Maxmudova Lola Baxronovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda parazitar kasalliklarga qarshi kurash tizimini takomillashtirish» (Samarqand viloyati misolida) 14.00.30 – Epidemiologiya, 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib903.
Ilmiy rahbarlar: Kurbanov Botir Jurabaevich, tibbiyot fanlari doktori; Anvarova Latofat Usmanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa  nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Shaxnoza Tulqinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Matnazarova Gulbahor Sultanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand viloyatida parazitar kasalliklarning epidemiologik xususiyatlarini aniqlash hamda ularni oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor parazitar kasalliklarning kuzatilishi doimiy, ammo uzoq davom etmaydigan, kasallik yuqish xavfi keskin ortib borishiga ko‘ra tashuvchilarining va kasallanishning yuqoriligi tekshirilganlar soniga nisbatan ≥ 50 foizdan yuqori bo‘lgan hududlar giperendemik, yuqish xavfi hamda kasallik tashuvchilarining tekshirilganlar soniga nisbatan ≥20 <50 foizdan past bo‘lgan hududlar mezoendemik hamda yuqish darajasi juda kichik va ta’siri unchalik ahamiyatli bo‘lmagan bo‘lishiga ko‘ra tekshirilganlar soniga nisbatan <20 foizdan past bo‘lgan hududlar gipoendemik hududlarga ajratilishi asoslangan;
hududlarda parazitar kasalliklar bilan zararlanish darajasiga muvofiq ravishda ommaviy degel`mintizatsiyani o‘tkazish parazitar kasalliklar bo‘yicha giperendemik xududlarda laboratoriya tekshiruvlarini ikki (perianal surtma va koproovoskopik) usulda tekshirilganidan keyingina ularga qarshi dori vositalarni yiliga tegishli ravishda berishning samaradorligi asoslangan;
bolalar va o‘smirlar orasida ommaviy degel`mintizatsiya tadbirlari samaradorligini oshirishda gel`mint parazitning uchta asosiy biologik siklini e’tiborga olgan xolda o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi isbotlangan;
bolalar orasida parazitar kasalliklarga qarshi ommaviy profilaktik tadbirlarni, hududning parazitar kasalliklar bilan zararlanish darajasiga qarab giperendemik hududda ikki marotaba, 14 kunlik tanaffus bilan aniklangan gel`mintga qarab ikkinchi marta, mezoendemik hududda ikki marotaba, gipoendemik hududda bir marotaba o‘tkazish isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy –amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 2023 yil 4 iyuldagi 3 n-z/15 son xulosasi asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor parazitar kasalliklarning kuzatilishi doimiy, ammo uzoq davom etmaydigan, kasallik yuqish xavfi keskin ortib borishiga ko‘ra tashuvchilarining va kasallanishning yuqoriligi tekshirilganlar soniga nisbatan ≥ 50 foizdan yuqori bo‘lgan hududlar giperendemik, yuqish xavfi hamda kasallik tashuvchilarining tekshirilganlar soniga nisbatan ≥20 <50 foizdan past bo‘lgan hududlar mezoendemik hamda yuqish darajasi juda kichik va ta’siri unchalik ahamiyatli bo‘lmagan bo‘lishiga ko‘ra tekshirilganlar soniga nisbatan <20 foizdan past bo‘lgan hududlar gipoendemik hududlarga ajratilishi asoslangan. Maktab o‘quvchilari hamda ota-onalarning parazitar kasalliklar bo‘yicha bilim darajasining pastligi ushbu hududda parazitar kasalliklar bilan kasallanish darajasining yuqori bo‘lishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Samarqand shahar bo‘limi, Samarqand shahar 12 – son oilaviy poliklinikasi amaliyotiga sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 25 martdagi №121 sonli buyrug‘i asosida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Samarqand shahar bo‘limiga 2023 yil 16 martdagi 34-son buyrug‘i va Samarqand shahar 12–son oilaviy poliklinikasi 2023 yil 7 apreldagi 42-U-son buyrug‘i asosida amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ota-onalar va o‘quvchilarning parazitar kasalliklar to‘g‘risidagi bilim darajasining pastligi parazitar kasalliklar bilan zararlanish darajasini ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. O‘rganilgan maktabda faoliyat yurituvchi pedagog xodimlarining deyarli 90,0% parazitar kasalliklar, ularni yuqish yo‘llari, asosiy klinik belgilari, oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi bilim-ko‘nikmalariga ega ekanligini e’tiborga olgan holda, maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan parazitar kasalliklarni oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ochiq darsni maxsus bilimga ega bo‘lgan tibbiy xodimlar emas, balki ushbu maktablarda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarinnig o‘zlari ham o‘tkazishlari mumkin, bu esa ushbu hududda parazitar kasalliklar bilan kasallanish darajasini pasayishiga olib keldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ma’lumki, parazitar kasalliklar bilan kasallangan bemorlar stasionarda o‘rtacha 10 kun davolanishadi hamda 1 nafar bemorga 2 mln 329 ming so‘m mablag‘ sarflanadi. «Parazitar kasalliklarini oldini olish chora-tadbirlari» mavzusida maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari orasida maktab pedagog xodimlari tomonidan o‘tkazilgan ochiq darslar bolalar o‘rtasida parazitar kasalliklarning uchrash darajasini keskin pasayishga olib keladi. Pedagogning o‘rtacha 1 soat dars o‘tishi byudjet xisobidan 100 ming so‘mga tengdir, shu bilan bir qatorda o‘quv materiallarini ishlab chiqish xam 100 ming so‘mga teng bo‘ladi, agar ushbu xarajatni xar bir bolaga nisbatan sarflansa, kasallikni oldi olinadi, natijada parazitar kasalliklar bilan kasallangan bemor bolalarning stasionarga yotib davolanishiga muxtojlik bo‘lmaydi hamda har 1 nafar bemor uchun sarflanadigan 2 mln 129 ming so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: bolalar o‘rtasida maktab pedagog xodimlari tomonidan o‘tkazilgan ochiq darslarni o‘tkazish, xar bir bolaga nisbatan 2 mln 129 ming so‘mni tejash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik hududlarda parazitar kasalliklar bilan zararlanish darajasiga muvofiq ravishda ommaviy degel`mintizatsiyani o‘tkazish parazitar kasalliklar bo‘yicha giperendemik xududlarda laboratoriya tekshiruvlarini ikki (perianal surtma va koproovoskopik) usulda tekshirilganidan keyingina ularga qarshi dori vositalarni yiliga tegishli ravishda berishning samaradorligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: giper va mezoendemik hududlarda yiliga bir marotaba o‘tkazilayotgan ommaviy degel`mintizasiyaning samarasi pastligi ilmiy asoslanganligi tufayli, parazitar kasalliklar bilan zararlanish darajasiga muvofiq ravishda ommaviy degel`mintizasiyani o‘tkazish takomillashtirildi. Bunga ko‘ra, giperendemik hududda yiliga 2 marotaba ommaviy degel`mintizatsiya o‘tkazish tavsiya etildi, bunda Albendazol 400 mgdan 2 kunga ichishga 14 kungi tanaffusdan keyin yana 2 kun ichishga, mezoendemik hududda yiliga 2 marotaba Albendazol 400 mgdan 2 kunga ichishga, gipoendemik hududda yiliga 1 marotaba Albendazol 400 mg 2 kunga ichish, 7-14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘rtacha 25,0%da mikst parazitozlarning uchrashi e’tiborga olinib, ommaviy degel`mintizatsiyani o‘tkazish tavsiya etiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Samarqand shahar bo‘limi, Samarqand shahar 12 – son oilaviy poliklinikasi amaliyotiga sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 25 martdagi № 121 sonli buyrug‘i asosida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Samarqand shahar bo‘limiga 2023 yil 16 martdagi 34-son buyrug‘i va Samarqand shahar 12–son oilaviy poliklinikasi 2023 yil 7 apreldagi 42-U-son buyrug‘i asosida amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: hududning parazitar kasalliklar bilan zararlanish darajasiga asoslangan holda ommaviy degel`mintizasiyaning qiyosiy yondashuvi e’tiborga olinib, ommaviy degel`mintizatsiyani o‘tkazish samaradorlikni oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bir nafar bemor uchun parazitar kasalliklar bilan kasallanganda stasionarda o‘rtacha 10 kun davolanish uchun 2 mln 329 ming so‘m mablag‘ sarflanadi. Parazitar kasalliklarni oldini olishga yo‘naltirilgan ommaviy degel`mintizatsiya tadbiri uchun kerakli sarf harajat 1 nafar bola uchun gipo endemik xududda 30 ming so‘m, mezoendemik xududda 60 ming so‘m, giperendemik xududda 90 ming so‘mni tashkil qiladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, kasallikni davolagandan ko‘ra, oldini olish chora-tadbirlarini o‘tkazish byudjet mablag‘larini har 1 nafar bemor uchun o‘rtacha 2 mln 271 ming so‘mga tejalishiga erishiladi. Parazitar kasalliklardan kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar e’tiborga olinganda esa iqtisodiy samaradorlik yanada ko‘tarilishi imkonini berdi. Xulosa: bolalar o‘rtasida biz tomondan takomillashtirilgan parazitar kasalliklarini oldini olish chora-tadbirlarini, jumladan ommaviy degel`mintizatsiyani o‘tkazish har 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2 mln 271 ming so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik   bolalar va o‘smirlar orasida ommaviy degel`mintizatsiya tadbirlari samaradorligini oshirishda gel`mint parazitning uchta asosiy biologik siklini e’tiborga olgan xolda o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: giperendemik hududda yiliga 2 marotaba ommaviy degel`mintizatsiyani o‘tkazish tavsiya etildi, bunda Albendazol 400 mg dan 2 kunga ichishga 14 kungi tanaffusdan keyin yana 2 kun ichishga, mezoendemik hududda yiliga 2 marotaba Albendazol 400 mgdan 2 kunga ichishga, gipoendemik hududda yiliga 1 marotaba  Albendazol 400 mg 2 kunga ichish, 7-14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘rtacha 25,0%da mikst parazitozlarning uchrashi e’tiborga olinib, ommaviy degel`mintizatsiyani o‘tkazish tavsiya etiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Samarqand shahar bo‘limi, Samarqand shahar 12-son oilaviy poliklinikasi amaliyotiga sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 25 martdagi 121-son buyrug‘i asosida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Samarqand shahar bo‘limiga 2023 yil 16 martdagi 34-son buyrug‘i va Samarqand shahar 12–son oilaviy poliklinikasi 2023 yil 7 apreldagi 42-U-son buyrug‘i asosida amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: hududning parazitar kasalliklar bilan zararlanish darajasiga asoslangan holda ommaviy degel`mintizatsiyaning qiyosiy yondashuvi e’tiborga olinib, ommaviy degel`mintizatsiyani o‘tkazish samaradorlikni oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bir nafar bemor uchun parazitar kasalliklar bilan kasallanganda statsionarda o‘rtacha 10 kun davolanish uchun 2 mln 329 ming so‘m mablag‘ sarflanadi. Parazitar kasalliklarni oldini olishga yo‘naltirilgan ommaviy degel`mintizatsiya tadbiri uchun kerakli sarf harajat 1 nafar bola uchun gipoendemik xududda 30 ming so‘m, mezoendemik xududda 60 ming so‘m, giperendemik xududda 90 ming so‘mni tashkil qiladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, kasallikni davolagandan ko‘ra, oldini olish chora-tadbirlarini o‘tkazish byudjet mablag‘larini har 1 nafar bemor uchun o‘rtacha 2 mln 271 ming so‘mga tejalishiga erishiladi. Parazitar kasalliklardan kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar e’tiborga olinganda esa iqtisodiy samaradorlik yanada ko‘tarilishi imkonini berdi. Xulosa: bolalar o‘rtasida biz tomondan takomillashtirilgan parazitar kasalliklarini oldini olish chora-tadbirlarini, jumladan ommaviy degel`’mintizatsiyani o‘tkazish har 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2 mln 271 ming so‘m iqtisod qilish imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik  bolalar orasida parazitar kasalliklarga qarshi ommaviy profilaktik tadbirlarni, hududning parazitar kasalliklar bilan zararlanish darajasiga qarab giperendemik hududda ikki marotaba, 14 kunlik tanaffus bilan aniklangan gel`mintga qarab ikkinchi marta, mezoendemik hududda ikki marotaba, gipoendemik hududda bir marotaba o‘tkazish isbotlangan. Immunoferment taxlil va koproovoskopiya usullarini majmuaviy qo‘llash orqali, lyamblioz kasalligini tashxisoti takomillashtirilgan ommaviy degel`mintizatsiyani o‘tkazishdan avval najasni immunoferment va koproovoskopiya usulida tekshirishuvdan o‘tkazish, taxlil natijasiga asoslanib standart bo‘yicha davolash tavsiya etiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Samarqand shahar bo‘limi, Samarqand shahar 12 – son oilaviy poliklinikasi amaliyotiga sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 25 martdagi №121 sonli buyrug‘i asosida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Samarqand shahar bo‘limiga 2023 yil 16 martdagi 34-son buyrug‘i va Samarqand shahar 12–son oilaviy poliklinikasi 2023 yil 7 apreldagi 42-U-son buyrug‘i asosida amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ommaviy degel`mintizatsiyaning qiyosiy yondashuvi hamda mikst parazitozlarning uchrash darajasini 25,0% ekanligi e’tiborga olinib, ommaviy degel`mintizatsiyani o‘tkazishdan avval najasni IFT va koproovoskopiya usulida tekshirishuvdan o‘tkazish, taxlil natijasiga asoslanib standart bo‘yicha davolashni o‘tkazish ommaviy degel`mintizatsiya samaradorligini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bir nafar bemor uchun parazitar kasalliklar bilan kasallanganda statsionarda o‘rtacha 10 kun davolanish uchun 2 mln 329 ming so‘m, lyablioz va mikst parazitar kasalligini davolash uchun 3 mln 222 ming mablag‘ sarflanadi, jami shifoxonada davolanayotgan bemorlarning 25 foizini miks ko‘rinishidagi bemorlar tashkil qiladi. Immunoferment taxlil uchun 50 ming so‘m, koproovoskopiya usulida tekshirish uchun 27 ming so‘m mablag‘ sarflanadi, majmuaviy laborator tashxisoti uchun 77 ming so‘m mablag‘ sarflanadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, mikst parazitar kasallikni o‘z vaqtida tashxislash byudjet mablag‘larini har 1 nafar bemor uchun o‘rtacha ((3 222 000 – 2 329 000 = 891 000 )- 77 000 = 814 000) 814 ming so‘mga tejalishiga erishiladi. Parazitar kasalliklardan kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar e’tiborga olinganda esa iqtisodiy samaradorlik yanada ko‘tarilishi imkonini berdi. Xulosa: bolalar o‘rtasida biz tomondan lyamblioz kasalligini tashxisotini takomillashtirish, jumladan immunoferment taxlil va koproovoskopiya usullarini majmuaviy qo‘llash orqali har 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 814 ming so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish