Allayarov Latif Kamolovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Biokimyoviy markerlar texnologiyasi asosida g‘o‘za navlarini takomillashtirish», 03.00.07 - O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/V484.
Ilmiy rahbar: Shadmanov Rustam Kulmuradovich, biologiya fanlari doktori.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc 02/30.12.2019.V.53.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining o‘simlik naviga patentlari olingan: “AN-18” g‘o‘za navi (№NAP 00209); “Iftixor” g‘o‘za navi (№NAP 00210).
II. Tadqiqotning maqsadi g‘o‘zaning uzoq turlararo duragaylaridan olingan tizmalarni (T-127 va boshqa ) seleksiyaning an’anaviy usullariga hamohang tarzda biokimyoviy markerlarga asoslangan seleksiya texnologiyasi yordamida qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha barqarorlashtirish va ekstremal sharoitlarga bardoshliligini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor biokimyoviy molekulyar markerlardan foydalanilgan holda g‘o‘za navlarini takomillashtirish, yangi navlar yaratish imkoniyatlari isbotlangan;
biokimyoviy markerlarga asoslangan seleksiya texnologiyasi asosida g‘o‘za navlari chigitlarida polifenoloksidaza, vegetatsiyasi davomida barglarda askorbotoksidaza izozimlarining faolligi bo‘yicha vilt zamburug‘i (Verticillium dahlia Kleb) ga bardoshlilik xususiyatlari aniqlangan;
g‘o‘za nav va tizmalar populyasiyalaridan biokimyoviy markerlar asosida kasalliklarga chidamli genotiplarga ega biotiplar ajratib olingan va navdorligi yuqori, g‘o‘zaning o‘rta tolali yangi AN-18 va Iftixor navlari yaratilgan;
biokimyoviy markerlarga asoslangan seleksiya tadqiqot ishlari natijasida g‘o‘zaning yangi AN-18 navi populyasiyalari genotipik barqarorligi, urug‘lik chigiti sifat ko‘rsatkichlari - O’zDSt 633:2006; morfo-xo‘jalik belgilari sofligi - O’zDSt 1110:2006 va tolasining sifat ko‘rsatkichlari-O’zDSt 604:2001 talablariga javob bera oladigan darajada tanlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘zaning uzoq turlararo duragaylaridan olingan tizmalarni biokimyoviy markerlarga asoslangan seleksiya texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
g‘o‘zaning AN-18 navi Namangan viloyati Uychi tumani Qizil Ravot shirkat xo‘jaligida dala maydonlariga joriy qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligining 2024 yil 8-yanvardagi 07/34-05/47 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bu nav o‘zining tez moslanuvchanligi, vilt kasalligiga chidaliligi va genotipik barqarorligi xisobiga yuqori xosil olish imkonini bergan;
g‘o‘zaning AN-18 navi Surxondaryo viloyatining Termiz tumani Boxodir fermer xo‘jaligi dalasida, Jarqo‘rg‘on tumani Surxon gavxari fermer xo‘jaligida, Qumqo‘rg‘on tumani Normat O‘rozali fermer xo‘jaliklarida keng ishlab chiqarish maydonlari ekilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligining 2024 yil 8 yanvardagi 07/34-05/47-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, g‘o‘zaning AN-18 navi Surxondaryo viloyati sharoitida ekilgan boshqa navlarga nisbatan gektaridan 6-8 sentnergacha yuqoriroq hosil etishtirishga erishilgan va rentabellik darajasi o‘rtacha 16-21 foizga oshirish imkonini bergan.