Rajabov Ilxom Baxrom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda COVID-19 asorati shakllanishidagi xavf omillarining  stratifikatsiyasi  va ularni olib borish taktikasi», 14.00.10 - Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3029.
Ilmiy rahbar: Ibadova Gulnara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Kamilov Farxod Xaydarovich, tibbiyot fanlari doktori; Xudaykulova Gulnora Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda COVID-19 asorati shakllanishidagi xavf omillarining stratifikatsiyasi va ularni olib borishda yondashuvlarni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor 6-18 yoshli bolalarda COVID-19 ning asoratlarining shakllanishiga; mikst-infeksiyalar, maxsus davoni kechiktirib boshlanganligi va yondosh kasalliklarni mavjudligi asosiy omillar ekanligi isbotlangan;
ilk bor bolalarda COVID-19 diagnostik va prognostik ahamiyatga ega bo‘lmagan qon parametrlari (D-dimer, IL-6, ferritin) aniqlangan;
ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bolalarda burun-xalqumdan virus ajralishini muddatini qisqartirishda L-lagotannin ta’siri isbotlangan;
ilk bor bolalarda COVID-19 ning engil va o‘rta og‘ir shakllarida postkovid asoratlari asteno-vegetativ, respirator-kataral va yallig‘lanish sindromlari bilan ifodalanganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika  ixtisoslashtirilgan  epidemiologiya,  mikrobiologiya,  yuqumli  va  parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspert kengashining 2023 yil 6 iyun № 1 n-r/7 sonli va 2023 yil  20 dekabrdagi №1n-z/27-sonli xulosalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor 6-18 yoshli bolalarda COVID-19 ning asoratlarining shakllanishiga mikst-infeksiyalar, maxsus davoni kechiktirib boshlanganligi, yondosh kasalliklarni mavjudligi, asosiy omillar ekanligi isbotlangan. Ilmiy  yangilikning  mohiyati: 6-18 yoshli bolalarda COVID-19ning rivojlanishiga va postkovid asoratlarining shakllanishiga moyil bo‘luvchi omillari aniqlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: COVID-19 bilan kasallangan  6-18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda asoratlarni shakllagishiga olib keladigan asosiy omillar aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: bolalarda COVID-19 kasalligida asoratlarni oldini olish maqsadida Rutan maxalliy dori vositasi joriy etilgan (RIEMYuPKIATMning 27.06.2023y. 23-I-27 sonli va Respublika maxsus 1-son Zangiota shifoxonasining 29.05.2023y. №73 sonli buyruqlari). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samardorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan kasallangan 6-18 yoshli bolalarda postkovid asoratlarini ishonarli kamayishi kuzatildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samardorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan kasallangan 6-18 yoshli bolalar kasalxonaga yotqizilganda, xar bir bolaga COVID-19 kasalligini milliy davolash protokoli bo‘yicha xar bir nafar bemor bolaga quyidagi qon tahlillari o‘tkaziladi - prokalsitonin, interleykin-6, D-dimer, ferritin, S-reaktiv oqsilni tekshirish umumiy 1.100.000 so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, yuqoridagi tahlillar ichida interleykin-6, D-dimer, ferritinlarni tekshirish o‘rtacha 540.000 so‘mni tashkil etadi lekin yuqoridagi taxlillar 6-18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun sezilarli darajada diagnostik ahamiyatga ega emasligi aniqlandi. Xulosa: Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ortiqcha sarf xarajatlar, yani xar bir nafar bolaga 540.000 so‘mdan tejalishiga imkon bergan (RIEMYuPKIATM ekspert kengashining 2023 yil 06 iyundagi 1 n-r/7 sonli xulosasi);
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalarda COVID-19 diagnostik va prognostik ahamiyatga ega bo‘lmagan qon parametrlari (D-dimer, IL-6, ferritin) aniqlangan. Ilmiy yangiliknirng mohiyati: bolalarda COVID-19 diagnostik va prognostik ahamiyatga ega bo‘lmagan qon parametrlari (D-dimer, IL-6, ferritin) aniqlamaslik, ortiqcha sarf xarajatlarni oldini olishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: COVID-19 bilan kasallangan 6-18 yoshli bolalar kasalxonaga yotqizilganda, xar bir bolaga COVID-19 kasalligini milliy davolash protokoli bo‘yicha xar bir nafar bemor bolaga quyidagi qon tahlillari o‘tkaziladi - prokalsitonin, interleykin-6, D-dimer, ferritin, S-reaktiv oqsilni tekshirish umumiy 1.100.000 so‘mni tashkil qilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: «Bolalarda COVID-19 kasalligida asoratlarni oldini olish maqsadida Rutan maxalliy dori vositasi» uslubiy tavsiyanomasi joriy etilgan (RIEMYuPKIATMning 06.06.2023y. №1n-r/7 sonli va 27.06.2023y. №23-I-27 sonli xulosalari). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samardorligi quyidagilardan iborat: yuqoridagi tahlillar ichida interleykin-6, D-dimer, ferritinlarni tekshirish o‘rtacha 540.000 so‘mni tashkil etadi lekin yuqoridagi taxlillar 6-18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun sezilarli darajada diagnostik ahamiyatga ega emasligi aniqlandi. Xulosa: Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, ortiqcha sarf xarajatlar yani, xar bir nafar bolaga 540.000 so‘mdan tejalishi aniqlangan;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bolalarda burun-xalqumdan virus ajralishini muddatini qisqartirishda L-lagotannin ta’siri isbotlangan. Ilmiy yangiliknirng mohiyati: ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bolalarda burun-xalqumdan virus ajralishini muddatini qisqartirishda asosiy davolash protokliga qo‘shimcha ravishda Rutan preparatining xam samaradorligi isbotlangan; Ilmiy yangiliknirng ahamiyati: mahalliy dori vositasi Rutan engil va o‘rtacha og‘irlikda bo‘lgan COVID-19 kasalligini 6-18 yoshdagi bemorlarda aniq klinik va sezilarli antivirus ta’sirga ega ekanligi va postkovid ko‘rinishlarining uchrash tezligini sezilarli darajada kamaytirishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: «Bolalarda COVID-19 kasalligida asoratlarni oldini olish maqsadida Rutan maxalliy dori vositasi» uslubiy tavsiyanomasi joriy etilgan (RIEMYuPKIATMning 06.06.2023y. №1n-r/7 sonli va 27.06.2023y. №23-I-27 sonli xulosalari). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samardorligi quyidagilardan iborat: Dori vositasi Rutanning ko‘rsatilgan dozadagi virusga qarshi samaradorligi bemorlarning turli yosh guruhlarida (6-10 yosh, 11-14 yosh va 15-18 yosh) ham tahlil qilindi. 6-10 va 11-14 yoshdagi bemorlar guruhlarida dori vositasi Rutan 0,025 ning virusga qarshi samaradorligida sezilarli farq bo‘lmadi, ammo o‘smirlar nazorat guruhidagi bolalarda bu sezilarli ijobiy darajada farq qilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samardorligi quyidagilardan iborat: Mahalliy Rutan dori vositasi kasalligi engil va o‘rtacha og‘irlikda bo‘lgan bemorlar bolalarda klinik va antivirus ta’sirga ega ekanligi, postkovid ko‘rinishlarining uchrash tezligini sezilarli darajada kamaytirishi, davolash davrida sarf-xarajatlarni kamaytirishga yordam berishi va bir nafar bemor bolaga labarator-instrumental tekshiruvlardan tashqari kunlik 667 000 so‘m tejalishi aniqlangan. Xulosa: 6-18 yoshli bolalarda COVID-19 kasalligining engil va o‘rtacha kechishida o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Rutan 25 mg dori vositasining milliy davolash protokoli bilan  birgalikda davolanganda, virusga qarshi va sezilarli klinik jihatidan ijobiy ta’siri aniqlangan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalarda COVID-19 ning engil va o‘rta og‘ir shakllarida postkovid asoratlari asteno-vegetativ, respirator-kataral va yallig‘lanish sindromlari bilan ifodalanganligi asoslangan. Ilmiy yangiliknirng mohiyati: ilk bor bolalarda COVID-19 ning engil va o‘rta og‘ir shakllarida postkovid asoratlarining xususiyatlari yani, asteno-vegetativ, respirator-kataral va yallig‘lanish sindromlari bilan ifodalanganligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: mahsus davodan so‘ng kasalxonadan chiqarilgan bolalarda 4-6 oydan keyin, COVID-19 kasalligidan keyingi rivojlanishi mumkin mumkin bo‘lgan holatlari tahlil qilingan. Bemor bolalar va ularning ota-onalaridan klinik savolnomalar yordamida surushtiruvlar natijasida 6-18 yoshli bolalarda kasallikdan keyingi asoratlarini shakllanishiga ta’sir etuvchi ahamiyatli omillari aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: «Bolalarda COVID-19 kasalligida asoratlarni oldini olish maqsadida Rutan maxalliy dori vositasi» uslubiy tavsiyanomasi joriy etilgan (RIEMYuPKIATMning 06.06.2023y. №1n-r/7 sonli va 27.06.2023y. №23-I-27 sonli xulosalari). Ilmiy yangilikning ijtimoiy smaradorligi: bemor bolalar va ularning ota-onalaridan klinik savolnomalar yordamida surushtiruvlar natijasida 6-18 yoshli bolalarda kasallikdan keyingi asoratlarini shakllanishiga ta’sir etuvchi ahamiyatli omillari aniqlangan bo‘lib, kasalxonadan chiqqandan keyin, 4 oydan 6 oygacha bo‘lgan davrda COVID-19 kasalligidan keyingi rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlari tahlil qilingan va tahlillar natijasida asteno-begatativ, yallig‘lanish, respirator-kataral sindromlari aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samardorligi: bir nafar bemor bola kasalxonada davolanish muddati 2-5 kungacha kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: iqtisodiy tejamkorlik umumiy 10-15 kunga o‘rtacha 12.528.000 so‘mdan 16.393.850 so‘mgacha tejalishi isbotlangan. (RIEMYuPKIATMning 06.06.2023y. №1n-r/7 sonli va 27.06.2023y. №23-I-27 sonli xulosalari).

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish