Achilova Shirin Shavkat qizining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Erkin iqtisodiy zonalarda innovatsiyalarni boshqarishda xorij davlatlar tajribasi va O‘zbekiston Respublikasida qo‘llash imkoniyatlari”, 08.00.13 – “Menejment” va  08.00.09 – “Jahon iqtisodiyoti”  (Iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:   B2022.2.PhD/Iqt2298..3.PhD/Iqt2475
Ilmiy rahbari: Islamov Baxtiyor Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Rahimova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
II. Tadqiqotning maqsadi: Erkin iqtisodiy zonalarda innovatsiyalarni boshqarishda xorij davlatlar tajribalarini O‘zbekiston Respublikasida qo‘llash bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Erkin iqtisodiy zonalar rivojlanishining yangi bosqichi sifatida transchegaraviy, chegaraoldi savdo zonalarida, hamda klaster usulida boshqaruvning zamonaviy turini joriy qilish asosida innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish taklifi asoslangan;
erkin iqtisodiy zonalarda investision loyihalarni ko‘rib chiqish, tasdiqlash, uning ishtirokchilari uchun er maydonlarini, bino va inshootlaridan foydalanish huquqini erkin iqtisodiy zonalar direksiyasiga berish orqali innovatsiyalarni boshqarish imkoniyatlarini  kengaytirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va boshqaruvini xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda innovatsion tavsifni kengaytiruvchi davlat-xususiy sherikligiga asoslangan gibrid modelidan foydalanish asosida takomillashtirish taklif qilingan;
erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni baholashning ekonometrik modeli asosida Navoiy EIZda umumiy ishlab chiqarish va eksport xajmining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistondagi EIZlarda xorij tajribasidan foydalangan xolda  EIZlar innovatsion boshqaruvini  takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Erkin iqtisodiy zonalar rivojlanishining yangi bosqichi sifatida transchegaraviy, chegaraoldi savdo zonalarida, hamda klaster usulida boshqaruvning zamonaviy turini joriy qilish asosida innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 yanvardagi PQ-91-sonli “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 iyuldagi VMQ-357-sonli «Qorako‘l» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida hamda 2021 yil 5 oktyabrdagi “O‘zbek-Turkman chegaraoldi savdo zonasi - savdo markazi faoliyatini tashkil etish va tartibga solish to‘g‘risida”gi bitimida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024 yil 12 fevraldagi 05-40-00313-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida transchegaraviy va chegaraoldi savdo zonalarida, hamda  klaster usulida boshqaruvning zamonaviy turini joriy qilish asosida innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish imkoni yaratilgan;
erkin iqtisodiy zonalarda investision loyihalarni ko‘rib chiqish, tasdiqlash, uning ishtirokchilari uchun er maydonlarini, bino va inshootlaridan foydalanish huquqini erkin iqtisodiy zonalar direksiyasiga berish orqali innovatsiyalarni boshqarish imkoniyatlarini kengaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 iyundagi PF-153-sonli «Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024 yil 12 fevraldagi 05-40-00313-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida erkin iqtisodiy zonalar direksiyasi boshqaruviga EIZlar faoliyatini rivojlantirish va samaradorligini oshirishga rag‘bat yaratuvchi huquq va vakolatlarini berish orqali innovatsiyalarni boshqarishni kengaytirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va boshqaruvini xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda innovatsion tavsifni kengaytiruvchi davlat-xususiy sherikligiga asoslangan gibrid modelidan foydalanish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 17 fevraldagi O‘RQ-604-sonli “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonunida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024 yil 12 fevraldagi 05-40-00313-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va boshqarishda davlat-xususiy sherikligiga asoslangan gibrid modelidan foydalanish orqali innovatsion tavsifni kengaytirish imkoni yaratilgan;
EIZlar faoliyatini rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni baholashning ekonometrik modeli asosida Navoiy EIZda umumiy ishlab chiqarish va eksport xajmining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “Jizzax”, “Angren”, “Namangan” va “Navoiy” EIZlar faoliyatini rejalashtirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024 yil 12 fevraldagi 05-40-00313-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Navoiy EIZda umumiy ishlab chiqarish va eksport hajmining uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan asosiy parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish