Buzrukxonov Sardorxon Sarvarxon o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat korxonalarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3412.
Ilmiy maslahatchi: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05.
Rasmiy opponentlar: Muratova Shoxista Nimatullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kadirov Abdumalik Matkarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan (avtonom quyosh fotoelektr stansiyasi) olinadigan energiyaning har bir shartli birlik yonilg‘i uchun CO2 emissiyasini 0,023 koeffisientga, energiya taqsimotidagi yo‘qotishlarni 0,083 koeffisientga qisqartirish asosida ijtimoiy samaradorlikni ta’minlash asoslangan;
sanoat korxonalarida aqlli energetika tizimini joriy etishning iqtisodiy samaradorligi energiyaning normalashtirilgan qiymatlarini (LCoE) aniqlash asosida tarmoqli quyosh elektr stansiyasi uchun qilingan investisiyalarning qoplanish muddatlarini qisqartirish asoslangan;
sanoat korxonalarida “Sof o‘lchash” tizimi, “Smart Grid” texnologiyalari, CO2 emissiyasi texnologiyalaridan foydalanish asosida “NetZero” energiya tizimiga o‘tishini rag‘batlantirish taklif etilgan;
sanoat korxonalarining yashil energiyaga o‘tishini rag‘batlantiruvchi menejerlarning bilim va tajribasi (F1=-0,124), ekologik mas’uliyat (F2=0,078), xabardorlik (F5=0,196) kabi yashirin omillarning ijobiy hamda ko‘nikma (F3=-0,166), moyillik (F4=-0,027) omillarining salbiy samarasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalarida QTE manbalaridan foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
muqobil energiya manbalaridan (tarmoqli quyosh fotoelektr stansiyasi) olinadigan energiyaning har bir shartli birlik yonilg‘i uchun CO2 emissiyasini 0,023 koeffisientga, energiya taqsimotidagi yo‘qotishlarni 0,083 koeffisientga qisqartirish asosida ijtimoiy samaradorlikni ta’minlash bo‘yicha takliflar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Investision loyihalarni amalga oshirish” bo‘limi faoliyatida foydalanilgan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2023-yil 15-dekabrdagi №01-05-21/819-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi sanoat korxonalarida qayta tiklanuvchi energiya manbalardan foydalanish bo‘yicha o‘rnatiladigan quvvatlar bo‘yicha davlat imtiyozlarini kiritish tartiblarini belgilash imkonini bergan;
sanoat korxonalarida aqlli energetika tizimini joriy etishning iqtisodiy samaradorligi energiyaning normalashtirilgan qiymatlarini (LCoE) aniqlash asosida tarmoqli quyosh elektr stansiyasi uchun qilingan investisiyalar qaytimini qisqartish taklifi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Investision loyihalarni amalga oshirish” bo‘limi faoliyatida foydalanilgan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2023-yil 15-dekabrdagi №01-05-21/819-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida “Marwa Impeks” MChJning 2023-yildagi energiya samaradorligini 1,9 foiz, Namangan viloyatidagi “Art Soft Holding” MChJning energiya samaradorligini 2,4 foiz hamda Qarshi shahridagi “Alp texno servis” xususiy korxonada energiya samaradorligini 5,7 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
sanoat korxonalarida “Sof o‘lchash” tizimi, “Smart Grid” texnologiyalari, CO2 emissiyasi texnologiyalaridan foydalanish asosida “NetZero” energiya tizimiga o‘tishini rag‘batlantirish bo‘yicha asoslangan takliflar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Iqtisodiy tahlil” boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2023-yil 15-dekabrdagi №01-05-21/819 son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikda ilgari surilgan mexanizmlarning amaliyotga joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-iyuldagi 300-son “Ayrim sanoat sohalarida ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning atrof-muhitga va aholi salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytirish va muqobil energiya resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqish imkonini bergan;
PSL-SEM algoritmiga asoslangan usul asosida sanoat korxonalarining yashil energiyaga o‘tishini rag‘batlantiruvchi menejerlarning bilim va tajribasi (F1=-0,124), ekologik mas’uliyati (F2=0,078), ko‘nikma (F3=-0,166), moyillik (F4=-0,027), xabardorlik (F5=0,196) kabi aniqlangan yashirin omillar ijobiy va salbiy ta’sirlarini aniqlash bo‘yicha takliflar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Iqtisodiy tahlil” boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2023-yil 15-dekabrdagi №01-05-21/819 son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilik asosida aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning sanoat korxonalarining energiya tejamorligini oshirish bo‘yicha strategik dasturlarni ishlab chiqish imkonini bergan.