Saodat Taufikovna Nazarovaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr 20–30-yillaridagi ijtimoiy-siyosiy muhitning o‘zbek sahna san’atiga ta’siri”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (Tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.1.PhD/Tar26.
Ilmiy rahbar: Nodira Abdullaevna Mustafaeva, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01. 
Rasmiy opponentlar: Rahbar Hamidovna Murtazaeva, tarix fanlari doktori, professor; 
Shuhrat Ergashev, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat San’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XX asrning 20-30 yillarda sovet hokimiyatining ijtimoiy-siyosiy hayotda amalga oshirgan siyosatini o‘zbek sahna san’atiga ta’siri orqali ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Sovet hokimiyati sahna san’atidan 1920-1930-yillarda olib borilgan yangi iqtisodiy siyosat, milliy hududiy chegaralanish, jamoalashtirish, sanoatlashtirish jarayonlari, dinga qarshi kurash, “Hujum” kabi mafkuraviy kampaniyalarida targ‘ibot-tashviqot vositasi sifatida keng foydalanilganligi, bu soha qat’iy nazoratga olinganligi va g‘oyaviy manfaatlariga bo‘ysundirganligi aniqlangan;
1920-1930-yillarda milliy ziyolilar tomonidan yaratilgan sahna asarlariga panja orasidan qarash, ularning mazmuniga ishonchsizlik, milliy teatr, musiqiy chiqishlarning sovet voqeligiga moslashtirilganligi, ularni dastlab proletar, keyinchalik sotsialistik mazmundagi san’atga aylantirishga qaratilganligi, aslida uning ildizlari asrlar davomida shakllanib va rivojlanib kelganligi dalillangan; 
o‘zbek sahna san’ati XX asrning 20-30-yillarida evrilishlarga uchraganligi, soha uchun milliy kadrlar tayyorlash Evropa an’analariga mos ravishda o‘qitilganligi, shuningdek, yangi sahna turlarining joriy etilishi milliy va Evropa san’atining aralashuvi jarayonini kuchaytirganligi dalillangan;
San’atning har bir turi sovet kishisi ongiga majburiy ravishda “sotsialistik madaniyat ifodasi” sifatida singdirilganligi, barcha ijod namunalari davr ruhiyatiga moslashtirilganligi, ijodiy uyushmalarning  faoliyati to‘liqligicha aholini g‘oyaviy-mafkuraviy tarbiyalashga yo‘naltirilganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Sovet hokimiyati sahna san’atidan 1920-1930 yillarda olib borilgan yangi iqtisodiy siyosat, milliy hududiy chegaralanish, jamoalashtirish, sanoatlashtirish jarayonlari, dinga qarshi kurash, “Hujum” kabi mafkuraviy kampaniyalarida targ‘ibot-tashviqot vositasi sifatida keng foydalanilganligi, bu soha qat’iy nazoratga olinganligi va g‘oyaviy manfaatlariga bo‘ysundirganligi kabi ilmiy natijalardan Fanlar akademiyasi Tarix institutida bajarilgan F1-FA-O-79985/FA-F1-G023 “O‘zbekistonda ta’lim tarixi va tarixshunosligi: tajriba, muammolar, rivojlanish va o‘rganish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 23 oktyabrdagi 3/1255-2356-son ma’lumotnoma). Natijalarning joriy qilinishi sovet hokimiyati hukmronligi yillarida sahna san’atining holati va tarixini keng o‘rganish imkoniyatini yaratgan;
O‘zbek sahna san’ati XX asrning 20-30-yillarida evrilishlarga uchraganligi, soha uchun milliy kadrlar tayyorlash Evropa an’analariga mos ravishda o‘qitilganligi, shuningdek, yangi sahna turlarining joriy etilishi milliy va Evropa san’atining aralashuvi jarayonini kuchaytirganligi kabi ilmiy natijalardan Fanlar akademiyasi Tarix institutida bajarilgan OT-F1-132 “O‘zbekiston davlatchiligi tarixi tarixshunosligi: nazariyasi va shakllanishining tarixiy bosqichlari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 23 oktyabrdagi 3/1255-2356 - ma’lumotnoma). Tadqiqot natijalari mustaqillik sharoitida yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda sahna san’atining rolini ko‘rsatishga xizmat qildi;
1920-1930 yillarda milliy ziyolilar tomonidan yaratilgan sahna asarlariga panja orasidan qarash, ularning mazmuniga ishonchsizlik, milliy teatr, musiqiy chiqishlarning sovet voqeligiga moslashtirilganligi, ularni dastlab proletar, keyinchalik sotsialistik mazmundagi san’atga aylantirishga qaratilganligi, aslida uning ildizlari asrlar davomida shakllanib va rivojlanib kelganligi San’atning har bir turi sovet kishisi ongiga majburiy ravishda “sotsialistik madaniyat ifodasi” sifatida singdirilganligi, barcha ijod namunalari davr ruhiyatiga moslashtirilganligi, ijodiy uyushmalarning  faoliyati to‘liqligicha aholini g‘oyaviy-mafkuraviy tarbiyalashga yo‘naltirilganligiga oid ma’lumotlar “O‘zbekisto n tarixi” telekanalining  “Mavzu” ko‘rsatuvini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” davlat muassasasining 2023 yil 7 noyabrdagi 06-28-1617-son ma’lumotnoma). Tadqiqot natijalari O‘zbekiston tarixini yanada chuqurroq o‘rganishda xususan XX asrning 20–30-yillaridagi ijtimoiy-siyosiy muhitning o‘zbek sahna san’atiga ta’sirini ochib berishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish