashyolar asosida olingan ohorlovchipolimer tarkiblarning an'anaviy ohorlovchi larga nisbatan kinetik va agregativ barqarorligi, ohorlangan kalava ipning cho‘zilishdagi shartli mustahkamlik, uzilishdagi nisbiy cho‘zilish xossalari bo‘yicha maqbul tarkiblari hamda ohorlash jarayonida kraxmal sarfining 30-35% ga kamayishi isbotlangan;
kraxmalni turli xil polimerlar bilan modifikatsiyalash orqali olingan samarali ohorlovchilarning ohor xususiyatlariga hamda ohorlangan kalava ip fizik-mexanik xossalariga dastlabki moddalar konsentratsiyasi ta'siri aniqlangan;
mahalliy xom ashyolar asosida kraxmalni modifikatsiyalash orqali olingan ohorlovchilar import o‘rnini bosa oladigan, ekologik toza va arzon, bioparchalanuvchan, yuqori bo‘kuvchan hamda elimlash qobiliyati yuqori bo‘lgan ohorlovchilar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Berilgan struktura va fizik-kimyoviy xossalarga ega bo‘lgan suvda eruvchan polimer kompozisiyalarni yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tabiiy va suvda eruvchan, yuqori bo‘kuvchan sintetik polimerlar asosida ohorlovchi tarkiblarni olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJning “2024-2026-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2023 yil 4 maydagi 26-son ma'lumotnomasi). Natijada, olingan yangi tarkibli ohorlovchilar ohorlangan paxta tolasi asosidagi kalava iplarning fizik-mexanik xossalarini yaxshilash va kraxmal sarfini 35-40% ga kamaytirish imkonini beradi;
tarkibida Na-KMS, AE va K2H2P2O7 bo‘lgan olingan yangi turdagi ohorlovchi tarkiblar ishlab chiqarish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJ korxonasining “2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2023 yil 4 maydagi 26-son ma'lumotnomasi). Natijada, taklif etilayotgan ohorlovchi tarkiblar kalava ip sirtida ohor plyonkalarining adgezion xossalarini yaxshilash, elastikligini oshirish va to‘quv dastgohlarida kalava iplarning uzilishini 0,31 uzil/m dan 0,17 uzil/m gacha kamaytirish imkonini beradi.