Karamatova Gullola Botirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Rayhonning fiziologik va biokimyoviy xususiyatlariga o‘stirish sharoitlarining ta’siri», 03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/V519.
Ilmiy rahbar: Safarov Alisher Karimdjanovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc 02/30.12.2019.V.53.01.
Rasmiy opponentlar: Matniyazova Hilola Xudaybergenovna, biologiya fanlari doktori, professor; O‘roqov Sirojiddin Xudayberdievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘stirish sharoitlarining rayhon (Ocimum basilicum L.)ning fiziologik va biokimyoviy xususiyatlariga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor rayhon shakllari va navlari urug‘larining laboratoriya va dala sharoitlaridagi mayda bargli rayhon urug‘larining unuvchanligi katta ekanligi, biostimulyatorlar bilan ishlov berilganda ularning unuvchanligi va o‘sish energiyasi oshganligi asoslangan;
turli ekologik sharoitlarda o‘stirilgan rayhon shakllari va navlari rivojlanish fazalarining davomiyligi hamda er ustki qismi massasi va urug‘ hosildorligi o‘simliklarning biologik xususiyatlari va etishtirish sharoitlariga bog‘liqligi isbotlangan;
barcha rayhon namunalarida fotosintezning sof mahsuldorligi turli xil etishtirish sharoitlarida ham vegetativ o‘sishidan gullash davrining boshlanishigacha ortib borishi, urug‘larining pishish davriga kelib fotosintez sof mahsuldorligi pasayayishi aniqlangan;
rayhon o‘simligining turli shakllari va navlaridagi efir moylarining miqdori ularning biologik xususiyatlariga, organlariga va etishtirish sharoitlariga bog‘liqligi, ularning miqdori rayhonning binafsha rangdagi mayda bargli shakli va navlarida ko‘p bo‘lishi, xamda o‘simliklarning yalpi gullash fazasida efir moylari miqdorining ko‘p bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Rayhonning turli shakllari va navlarining fiziologik va biokimyoviy xususiyatlariga o‘stirish sharoitlarining ta’sirini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tadqiqot natijasida rayxon ko‘chatlarini etishtirish bo‘yicha tayyorlangan tavsiya asosida O‘zbekiston Milliy universiteti xududida 10 mingdan ortiq rayxon ko‘chatlari etishtirilib amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 5 oktyabrdagi 4/17-314 son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zMU Botanika bog‘idagi efir moyli o‘simliklar genofondini boyitishga va talabalarning dala amaliyotlarini o‘tkazishga imkon yaratilgan;
ajratib olingan rayhon o‘simliklarining namunalari Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Oqrobod fermer xo‘jaligida 2020-2022 yillarda  1 gektar maydonga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 17 oktyabrdagi 03-03/3-5834-son ma’lumotnomasi). Natijada, efir moyli va manzarali o‘simlik rayhonning ko‘chatzorlarini tashkil etish va sifatli xom-ashyo etishtirish imkonini bergan;
 rayhonning shakllari va navlari Toshkent botanika bog‘i Dorivor va manzarali o‘simliklar laboratoriyasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 31 oktyabrdaga 4/1255-2415 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, manzarali va efir moyli rayhon o‘simliklarining ko‘chatzorlarini etishtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish