Umirzakov Zakir Baxriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID -19 ning klinik immunologik xususiyatlari va tibbiy yordam taqdim etishining tashkiliy tamoyillari (Samarqand viloyati misolida)» 14.00.36– Allergologiya va immunologiya; 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib1587.
Ilmiy raxbarlar: Ziyodullaev Shuhrat Xudoyberdievich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Rizaev Jasur Alimjanovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yangieva Nodira Raximovna tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Saratov Davlat tibbiyot instituti (Rossiya federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi COVID-19 ning klinik-immunologik xususiyatlarini o‘rganish asosida tibbiy xizmat taqdim etilishining tashkiliy jihatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 virusining koagulopatiya orqali qon tomir endoteliy hujayralariga tanlab ta’sir etishi sababli immun status ko‘rsatkichlari o‘zgarishiga korellyasion bog‘liqligi isbotlangan;
SARS-CoV-2 ga qarshi IgM, IgG va IgA ning paydo bo‘lishi, maksimal titrga etish muddati, IgG ning kasallikning og‘irligiga mutanosibligi va rekonvalessentlar qon zardobining immunoterapevtik (X2=23,332, nisbiy imkoniyat – NI=4,6857, r=0,001, modelning aniqligi 76,74%) xususiyatlariga ko‘ra ushbu mezonlarning prognostik jihatlari isbotlangan;
COVID-19 patogenezida kasallik og‘irligi agressiv sitokin bo‘roni hisobiga organizmda respirator distress sindrom, poliorgan etishmovchilik oqibatida T-limfotsitlar va sitokinlar muvozanatini buzilishi prognostik mezon ekanligi isbotlangan;
COVID-19 da bemorlar holatining og‘irlashishi va limfopeniya darajasi, sitotoksik T-limfotsitlar mutlaq soni kamayishi virusning qon tomirlardagi trombozga olib keluvchi ta’siri bilan bog‘liqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 26 maydagi 14-sonli xulosasiga ko‘ra:
Ilmiy yangilikning mohiyati: COVID-19 patogenezida virusli-immunologik integratsiyaning ahamiyatini, hujayraviy immunologik ko‘rsatkichlarining ushbu kasallik og‘irlik darajasiga mutanosibligi va ularning turli og‘irlik darajalarida hujayraviy immun javob o‘zgarishlarini prognostik qiymatlari aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: COVID-19 rekonvalessentlari qon zardobi tarkibidagi immunoglobulinlar fraksiyalarini klinik amaliyotda immunoterapevtik vosita sifatida qo‘llash borasida takliflar ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda yuqumli kasalliklar shifoxonasi amaliyotiga 2022 yil 16 martdagi Samarqand viloyat CEO va JSB boshqarmasining 1-sonli joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan algoritmlar va kompleks yondashuvdan foydalanish COVID-19 patsientlarini faol aniqlash, laboratoriya tekshiruvi uchun namunalar olinishini maqsadli yo‘lga qo‘yish hisobiga tahlillar sonini va epidemiologik xavfni keskin kamaytirish, kasallikning engil va o‘rtacha og‘irlikdagi shakllarida bemorlarga ambulator yordam ko‘rsatish, o‘rinlardan ratsional foydalanish, tibbiyot xodimlari faoliyatini integratsiyalash va muvofiqlashtirish, xizmat sifatini va komplaentlikni yaxshilash, sog‘ayganlar hissasi va asrab qolingan hayotlar miqdorini oshirish, aholining o‘rtacha umrini uzaytirish, o‘lim va nogironlik ko‘rsatkichlarini pasaytirish, sog‘liqni saqlashning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi statsionar sharoitidagi o‘rinlarga nisbatan ehtiyoji kamaygan, tibbiyot xodimlari faoliyati integratsiyalashga va muvofiqlashtirishga erishilgan, xizmat sifati va komplaentlik yaxshilangan, ish samaradorligi oshirishga erishilish orqali davolashga sarflanadigan xarajatlari xar bir bemorga 285 ming so‘mga kamaytirishga erishilgan. Xulosa: COVID-19 kechishining turli og‘irlik darajasidagi patsientlarda gumoral immun javob ko‘rsatkichlarining dinamikasi o‘rganilib, COVID-19 ning klinik-immunalogik xususiyatlari va tibbiy yordam taqdim etilishining tashkiliy tamoyillari ishlab chiqilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: COVID-19 ning klinik-immunologik xususiyatlarini o‘rganish asosida tibbiy xizmat taqdim etilishining tashkiliy jihatlarini takomillashtirishdan iborat. Ilmiy yangilikning ahamiyati: COVID-19 ni barvaqt tashxislash, patsientlarga va aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini, samaradorligini oshirish, aholi kasallanishining boshqaruvini yaxshilash, epidemiologik barqarorlikni ta’minlash borasidagi ilmiy-amaliy hamda uslubiy tayyorgarlikni takomillashtirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand viloyati sanitariya - epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi buyrug‘i ( 151 U-sonli 2021 yil, 18 oktyabr`) bilan markaz va uning hududiy bo‘limlarida amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Yaratilgan konsepsiya va tavsiyalarning amaliy natijadorligi, avvalo, sog‘liqni saqlash tizimining barcha darajadagi mutasaddilari, bosh mutaxassislari tomonidan mazkur ishlanmaga nisbatan barqaror xayrixohlik namunasini ko‘rsatishlari hamda o‘z yo‘nalishlari doirasida COVID-19 ga dahldor risoladagidek tibbiy xizmat taqdim etilishi, mavjud muammolar bartaraf etilishi uchun yuksak mas’uliyatni his etishlari bilan belgilangan. Xulosa: COVID-19 ga doir tibbiy xizmat taqdim etilishi borasida jamoat salomatligi nuqtai-nazaridan yondashuvni, shakllanayotgan vaziyatga muvofiqlikni, integrativlik va standartlikni, raqamli texnologiyalar qo‘llanilishini, ustuvorlik ambulator-poliklinik yordamga qaratilishini ko‘zda tutuvchi konseptual yondashuv asosida tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: COVID-19 kechishining turli og‘irlik darajalarida hujayraviy immun javob o‘zgarishlarmi o‘rganish va prognostic qiymatini baholangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Rekonvalessentlar qon zardobi tarkibidagi anti SARS-COV-2 IgG darajasi bemorning yoshi, jinsi, kasallikning og‘irligiga to‘g‘ri va rekonvalessensiya muddatiga esa teskari bogiiq (X2=23,332, nisbiy imkoniyat N1=4 6857, r=0,001, modelning aniqligi 76,74%) ekanligi aniqlandi shu asosda rekonvalesentlaming qon zardobida anti- SARS-COV-2 ning to‘liq yo‘qolish muddatlarini oldindan bashoratlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand viloyati OITSga qarshi kurashish markaziga buyruq (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 yanvardagi 8n-r/69-son ma’lumotnomasi 7 U- sonli 2021 – yil, 11 oktyabr) bilan markaz va uning hududiy filiallarida amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: klinik amaliyotda patsientlar gumoral va hujayraviy immunitet ko‘rsatkichlari tahlili kasallik kechishining og‘irlik darajasini oldindan aniqlash prognostik noxush holatlar mavjudligida immunoterapevtik vosita sifatida davolash tadbirlari majmuasidan iborat bo‘lgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ushbu band nazariy ahamiyatga ega va olingan natijalar ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalarda aks etgan. Xulosa: IgM, IgG va IgM sinfiga mansub antitanalar COVID-19 bemorlarda kasallik boshlanishining dastlabki 10 kunligida turli og‘irlik darajasida o‘rganilgan va kasallik kechishining og‘irlik darajasi oshishiga mutanosib ravishda, yuqori titrdagi antitanalar chastotasi oshishi aniqlangan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: COVID-19 ni "Onlayn patronaj orqali aniqlash tartibi va ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar algoritmi ishlab chiqildi. Shu bilan tibbiy xodimlarning kasallanishi kamayishiga erishilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: COVID-19 munosabati bilan taqdim etilgan tibbiy xizmatning jamoat salomatligi nuqtai-nazaridan tashkillashtirilishi, integrativ tabiati va standartligining ta’minlanganligi hamda raqamli texnologiya imkoniyatlaridan samarali foydalanishi tashkiliy echimini topish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand viloyati sanitariya - epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi buyruq (151 U -sonli 2021 yil, 18 oktyabr`) bilan markaz va uning hududiy bo‘limlarida amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: virusning tarqalishini sekinlashtirish va to‘xtatishga, barcha bemorlar uchun maqbul yordamni ta’minlashga, epidemiyaning sog‘liqni saqlash tizimlari, ijtimoiy xizmatlar va iqtisodiy faoliyatga salbiy ta’sirini kamaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mexnat unumdorligining oshishi, milliy daromad ko‘payishi, vositalardan unumli foydalanish va ishlab chiqarishni rivojlantirish kabilarda o‘z ifodasini topadi. Xulosa: Tibbiy xodimlarda taqqoslanayotgan guruhlardagiga qaraganda COVID-19 ning og‘ir kechishi, guruhlar o‘rtasidagi infeksiyaning yuqish sharoitlaridagi o‘ziga xoslik (tafovut) bilan izohlangan. "Onlayn patronaj" orqali tibbiy xodimlarining infeksiya yuqtirib olish xafi kamaydi. Mexnat unumdorligi oshgan. "COVID-19 ning klinik-immunalogik xususiyatlari va tibbiy yordam taqdim etilishining tashkiliy tamoyillari (Samarqand viloyati misolida)" mavzusida ilmiy yangiliklami boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish natijasida 1949 400 mln so‘m byudjet mablaglaridan tejalgan. Ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida har bir nafar bemor hisobiga davlat byudjeti hisobidan 114,300 ming so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 42.500 so‘m iqtisod qilingan.