Mamatov Baxodir Quldoshovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Eksportni diversifikatsiyalash orqali makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash”, 08.00.02 – “Makroiqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt271.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, Dsc.14/30.12.2019.I.84.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Alisher Fayzievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Valiev Bobur Batirovich, fan doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda eksportni diversifikatsiyalash orqali makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chuqur qayta ishlangan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari eksportini oshirishda paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 70 foizini tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarga subsidiyalash uchun ajratish asoslangan;
O‘zbekistonning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanishda Ozarbayjonga to‘qimachilik mahsulotlari, Pokistonga mineral o‘g‘itlar, Eronga libos uchun ishlatiladigan bezak, Nepalga gilam mahsulotlarini eksport qilish taklif etilgan;
inflyasiya, foiz stavkasi, ishsizlik darajasi va yalpi ichki mahsulot o‘sishini o‘zaro yaxlit bir tizimga bog‘lash orqali makroiqtisodiy barqarorlikni baholash usuli takomillashtirilgan;
mamlakat eksport salohiyatidan samarali foydalanish, qiyosiy ustunlikka ega mahsulotlar raqobatbardoshligi va jahon bozoridagi talab shakllanishini inobatga olgan holda eksport va import tarkibining 2026 yilga qadar maqsadli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mamlakatda eksportni diversifikatsiyalash orqali makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflar asosida:
chuqur qayta ishlangan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari eksportini oshirishda paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 70 foizini tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarga subsidiyalash uchun ajratish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 yanvardagi “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-53-son Farmonining 3-band “b” kichik bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023 yil 18 iyuldagi 03-40-08200-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida 2022 yil 1 martdan 2025 yil 1 yanvargacha paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 70 foizi tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61-63) eksport qiluvchi korxonalarga subsidiyalash uchun ajratiladi. Ushbu subsidiyalar har oyda keyingi oyning 20 sanasiga qadar hisobot oyida tushgan mablag‘lar hisobidan eksportchi korxonalarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda ajratilishi belgilangan va natijada tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksporti hajmi 2 barobarga oshadi;
O‘zbekistonning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanishda Ozarbayjonga to‘qimachilik mahsulotlari, Pokistonga mineral o‘g‘itlar, Eronga libos uchun ishlatiladigan bezak, Nepalga gilam mahsulotlarini eksport qilish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmonining 28-maqsadi “Respublikaning eksport salohiyatini oshirish orqali 2026 yilda respublika eksport hajmlarini 30 mlrd. AQSh dollariga etkazish” 83-bandida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023 yil 18 iyuldagi 03-40-08200-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida 2023 yilda eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ulushini 47 foizdan 54 foizga yoki 9,6 mlrd dollarga etkazish hamda mavjud xomashyo resurslarini qayta ishlash quvvatlarini oshirish hisobiga eksport tarkibidagi ulushini 26 foizdan 20 foizgacha kamaytirishga olib keladi;
inflyasiya, foiz stavkasi, ishsizlik darajasi va yalpi ichki mahsulot o‘sishini o‘zaro yaxlit bir tizimga bog‘lash orqali makroiqtisodiy barqarorlikni baholash usulidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 apreldagi “Tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-97-son Farmonining 1-band “a” kichik bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023 yil 18 iyuldagi 03-40-08200-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida mahalliy korxonalarga Evropa Ittifoqi davlatlariga yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarini 70 foizgacha hamda qo‘shni davlatlarga eksport qilingan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarini 50 foizgacha miqdorda kompensatsiya qilinadi va natijada eksport hajmi 4 baravarga oshadi;
mamlakat eksport salohiyatidan samarali foydalanish, qiyosiy ustunlikka ega mahsulotlar raqobatbardoshligi va jahon bozoridagi talab shakllanishini inobatga olgan holda eksport va import tarkibining 2026 yilga qadar maqsadli prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmonida belgilangan eksport-import ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023 yil 18 iyuldagi 03-40-08200-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida mamlakat eksport hajmini 2026 yilga kelib, 30 mlrd. AQSh dollariga etkazish maqsad qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish