Baboeva Sevara Saidmuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qurg‘oqchilik sharoitida yumshoq bug‘doy genotiplarining fiziologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha fenotiplash», 03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/V326.
Ilmiy rahbar: Usmanov Rustam Maxmudovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc 02/30.12.2019.V.53.01.
Rasmiy opponentlar: Matnyazova Xilola Xudaybergenovna, biologiya fanlari doktori, professor; Djabborov Ibrohim Shodmonovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yumshoq bug‘doyning Markaziy Osiyo va Qozog‘iston seleksiyasiga mansub navlarni fenotiplash orqali suv taniisligi stressi va optimal sharoitda donning hosildorligini ko‘rsatib beruvchi morfofiziologik ko‘rsatkichlarga asoslanib, o‘zida qimmatli xo‘jalik belgilarni qamrab olgan genotiplarni saralab olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Markaziy Osiyo va Qozog‘iston seleksiyasiga mansub 171 ta yumshoq bug‘doy navlari optimal va suv tanqisligi sharoitida morfoxo‘jalik belgilari bo‘yicha fenotiplangan;
ikki faktorli dispersion analiz taxlilida yumshoq bug‘doy navlarining sovuqqa chidamliligi, o‘simlik bo‘yi, boshoq uzunligi va  boshoqchalar soni, boshoqdagi don og‘irligi, 1000 dona og‘irligi va umumiy hosildorligi ko‘proq genotipga bog‘liq bo‘lishi, barg satxi va barglarning quruq vazniga atrof-muhit sharoitlari ko‘proq ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
turli xududlardan olingan bug‘doy navlari tabiiy infeksion fonda sariq zang kasalligiga chidamliligi baholangan va eng chidamli nav namunalari ajratib olingan;
sug‘orilmaydigan sharoitlarda bug‘doyning bayroq bargidagi trixomalar soni sug‘oriladigan sharoitga nisbatan ko‘p bo‘lishi, yuqori namlik esa trixomalarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
lazerli skaner SI-202 uskunasida dala sharoitida barg to‘qimasiga zarar etkazmagan xolda barg sathi taxlil qilinganda suv tanqisligi sharoitidagi barg sathi optimal sharoitga nisbatan katta farq bilan kichiklashganligi, namlik yuqori bo‘lgan sharoitda barg sathi optimal sharoitga nisbatan yirikroq bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qurg‘oqchilik sharoitida yumshoq bug‘doy genotiplarining fiziologik va xo‘jalik ko‘rsatkichlari bo‘yicha fenotiplashdan olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston seleksiyasiga mansub navlarni fenotiplash asosida tanlab olingan yumshoq bug‘doyning Qayroqtosh navi BMT ning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining “Markaziy Osiyo va Turkiyaning qurg‘oqchil va sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish landshaftlarida tabiiy resurslarni kompleks boshqarish” (GCP/SEC/293/GEF) loyixasi doirasida 2021 yilda Qashqadaryo qiloyati qamashi tumanidagi “Jovli bobo o‘g‘li Baxtiyor”, Eshquvvat xoji o‘g‘li Urol” va  “Barchinoy izdoshlari” fermer xo‘jaliklarida 87 ga maydonga joriy qilingan (BMT ning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti FAO ning O‘zbekistondagi vakolatxonasining 2023 yil 21 noyabrdagi 804.23-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo viloyatining lalmi maydonlarida gektaridan 25 sentnerdan hosil olish imkonini bergan;
Markaziy Osiyo va Qozog‘istonda rayonlashgan 200 ta navning 20 ta ko‘rsatkichlaridan “Mavjud biologik kollesiyalarni inventarizatsiya qilish, raqamlashtirish biologik materiallarning (biokoleksiyalar) raqamli ma’lumotlar bazasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida MS Excel dasturida elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 18 avgustdagi 4/17-4/4-125-son ma’lumotnomasi). Natijada, Markaziy Osiyo va Qozog‘istonda rayonlashgan yumshoq bug‘doyning 200 ga yaqin navlarining ikki xil sharoitdagi 20 ta parametrlar bo‘yicha ma’lumotlari bilan ma’lumotlar bazasini boyitishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish