Axmedov Alisher Astanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston respublikasida umumiy tibbiyot amaliyotini rivojlantirish asosida stomatologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirishga konseptual yondashuv», 14.00.21 – «Stomatologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Tib805.
Ilmiy maslahatchi: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Geletin Petr Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nazarova Nodira Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Yuldashev Abduazim Abduvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: MARA texnologiya universiteti (Malayziya).
II. Tadqiqot maqsadi: Stomatologik kasalliklar profilaktikasining samarali yo‘nalishi sifatida umumiy (oilaviy) amaliyot stomatolog-shifokori tizimini yanada rivojlantirish uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va konseptual yondashuvlarni ilmiy asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, Respublikada ko‘rsatilayotgan stomatologik yordamni retrospektiv va prospektiv tahlil qilish orqali davlat va xususiy sektorlarda faoliyat ko‘rsatayotgan shifokor-stomatologlarning faoliyatini oilaviy tamoyillar asosida joriy etish zarurati asoslangan;
aholi orasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnomalar natijasiga ko‘ra, stomatologik xizmat ko‘satishdagi tashkiliy-uslubiy, ijtimoiy-gigienik va tibbiy-iqtisodiy muammolar ilmiy asoslangan;
aholining stomatologik salomatligini o‘rganish orqali umumiy (oilaviy) amaliyot shifokor-stomatologi faoliyatining professional, ilmiy-texnologik, tashkiliy-moliyaviy tamoyillarining konseptual asosi ishlab chiqilgan;
Respublika hududlarida stomatologik yordam ko‘rsatishda umumiy tibbiy (oilaviy) amaliyotga ketma-ket o‘tishining uchta yangi tibbiy va tashkiliy stomatologik modeli ishlab chiqilib, uni amalga oshirish mexanizmi ilmiy asoslangan;
Respublikaning zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarida stomatologning umumiy (oilaviy) amaliyotini yanada rivojlantirish, stomatologik yordamni izchil isloh qilish uchun asos bo‘lgan konseptual mexanizmlar ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yildagi 6 iyundagi 36-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor, umumiy (oilaviy) amaliyot shifokor-stomatologi faoliyatini yanada rivojlantirish muammosini hal qilish bo‘yicha tizimli yondashuv ishlab chiqildi, uni O‘zbekiston Respublikasining hududiy sog‘liqni saqlash tizimiga joriy etish tajribasi umumlashtirildi va natijalari tahlil qilindi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Shifokor – stomatolog ishida umumiy shifokorlik tamoyillarini joriy etish bo‘yicha muammolarning holatini majmuaviy tahlilini o‘tkazish uchun anketalar ishlab chiqildi.Umumiy shifokorlik amaliyoti tamoyillarida kelgusida stomatologik yordamni isloh qilishga uslubiy yondoshuvlar ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika stomatologiya poliklinikasi, Samarkand viloyat stomatologiya poliklinikasi, Samarkand Davlat tibbiyot universiteti ortopedik stomatologiya kafedrasi o‘quv-pedagogik yo‘nalishi va Toshkent Davlat tibbiyot soxasi bo‘yicha 06.06.2023 yildagi 36-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Hozirgi vaqtda oilaviy tamoyil bo‘yicha stomatolog-shifokorlar ishini tashkil etish uchun barcha sharoitlar mavjud, buning tasdig‘i bo‘lib esa oilaviy shifokorlar ishining to‘plangan tajribalari hisoblanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasi hududlarida umumiy amaliyot stomatolog shifokor mutaxassisini tasdiqlanishi bilan sog‘liqni saqlash tizimining davlat muassasalarida 36,4% va shaxsiy muassasalarida 18,2% umumiy amaliyot stomatolog –shifokorlari faoliyat olib boradi, bundan tashqari 13,6% davlat va 9% xususiy stomatologik tibbiy tashkilotlar oilaviy tamoyillar bo‘yicha stomatologik yordam ko‘rsatishni amalga oshiradi. Xulosa: O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va Sog‘liqni saqlash vazirligini rivojlanishi umumiy amaliyot shifokor-stomatologining malaka tavsifini ishlab chiqish - gingivit,parodontit, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari va karies kasalligining tarqalishining kamayishi tufayli, ularni ortopedik va xirurgik davolashga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi, bu esa bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 630 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 520 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘zbekiston Respublikasida umumiy tibbiyot amaliyotini rivojlantirish asosida stomatologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirishga konseptual yondashuv» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarkand Davlat tibbiyot universitetining 06.06.2023 yildagi №36 xulosasi.
ikkinchi ilmiy yangilik: umumiy (oilaviy) amaliyot shifokor-stomatologi faoliyatini kelgusida rivojlantirish bo‘yicha uslubiy yordam hamda konseptual yondashuvlar yaratildi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Umumiy (oilaviy) amaliyoti shifokor-stomatologi faoliyatini rivojlantirishning bosqichlari va ketma –ket keluvchi darajalari ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samaraqand davlat tibbiyot universiteti ortopedik stomatologik kafedrasida, Toshkent davlat stomatologik instituti va Toshkent shahridagi respublika stomatologik poliklinikasi soxasi bo‘yicha 06.06.2023 yildagi 36-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Oilaviy tamoyil bo‘yicha yordam ko‘rsatilishida – shifokor –stomatologning mehnat unumdorligi sezilarli darajada yuqori, bir kunlik mehnat sig‘imining ishlab chiqarish shartli birligi mehyorni 25 bo‘lgan xolatida mehnat sig‘imining 32,0 shartli birligiga teng bo‘ladi va bitta tashrifga 10,6 shartli birlik to‘g‘ri keladi. Stomatologik yordamning asosiy xajmini terapevtik (40,1%) va uni boshqa davolash turlari bilan birga kelishi (28,4%) tashkil etadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Shifokor stomatologning mehnat unumdorligi sezilarli darajada yuqori, bir kunlik mehnat sig‘imining ishlab chiqarish shartli birligi mehyorni 25 bo‘lgan xolatida mehnat sig‘imining 32,0 shartli birligiga teng bo‘ladi va bitta tashrifga 10,6 shartli birlik to‘g‘ri keladi. Stomatologik yordamning asosiy xajmini terapevtik (40,1%) va uni boshqa davolash turlari bilan birga kelishi (28,4%) tashkil etadi. Umumiy amaliyot shifokor stomatologi jarrohlik va asosiy ortopedik usullarini bajarish mahoratiga ega bo‘lgan sharoitda aholi uchun zarur bo‘lgan stomatologik yordamning 80-90%gacha qismini bajarishi mumkin;Xulosa: Bu esa og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari gingivit,parodontit, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari va karies kasalligini tekshirish, tarqalishining kamayishi tufayli, ularni ortopedik va xirurgik davolashga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi, bu esa bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 720 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 420 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘zbekiston Respublikasida umumiy tibbiyot amaliyotini rivojlantirish asosida stomatologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirishga konseptual yondashuv» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarkand Davlat tibbiyot universitetining 06.06.2023 yildagi №36 xulosasi.
uchinchi ilmiy yangilik: O‘zbekiston Respublikasi hududlarida stomatologik yordam ko‘rsatishda umumiy (oilaviy) amaliyot shifokor-stomatologi yo‘nalishini yanada rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan konsepsiyani amalga oshirish mexanizmi ilmiy asoslandi; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Shifokor –stomatolog ishida umumiy shifokorlik tamoyillarini joriy etish bo‘yicha muammolarning holatini majmuaviy tahlilini o‘tkazish uchun anketalar ishlab chiqildi. Umumiy shifokorlik amaliyoti tamoyillarida kelgusida stomatologik yordamni isloh qilishga uslubiy yondoshuvlar ishlab chiqish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samaraqand davlat tibbiyot universiteti ortopedik stomatologik kafedrasida, Toshkent davlat stomatologik instituti va Toshkent shahridagi respublika stomatologik poliklinikasi soxasi bo‘yicha 06.06.2023 yildagi 36-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Mintaqalarda umumiy (oilaviy) amaliyot tamoyili bo‘yicha stomatologik yordamning ishlab chiqilgan tibbiy-tashkiliy modellarini joriy etilishi, o‘rta bo‘g‘in (xamshiralarni) kiritish va moliyalashtirishni tartib va shaklini aniqlash bilan, ularni barcha jarayonni bosqichlarga bo‘lish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarini qayta ishlab chiqishni rivojlantirishning majmuaviy rejasiga kiritishni ko‘zda tutadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Oilaviy yondoshuvning o‘ziga jalb qiluvchi xususiyatini ular shunda deb biladilarki, bu holat kariesni erta aniqlash va o‘z vaqtida davolashga (30,0%), maslahatlar va tekshirishlar sonini kamaytirishga (32,8%), vaqtni (25,7%) va moliyaviy xarajatlarni tejashga (47,1%) olib keladi, karies va uning asoratlarini davolash uchun murojaatlar soni kamaygan (karies va uning asoratlarini davolash 1 nafar bemorga 650 000 so‘m); 2) gingivit va parodontitni davolash uchun tashriflar soni kamaygan (gingivit va parodontitni davolash 1 nafar bemorga 300 000 so‘m). Xulosa: tishlar kariesi, gingivit va parodontit tarqalishining kamayishi tufayli ularni davolashga bo‘lgan ehtiyoj kamaygan, bu esa 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 555000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 395000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘zbekiston Respublikasida umumiy tibbiyot amaliyotini rivojlantirish asosida stomatologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirishga konseptual yondashuv» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarkand Davlat tibbiyot universitetining 06.06.2023 yildagi №36 xulosasi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: mamlakat sog‘liqni saqlash tizimida yuzaga kelgan sharoit muhitida umumiy (oilaviy) amaliyotga bosqichma-bosqich o‘tish uchun uch tibbiy-tashkiliy model` ishlab chiqildi va birinchi model` ko‘rsatiladigan stomatologik yordamning muayyan hajmini umumiy (oilaviy) amaliyot shifokor-stomatologiga o‘tkazishni nazarda tutadi; Ilmiy yangilikning ahamiyati:Stomatologik yordamni takomillashtirishga konseptual yondoshuvlarni amaliy jihatdan bajarish uchun, mulkchilikning turli shaklida bo‘lgan stomatologik tashkilotlarida umumiy shifokorlik amaliyoti tamoyillaridagi stomatologik yordam xizmatini takomillashtirishda o‘tuvchi modeldagi 3 model ishlab chiqish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samaraqand davlat tibbiyot universiteti ortopedik stomatologik kafedrasida, Toshkent davlat stomatologik instituti va Toshkent shahridagi respublika stomatologik poliklinikasi soxasi bo‘yicha 06.06.2023 yildagi 36-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ishlab chiqilgan tibbiy-tashkiliy modellar, mintaqaning tayyorlik darajasi va uning 1- va 2- yoki 3- modellaridan ketma ket foydalanish imkoniyatidan kelib chiqqan xolda, stomatologik yordamni isloh qilish jarayonlarini kelgusida rejalashtirish uchun umumiy amaliyot shifokori tamoyillarini bosqichli joriy etishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:Ishlab chiqilgan tibbiy-tashkiliy modellarni amalga oshirish uchun stomatologiya sohasidagi 90,5% mutahassislarning fikricha - institutni yakunlagandan keyin ordinatura yoki magistraturada ta’lim olish umumiy amaliyot stomatologi mutaxassisligi bo‘yicha o‘tkazilishi lozim. Umumiy amaliyot shifokor-stomatologining eng afzal deb hisoblangan ish joyi bo‘lib, uchastka kasalxonasining stomatologiya kabineti (38,1%), tuman stomatologiya poliklinikasi (36,5%), markaziy rayon kasalxonasining stomatologiya bo‘limi (42,9%) hisoblanadi. Davolash-profilaktik muassasalarining aynan ushbu tiplarida oilaviy tamoyildagi stomatologik yordam ko‘rsatish uchun imkoniyat va zaruriyatlar yuqori darajada mavjud bo‘lgan imkonini beradi; Xulosa: Ishlab chiqilgan tibbiy-tashkiliy modellar, mintaqaning tayyorlik darajasi va uning 1- va 2- yoki 3- modellaridan ketma ket foydalanish imkoniyatidan kelib chiqqan xolda, stomatologik yordamni isloh qilish jarayonlarini kelgusida rejalashtirish uchun umumiy amaliyot shifokori tamoyillarini bosqichli joriy etishga imkon beradi. Bu esa og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari gingivit,parodontit, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari va karies kasalligini tekshirish, tarqalishining kamayishi tufayli, ularni ortopedik va xirurgik davolashga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi, bu esa bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 620 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 470 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘zbekiston Respublikasida umumiy tibbiyot amaliyotini rivojlantirish asosida stomatologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirishga konseptual yondashuv» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarkand Davlat tibbiyot universitetining 06.06.2023 yildagi №36 xulosasi.
beshinchi ilmiy yangilik: O‘zbekiston Respublikasining zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitida umumiy (oilaviy) amaliyot shifokor-stomatologi faoliyatini yanada rivojlantirish mexanizmlari ilmiy asoslandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Ko‘rsatiladigan stomatologik xizmatlar sifatiga ta’sir etish tahlili bilan birga umumiy (oilaviy) amaliyot shifokor-stomatologini o‘z vazifasini bajarishining orginal modellari ishlab chiqildi va ilmiy asoslangan imkonini beradi.Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samaraqand davlat tibbiyot universiteti ortopedik stomatologik kafedrasida, Toshkent davlat stomatologik instituti va Toshkent shahridagi respublika stomatologik poliklinikasi soxasi bo‘yicha 06.06.2023 yildagi 36-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:Mintaqalarda umumiy (oilaviy) amaliyot tamoyili bo‘yicha stomatologik yordamning ishlab chiqilgan tibbiy-tashkiliy modellarini joriy etilishi, o‘rta bo‘g‘in (xamshiralarni) kiritish va moliyalashtirishni tartib va shaklini aniqlash bilan, ularni barcha jarayonni bosqichlarga bo‘lish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarini qayta ishlab chiqishni rivojlantirishning majmuaviy rejasiga kiritishni ko‘zda tutadi.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasi hududlarida umumiy amaliyot stomatolog shifokor mutaxassisini tasdiqlanishi bilan sog‘liqni saqlash tizimining davlat muassasalarida 36,4% va shaxsiy muassasalarida 18,2% umumiy amaliyot stomatolog –shifokorlari faoliyat olib boradi, bundan tashqari 13,6% davlat va 9% xususiy stomatologik tibbiy tashkilotlar oilaviy tamoyillar bo‘yicha stomatologik yordam ko‘rsatishni amalga oshiradi.O‘zbekiston Stomatologlar Assosiatsiyasida doimiy tajriba almashinuvlarini o‘tkazish va umumiy (oilaviy) amaliyot shifokor-stomatologining stomatologik yordam ko‘rsatish sifatini oshirish uchun maxsus adabiyotlar va uslubiy qo‘llanmalar, ma’lumotlarnomalar bilan mintaqalarni doimiy ravishda ta’minlash tizimini yaratish kasallik tarqalishi va ularni sonini kamaytirish imkonini yaratadi. Xulosa: O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va Sog‘liqni saqlash vazirligini rivojlanishi umumiy amaliyot shifokor-stomatologining malaka tavsifini ishlab chiqish - gingivit,parodontit, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari va karies kasalligining tarqalishining kamayishi tufayli, ularni ortopedik va xirurgik davolashga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi, bu esa bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 930 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 640 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘zbekiston Respublikasida umumiy tibbiyot amaliyotini rivojlantirish asosida stomatologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirishga konseptual yondashuv» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarkand Davlat tibbiyot universitetining 06.06.2023 yildagi №36 xulosasi.