Muxitdinov Shuxrat Ziyavitdinovichning
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ishlab chiqarish korxonalarida risklarni boshqarshining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Farg‘ona vodiysi engil sanoat korxonalari misolida), 08.00.13 – Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Iqt437.
Ilmiy maslahatchi: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Baxriddin Juraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xankeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nazarova Ra’no Rustamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: engil sanoat ishlab chiqarish korxonalarida risklarni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini ilmiy-usulubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “risklarni boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ko‘zda tutilmagan salbiy natijalarning vujudga kelishi ehtimolini pasaytirish hamda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni kamaytirishga yo‘naltirilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish va bajarish ko‘p bosqichli jarayoni tarkibiga risklarga ta’sir etuvchi samarali usullarni aniqlashni kiritish asosida takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonalarida risk ta’sirining oldini olish va yo‘qotishlarni kamaytirishning uzviyligini ta’minlash metodologiyasi risklarni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishda texnik (Tn), texnologik (Tex), innovatsion (Inn), moliyaviy (Mol), iqlimiy (Iqq), fors-major (Ffm) omillari ta’sirini hisoblash asosida takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonalari faoliyatida tashkiliy-iqtisodiy risk darajalarini baholashning iqtisodiy barqarorlik koeffisienti “juda past” [1,9≤Rkb≤2,0], “sezilarciz” [1,6≤ Rkb≤1,8], “salbiy” [1,2≤Rkb≤1,5], “tashvishli” [0,8≤ Rkb≤1,1], “o‘rtacha” [0,5≤ Rkb≤0,7], “juda yuqori” [0,3≤ Rkb≤0,4] va “o‘ta xavfli” [0≤ Rkb≤0,2] mezon chegaralarida riskdan yo‘qotishlarni miimallashtirish shartlari asoslangan;
“Aisha home textile”, “Asel rivoj tekstil” va “Sharq ipagi durdonasi” korxonalarida ko‘p bosqichli riskni boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yishda risklarni boshqarishning tashkiliy-ma’muriy va iqtisodiy usullari tarkibini riskdan qochish, lokalizatsiyalash, diversifikatsiyalash va riskni qoplash jarayonlarining o‘zaro muvofiq nisbatini qo‘lash orqali maqbullashtirish asoslangan;
“Aisha xome textile”, “Asel rivoj tekstil” va “Sharq ipagi durdonasi” korxonalari ishlab chiqarish faoliyatidagi risklar darajasi o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik modellari asosida 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlab chiqarish korxonalarida risklarni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “risklarni boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ko‘zda tutilmagan salbiy natijalarning vujudga kelishi ehtimolini pasaytirish hamda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni kamaytirishga yo‘naltirilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish va bajarish ko‘p bosqichli jarayoni tarkibiga risklarga ta’sir etuvchi samarali usullarni aniqlashni kiritish asosida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oldiy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Innovative economy” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda risklarga ta’sir etuvchi samarali usullarni aniqlashni o‘z ichiga olgan yangi mazmundagi “risklarni boshqarish” tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
to‘qimachilik korxonalarida risk ta’sirining oldini olish va yo‘qotishlarni kamaytirishning uzviyligini ta’minlash metodologiyasini risklarni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishda texnik (Tn), texnologik (Tex), innovatsion (Inn), moliyaviy (Mol), iqlimiy (Iqq), fors-major (Ffm) omillari ta’sirini hisoblash asosida takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlardagi engil sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024 yil 17-fevraldagi 9/06-30-3051-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Farg‘ona vodiysidagi to‘qimachilik va tikuv-trikotajga ixtisoslashtirilgan korxonalarida optimallashtirilgan boshqaruv uslubiyotini qo‘llash risk ta’sirlarining oldini olish va kamaytirish imkonini bergan;
to‘qimachilik korxonalari faoliyatida tashkiliy-iqtisodiy risk darajalarini baholashning iqtisodiy barqarorlik koeffisienti “juda past” [1,9≤Rkb≤2,0], “sezilarciz” [1,6≤Rkb≤1,8], “salbiy” [1,2≤ Rkb≤1,5], “tashvishli” [0,8≤ Rkb ≤1,1], “o‘rtacha” [0,5≤ Rkb≤0,7], “juda yuqori” [0,3≤Rkb≤0,4] va “o‘ta xavfli” [0≤Rkb≤0,2] mezon chegaralarida riskdan yo‘qotishlarni minimallashtirish shartlarini qo‘llash taklifidan O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlardagi engil sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024 yil 17-fevraldagi 9/06-30-3051-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida risk ta’sirining koeffisenti qiymatlari Sharq ipagi durdonasi korxonasida – 1,27, Asel rivoj tekstil korxonasida – 1,53, Aisha home textile korxonasida – 1,23 ni tashkil etish hisobiga bu korxonalarda riskning sezilarsiz darajasiga erishish imkoni yaratilgan;
“Aisha home textile”, “Asel rivoj tekstil” va “Sharq ipagi durdonasi” korxonalarida ko‘p bosqichli riskni boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yishda risklarni boshqarishning tashkiliy-ma’muriy va iqtisodiy usullari tarkibini riskdan qochish, lokalizatsiyalash, diversifikatsiyalash va riskni qoplash jarayonlarining o‘zaro muvofiq nisbatini qo‘lash orqali maqbullashtirish taklifidan O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlardagi engil sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024 yil 17-fevraldagi 9/06-30-3051-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida to‘qimachilikka ixtisoslashtirilgan korxonalarida risklarni boshqarish samardorligini oshirish hisobiga ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi risklarni 11 foizdan 14 foizgacha pasaytirish imkoni yaratilgan;
“Aisha xome textile”, “Asel rivoj tekstil” va “Sharq ipagi durdonasi” korxonalari ishlab chiqarish faoliyatidagi risklar darajasi o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik modellari asosida 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlardagi engil sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024 yil 17-fevraldagi 9/06-30-3051-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Aisha home textile”, “Asel rivoj tekstil” va “Sharq ipagi durdonasi” korxonalari ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” va korxonani rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.