Qurbaniyazova Madina Zafarjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ihtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali anovulyasiyali infertil ayollarda ovulyasiya stimulyasiyasi usulini takomillashtirish», 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3PhD/Tib1388.
Ilmiy raxbar: Bekbaulieva Gulistan Nietbaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar:Hamdamova Muxayyo Tuxtasinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xudoyarova Dildora Raximovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot universiteti.
Dissertasiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi klomifenga rezistent tuxumdonlar polikistozi sindromi bo‘lgan infertil ayollarda tuxumdonlar giperstimulyasiyasini oldini olgan holda ovulyasiya stimulyasiyasi usullarini takomillashtirish iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Orol bo‘yida yashovchi anovulyator bepushtligi bor normal tana vaznli klomifenga rezistentligi bor bo‘lgan va rezistentligi bo‘lmagan ayollarning gormonal fon xususiyatlarini tavsiflovchi (LG/FSG tireotrop gormoni, prolaktin, antimyuller gormoni, testosteron, AT-TPO) gormonlar, yallig‘lanish oldi sitokinlari IL-6, IL-18, gomotsistein, S-reaktiv oqsil miqdorlarining oshishi va vitamin D ning kamayishi orqali klomifen sitratga rezistentlikni prognozlash mumkinligi aniqlangan;
tuxumdonlar zaxirasi va javobi indeksi (ORPI) tuxumdonlar rezistentligi prediktori ekanligi asoslangan;
qon-zardobidagi yallig‘lanish oldi sitokinlari va VEGF orasidagi bog‘liqlik o‘rganilib, IL-18 bilan VEGF o‘rtasida musbat korrelyasiya borligi va IL-18 - yallig‘lanish oldi sitokini nafaqat tuxumdonlar polikistozi sindromining prediktori, balki tuxumdonlar giperstimulyasiyasi sindromi prediktori ekanligi aniqlangan;
ishlab chiqilgan Letrozol «stair step» + gonadotropin + Kabergolin – bexatar induksiya usuli - monofollikula etilishini ta’minlab, etilgan follikulalar lyuteinizatsiya, persistensiyaga uchrashi, ko‘p homilali homiladorlik va tuxumdonlar giperstimulyasiyasi sindromi kabi salbiy oqibatlarni kamaytirishi mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Ekspert kengashining 2023 yildagi 26 iyundagi 52-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Xorazm viloyati aholi reproduktiv salomatlik markaziga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2023 yil 27 apreldagi 04/4752 - sonli xati hamda Xorazm viloyati Urganch shahar 2-son oilaviy poliklinikasiga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2023 yil 2 maydagi 04/4754- sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: Orol bo‘yida yashovchi anovulyator bepushtligi bor normal tana vaznli klomifenga rezistentligi bor bo‘lgan va rezistentligi bo‘lmagan ayollarning gormonal fon xususiyatlarini tavsiflovchi (LG/FSG, tireotrop gormoni, prolaktin, antimyuller gormoni, testosteron, AT-TPO) gormonlar, yallig‘lanish oldi sitokinlari IL-6, IL-18, gomotsistein, S-reaktiv oqsil miqdorlarining oshishi va vitamin D ning kamayishi orqali klomifenga rezistentlikni prognozlash mumkinligi aniqlangan va Xorazm viloyati aholi reproduktiv salomatlik markazi (28.04.2023-yildagi 10-I-son buyruq) va Urganch shahridagi 2-sonli shahar oilaviy poliklinikasining (03.05.2023-yildagi 381-12-180-TB/2023-son buyruq) amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqotning klinik ilmiy natijalari va ishlab chiqilgan yangi ilmiy jihatdan tasdiqlangan tavsiyalar asosida bepushtlik sababli oilalarning buzilishini oldini olish va iqtisodiy xarajatlarning kamayishiga ko‘maklashadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: anovulyator bepushtligi bor tuxumdonlar polikistozi sindromli ayollarda klomifenga rezistentlikni oldindan aniqlash orqali, rezistentlikni aniqlash uchun ketadigan 6 oy muddat va 6 oy davomida klomifen sitrat dori vositasini sotib olishga sarflanadigan mablag‘ 1 nafar bemor uchun (130000x2)x6=1560000 so‘m bo‘lib, natijada har bir bemorda 1560000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: ishlab chiqilgan “Klomifenga rezistentlik prediktorini aniqlash shkalasi” yordamida tuxumdonlar polikistozi sindromi bilan ayollarni baholash va erta rezistentlik prediktorlarini aniqlash, uni aniqlashga ketadigan vaqt va mablag‘ni tejash bilan birga, o‘z vaqtida samarali tuxumdonlar stimulyasiyasi preparatini tanlash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: tuxumdonlar zaxirasi va javobi indeksi (ORPI) tuxumdonlar rezistentligi prediktori ekanligi asoslangan. Xorazm viloyati aholi reproduktiv salomatlik markazi (28.04.2023-yildagi 10-I-son buyruq) va Urganch shahridagi 2-sonli shahar oilaviy poliklinikasining (03.05.2023-yildagi 381-12-180-TB/2023-son buyruq) amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Klomifenga rezistentligi bor tuxumdonlar polikistozi sindromi bo‘lgan ayollarda ORPI indeksi rezistentligi bo‘lmaganlarga nisbatan 1,5 barobar va tuxumdonlar polikistozi bo‘lmagan amaliy sog‘lom ayollarga nisbatan esa 4,5 barobar yuqori bo‘lib, tuxumdonlarni stimulyasiyasi uchun to‘g‘ri dori vositasini tanlash imkonini beradi. Amaliyotga tatbiq etilgan natijalar gormonal bepushtligi bor ayollarni davolash va tashxislash sifatini yaxshilash, asoratlarning kuzatilishini hamda oila buzilishlarining sonini qisqartirish, davolash xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif qilingan ORPI indeksini aniqlash uchun 1 nafar ayolga o‘rtacha 150 000 so‘m sarflanadi. Bu esa 6 oy davomida uni aniqlashga sarflanadigan 1 560 000 so‘mga nisbatan olinganda, 1560 000 – 150 000 = 1410 000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: surunkali anovulyasiyali infertil ayollarda ovulyasiya stimulyasiyasini o‘tkazishdan oldin ORPI indeksini aniqlash Orol bo‘yida yashovchi ayollarda ilk bora o‘rganilib, oldindan ma’lum bo‘lgan klomifenga rezistentlik prediktorlari bo‘lgan LG/FSG nisbati, umumiy testosteron va HOMA IR bilan o‘zaro chiziqli korrelyasiyasi o‘rganilgan va yuqori korrelyasiya borligi aniqlanib, bu o‘z navbatida ORPI indeksini bepushtligi bor ayollarda aniqlashni yuqori ahamiyatliligini ko‘rsatib berdi. ORPI indeksini har bir ayolda aniqlash byudjetdan tashqari mablag‘larning 1410 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: qon-zardobidagi yallig‘lanish oldi sitokinlari va VEGF orasidagi bog‘liqlik o‘rganilib, IL-18 bilan VEGF o‘rtasida musbat korrelyasiya borligi va yallig‘lanish oldi sitokini IL-18 nafaqat tuxumdonlar polikistozi sindromining prediktori, balki tuxumdonlar giperstimulyasiyasi sindromi prediktori ekanligi aniqlangan. Xorazm viloyati aholi reproduktiv salomatlik markazi (28.04.2023-yildagi 10-I-son buyruq) va Urganch shahridagi 2-sonli shahar oilaviy poliklinikasining (03.05.2023-yildagi 381-12-180-TB/2023-son buyruq) amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali anovulyator bepushtligi bor ayollarda yallig‘lanish oldi mediatorlaridan IL-18 darajasi klomifenga rezistent ayollarda rezistentligi bo‘lmagan guruhga nisbatan 1,8 barobar, C-reaktiv oqsil 1,9 barobar va vitamin D etishmovchiligi 2,6 barobar ko‘p uchrab rezistentlikni baholashda ahamiyatli hisoblandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1nafar bemor uchun tabiiy fertillikni tiklash uchun ishlab chiqilgan shkala yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanmasdan homilador bo‘lish byudjetdan tashqari mablag‘larning 30 000 000 so‘m miqdorda iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: anovulyator bepushtligi bor klomifenga rezistent tuxumdonlar polikistozi sindromli ayollarda ovulyasiya stimulyasiyasini o‘tkazishdan oldin rezistentlik prediktorlarini aniq ko‘rsatadigan tahlillarnigina o‘tkazish, bunday ayollarda ortiqcha sarf-xarajatlarni iqtisod qilishga olib keladi. Olingan ma’lumotlar natijalari bexatar va samarali davolash usulini ishlab chiqish imkonini beradi va EKU amaliyotini bajarilmaslik hisobiga 30 000 000 so‘m sarf xarajatlar mablag‘larini tejash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik : ishlab chiqilgan Letrozol «stair step» + gonadotropin + Kabergolin – bexatar induksiya usuli - monofollikula etilishini ta’minlab, etilgan follikulalar lyuteinizatsiya, persistensiyaga uchrashi, ko‘p homilali homiladorlik va tuxumdonlar giperstimulyasiyasi sindromi kabi salbiy oqibatlarni kamaytirishi mumkinligi isbotlangan. Xorazm viloyati aholi reproduktiv salomatlik markazi (28.04.2023-yildagi 10-I-son buyruq) va Urganch shahridagi 2-sonli shahar oilaviy poliklinikasining (03.05.2023-yildagi 381-12-180-TB/2023-son buyruq) amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Letrozol+oMG+Kabergolin kombinatsiyasi ayollarda Kabergolin qo‘llanilmagan ayollarga nisbatan tuxumdonlar stimulyasiyasini olib borish natijasida monofollikula o‘sishi 1,5 barobar, homiladorlik chastotasi 1,8 barobar va natijada tirik tug‘ilgan chaqaloqlar soni 2,3 barobar ko‘p uchradi. Tuxumdonlar giperstimulyasiyasi sindromi (TGSS) esa Kabergolin qo‘llanilmagan guruhlarda 2,4 barobar ko‘proq uchradi. Ovulyasiya triggeri sifatida GnRG agonistining qo‘llanilishi TGSS rivojlanishinini 2 barobar kamaytirib berdi. Shu guruhlardan olingan laborator va instrumental natijalarni taqqoslash asosida TGSS ni prediktorlarini aniqlash va olib borish taktikasi algoritmlari tuzildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tuxumdonlar giperstimulyasiyasini oldini olish maqsadida qo‘llanilgan dofamin reseptor agonistini qo‘llash, bu asoratni davolashga 1 nafar ayolga sarflanadigan 2900 000 so‘m sarflanishi oldini olib, natijada 2900 000 – 70200 = 2829 800 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: surunkali anovulyasiyali infertil ayollarda ovulyasiya stimulyasiyasi usullarini o‘tkazishdan oldin “Tuxumdonlar giperstimulyasiyasi sindromi rivojlanishining birlamchi va ikkilamchi prediktorlarini aniqlash va olib borish algoritmi” ni baholash va olib borish, tuxumdonlar giperstimulyasiyasi kabi og‘ir asoratni oldini olish orqali 2829800 so‘m mablag‘ tejalib, o‘z vaqtida kompleks davo choralarini o‘tkazish va davolash samaradorligini oshishi bilan izohlangan.