Axmedov Kamoliddin Hakimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eksperimental xolestazda parenximatoz a’zolar va qon tizimi struktur-funksional buzilishlarining patogenezi», 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Tib909.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Xamid Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Sayfullaeva Saida Akramjonovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Jo‘raeva Moxigul Azimjonovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sattorov Jamoliddin Baxronovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajriba sharoitida xolestazda ichki a’zolar va qon tizimida yuzaga keluvchi funksional-struktur o‘zgarishlar dinamikasi va ularning rivojlanish mexanizmlariga patogenetik yondoshuvni  takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jigar va o‘t yo‘llari patofiziologik o‘zgarishlari, xolestazning klinik simptomatika manifest shakllari, ichki a’zolarda qayta tiklanmas tuzilmaviy o‘zgarishlar yuzaga kelgandan so‘ng paydo bo‘lganligi uchun aksariyat hollarda og‘ir asorat va letallik darajasining ortishi hamda xolestazda yuzaga keluvchi o‘zgarishlar asoslangan;
qon tizimi va parenximatoz organlarda (jigar, buyrak, taloq) xolemiyaning muddati va darajasiga bog‘liq ravishda qayta tiklanmas o‘zgarishlarga hamda erta davrida shakllanadigan poliorgan etishmovchiligiga olib keladigan mexanizmlar tizimli tartibda aniqlangan;
patogenetik zanjirda organizmda o‘t kislotalari ta’sirida endogen intoksikatsiya rivojlanayotganligi, erkin radikalli jaryonlar yetakchilik qilayotganligi, lipidlarning periksli oksidlanish/antioksidant tizim ham jalb qilinganligi, ya’ni oksidatsion stress kechayotganligi isbotlangan;  
tajribada qonning reologik xususiyatlarini turli bosimlarda kuzatganimizda uning dinamik qovushqoqligi va siljish tezligidagi o‘zgarishlar kichik bosimlarda yaqqol namoyon bo‘lishi destruktiv o‘zgarishlar ko‘proq kichik kapillyarlarda kuzatilayotganligi isbotlangan;
tajriba sharoitda organlarning angioarxitekturasining buzilishi lipidlar perikisli oksidlanishining kuchayishiga, jigar va buyraklar to‘qimalarida perikisli oksidlanish/antioksidant tizimining nomutanosibligiga olib kelishi va bu jarayonlar buyraklarda progressiv kechishi hamda gemostaz tizimining parametrlari baholanganda ular intoksikatsiya darajasi va davomiyligiga bog‘liq ravishda gipo va giperkoagulyasiya kuzatilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2024 yildagi 5 yanvardagi 11/046-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2024 yildagi 5 yanvardagi 11/046-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: jigar va o‘t yo‘llari patofiziologik o‘zgarishlari, xolestazning klinik simptomatika manifest shakllari, ichki a’zolarda qayta tiklanmas tuzilmaviy o‘zgarishlar yuzaga kelgandan so‘ng paydo bo‘lganligi uchun aksariyat hollarda og‘ir asorat va letallik darajasining ortishi hamda xolestazda yuzaga keluvchi o‘zgarishlar asoslangani Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va prazitar kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filiali bo‘yicha 11.07.2023 yildagi 65-son, Andijon davlat tibbiyot instituti bo‘yicha 23.09.2023 yildagi 93/1-son, Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 23.07.2023 yildagi 4341-son hamda Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 09.10.2023 yildagi 34/I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jigardan tashqari o‘t yo‘llarining qisman xolestazda ichki a’zolarda aksariyat parenximatoz organlarda funksional va tuzilmaviy o‘zgarishlar dinamikasi yuzaga keltirishni bartaraf qilish orqali organizmning funksional tuzilmalalarni o‘zgarishini oldini olish ta’minlash hamda poliorgan etishmovchiliklarni oldini olishga sabab bo‘luvchi profilaktik va davolash chora-tadbirlari  uchun fundamental asos sifatida xizmat qilish tartibini ishlab chiqish orqali tashxislash tartibini yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: jigar va o‘t yo‘llari patofiziologik o‘zgarishlari, xolestazning klinik simptomatika manifest shakllari, ichki a’zolarda qayta tiklanmas tuzilmaviy o‘zgarishlar yuzaga kelgandan so‘ng paydo bo‘lganligi uchun aksariyat hollarda og‘ir asorat va letallik darajasini oldini olish maqsadida bir kunlik davolash uchun o‘rtacha 120000 so‘m, bir kurs davolash uchun 1440000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: jigar va o‘t yo‘llarida yuzaga kelgan o‘zgarishlar, xolestazning ichki a’zolarda qayta tiklanmas tuzilmaviy o‘zgarishlar yuzaga kelgandan so‘ng paydo bo‘lganligi og‘ir asorat va letallik darajasini oldini olish uchun bir nafar patsient hisobiga byudjet mablag‘larini 1440000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: qon tizimi va parenximatoz organlarda (jigar, buyrak, taloq) xolemiyaning muddati va darajasiga bog‘liq ravishda qayta tiklanmas o‘zgarishlarga hamda erta davrida shakllanadigan poliorgan etishmovchiligiga olib keladigan mexanizmlar tizimli tartibda aniqlangani Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va prazitar kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filiali bo‘yicha 11.07.2023 yildagi 65-son, Andijon davlat tibbiyot instituti bo‘yicha 23.09.2023 yildagi 93/1-son, Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 23.07.2023 yildagi 4341-son hamda Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 09.10.2023 yildagi 34/I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qon tizimi va parenximatoz organlar, jigar, buyrak, taloqda xolemiya muddati va darajasi bog‘liq ravishda qayta tiklanmas o‘zgarishlarga hamda erta davrida shakllanadigan poliorgan etishmovchiligiga olib kelishi mexanizmlarining tizimli tartibida ochib berish natijasida xastalikni erta tashxislash orqali uning natijasida yuzaga keladigan asoratlarning oldini olishga sharoit yaratilganligi va xastalikni samarli davolash tizimini shakllantirishga asos bo‘lish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va nogironlikni oldini olishga asos bo‘lgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qon tizimi va parenximatoz organlar, jigar, buyrak, taloqda xolemiya muddati va darajasi bog‘liq ravishda qayta tiklanmas o‘zgarishlarga  hamda erta davrida shakllanadigan poliorgan etishmovchiligiga olib kelishi mexanizmlarining tizimli tartibida ochib berish uchun bir patsientda yuzaga kelgan o‘zgarishlarni oldini olish maqsadida bir kunlik davolash uchun o‘rtacha 120000 so‘m, bir kurs davolash uchun 1440000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: qon tizimi va parenximatoz organlar, jigar, buyrak, taloqda xolemiya muddati va darajasi bog‘liq ravishda qayta tiklanmas o‘zgarishlarga  hamda erta davrida shakllanadigan poliorgan etishmovchiligiga olib kelishi mexanizmlarining tizimli tartibida ochib berish natijasida bir nafar patsientni hisobiga bir kurs davolash uchun byudjet mablag‘larini 1440000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: patogenetik zanjirda organizmda o‘t kislotalari ta’sirida endogen intoksikatsiya rivojlanayotganligi, erkin radikalli jaryonlar yetakchilik qilayotganligi, lipidlarning periksli oksidlanish/antioksidant tizim ham jalb qilinganligi, ya’ni oksidatsion stress kechayotganligi isbotlangani Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va prazitar kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filiali bo‘yicha 11.07.2023 yildagi 65-son, Andijon davlat tibbiyot instituti bo‘yicha 23.09.2023 yildagi 93/1-son, Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 23.07.2023 yildagi 4341-son hamda Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 09.10.2023 yildagi 34/I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: patogenetik zanjirda organizmda o‘t kislotalari ta’sirida endogen intoksikatsiya rivojlanayotganligi hamda erkin radikalli jaryonlar yetakchilik qilayotganligi, lipidlarning periksli oksidlanish natijasida yuzga keladigan o‘zgarishlarni oldini olish va  organizmda kechadigan funksional o‘zgarishlarni oldini olishga asos bo‘lishning mexnaizmi yaratilganligi bilan asoslangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: patogenetik zanjirda organizmda o‘t kislotalari ta’sirida endogen intoksikatsiya rivojlanayotganligi hamda erkin radikalli jaryonlar yetakchilik qilayotganligi, lipidlarning periksli oksidlanish yoki antioksidant tizim ham jalb qilinganligi, ya’ni oksidatsion stress kechayotganligini isbotlash, bir patsientda yuzaga kelgan o‘zgarishlarni oldini olish maqsadida bir kunlik davolash uchun o‘rtacha 120000 so‘m, bir kurs davolash uchun 1440000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: patogenetik zanjirda organizmda o‘t kislotalari ta’sirida endogen intoksikatsiya rivojlanishini oldini olish maqsadida bir nafar patsient hisobiga byudjet mablag‘larini 1440000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tajribada qonning reologik xususiyatlarini turli bosimlarda kuzatganimizda uning dinamik qovushqoqligi va siljish tezligidagi o‘zgarishlar kichik bosimlarda yaqqol namoyon bo‘lishi destruktiv o‘zgarishlar ko‘proq kichik kapillyarlarda kuzatilayotganligi isbotlangani Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va prazitar kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filiali bo‘yicha 11.07.2023 yildagi 65-son, Andijon davlat tibbiyot instituti bo‘yicha 23.09.2023 yildagi 93/1-son, Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 23.07.2023 yildagi 4341-son hamda Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 09.10.2023 yildagi 34/I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tajribada qonning reologik xususiyatlarini turli bosimlarda kuzatganimizda uning dinamik qovushqoqligi va siljish tezligidagi o‘zgarishlar kichik bosimlarda yaqqol namoyon bo‘lishi destruktiv o‘zgarishlar ko‘proq kichik kapilyarlarda kuzatilayotganligiligini keyinchalik og‘ir asortalarni yuzaga keltirishni oldini olishga qartilgan profilaktik va davolash tartibini ishlab chiqishga asos bo‘lgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tajribada qonning reologik xususiyatlarini turli bosimlarda kuzatganimizda uning dinamik qovushqoqligi va siljish tezligidagi o‘zgarishlar kichik bosimlarda yaqqol namoyon bo‘lishi destruktiv o‘zgarishlar ko‘proq kichik kappilyarlarda yuzga kelishini  oldini olish, bir patsientda bir kunlik davolash uchun o‘rtacha 120000 so‘m, bir kurs davolash uchun 1440000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: tajribada qonning reologik xususiyatlarini turli bosimlarda kuzatganimizda uning dinamik qovushqoqligi va siljish tezligidagi o‘zgarishlar kichik bosimlarda yaqqol namoyon bo‘lishi destruktiv o‘zgarishlar ko‘proq kichik kappilyarlarda yuzga kelishini oldini olish uchun bir nafar patsient hisobiga byudjet mablag‘larini 1440000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
beshinchi ilmiy yangilik: tajriba sharoitda organlarning angioarxitekturasining buzilishi lipidlar perikisli oksidlanishining kuchayishiga, jigar va buyraklar to‘qimalarida perikisli oksidlanish/antioksidant tizimining nomutanosibligiga olib kelishi va bu jarayonlar buyraklarda progressiv kechishi hamda gemostaz tizimining parametrlari baholanganda ular intoksikatsiya darajasi va davomiyligiga bog‘liq ravishda gipo va giperkoagulyasiya kuzatilishi isbotlangani Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va prazitar kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filiali bo‘yicha 11.07.2023 yildagi 65-son, Andijon davlat tibbiyot instituti bo‘yicha 23.09.2023 yildagi 93/1-son, Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 23.07.2023 yildagi 4341-son hamda Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 09.10.2023 yildagi 34/I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tajriba sharoitida organlar angioarxitekturasining buzilishi, lipidlarning periksli oksidlanish hamda antioksidant  himoya tizimdagi nomutanosiblikning jigar va buyrak to‘qimalarida namoyon bo‘lishi, ushbu jarayonlarning buyraklarda faol kechishi hamda gemostaz tizimining parametrlari baholanganda intoksikatsiya darajasi va davomiyligiga bog‘liq ravishda giper-, gipokoagulyasiya kuzatilishining isbotlash orqali samarali tashxislash va davolash tartibining samaradorligi baholanagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tajriba sharoitida organlar angioarxitekturasining buzilishi, lipidlarning periksli oksidlanish hamda antioksidant himoya tizimdagi nomutanosiblikning jigar va buyrak to‘qimalarida namoyon bo‘lishi, ushbu jarayonlarning buyraklarda faol kechishi hamda gemostaz tizimining parametrlari baholash uchun bir patsientda yuzaga kelgan o‘zgarishlarni oldini olish maqsadida bir kunlik davolash uchun o‘rtacha 120000 so‘m, bir kurs davolash uchun 1440000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: tajriba sharoitida organlardagi angioarxitekturasining buzilishi lipidlarning perikisli oksidlanishining kuchayishi va lipidlarning periksli oksidlanish/antioksidant tizimdagi nomutanosiblik oldini olish maqsadida bir nafar patsient hisobiga byudjet mablag‘larini 1440000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish