Nayimova Nilufar Salimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuxumdon erta etishmovchiligi diagnostikasining zamonaviy jihatlari va ularni tuzatish usullari» 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2051.
Ilmiy rahbar: Karimova Nilufar Nabijonovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasanomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: To‘qsanova Dilbar Ismatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gaffarova Feruza Axrorovna, tibbiyot fanlari, doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tuxumdon erta etishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf guruhlarini, uning shakllanishining ba’zi mexanizmlarini aniqlash va ular asosida davolash, reabilitatsiyaning asosiy yo‘nalishlarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tuxumdon erta etishmovchiligi rivojlanishi sabablari baholanib, jarrohlik amaliyoti o‘tkazmagan ayollarda nasliy va stress omillari, jarrohlik aralashuvi o‘tkazgan ayollarda esa laparatomik usul, elektrokoagulyasiyaning qo‘llanilishi ovarial zaxiraning pasayishiga olib keluvchi asosiy xavf omili ekanligi asoslangan;
tuxumdon erta etishmovchiligi mavjud ayollarda estrogen ishlab chiqarishi buzilishida aromataza fermenti miqdori va faolligi, sitoxrom R450 miqdori pasayishi aniqlangan va bu markerlar ahamiyati ovarial zaxira bashoratchilari sanalgan follikulostimulovchi gormon, ingibin V, Antimyuller gormonga nisbatan diagnostik jihatdan yuqori ekanligi isbotlangan;
tuxumdon erta etishmovchiligi mavjud ayollarda somatik kasalliklar turiga qarab follikulostimulovchi gormon miqdorining oshganligi, aromataza fermenti, ingibin V ko‘rsatkichlarning ishonchli pasayganligi, ayniqsa Antimyuller gormon miqdorining tana vazni oshishi bilan ishonchli pasayib borishi isbotlangan;
olingan natijalar asosida tuxumdon erta etishmovchiligi mavjud ayollarni olib borish va ularning hayot sifatini oshirish maqsadida reabilitatsion muolajalarni mukammalashtirish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2024 yil 8 yanvardagi №24-Z/003 son xulosasiga ko‘ra;
birinchi ilmiy yangilik: tuxumdon erta etishmovchiligi rivojlanishi sabablari baholanib, jarrohlik amaliyoti o‘tkazmagan ayollarda nasliy va stress omillari, jarrohlik aralashuvi o‘tkazgan ayollarda esa laparatomik usul, elektrokoagulyasiyaning qo‘llanilishi ovarial zaxiraning pasayishiga olib keluvchi asosiy xavf omillari ekanligi asoslangan va Vobkent tuman tibbiyot birlashmasida 08.04.2023 yildagi 12-sonli, Buxoro shahar 1 son tug‘ruqxona kompleksida 06.04.2023 yildagi 8-sonli, hamda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida 02.04.2023 yildagi 19-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operativ aralashuvlarda laparatomik usul, koagulyasiyaning ishlatilishi ovarial zaxiraning pasayishiga va aralashuvlar o‘tkazilmaganlarda esa nasliy omil, stress tuxumdon erta etishmovchiligi shakllanishiga olib keluvchi asosiy sabablar ekanligi aniqlanganligini inobatga olinishi, bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:operativ aralashuvlarda laparatomik usul, koagulyasiyaning ishlatilishi ovarial zaxiraning pasayishiga va aralashuvlar o‘tkazilmaganlarda esa nasliy omil, stress tuxumdon erta etishmovchiligi shakllanishiga olib keluvchi asosiy sabablar ekanligi aniqlangan, bu o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, kasallik asoratlarini oldini olishga hamda bemorlarga sarflanadigan xarajatlarini 1 758000 so‘mga kamaytirishga erishildi.
Xulosa: Tuxumdonda operativ aralashuvlar o‘tkazilgan va o‘tkazilmagan ayollar orasida tuxumdon erta etishmovchiligi rivojlanishining asosiy xavf omillari aniklanishi asosida va ularning yordamchi reproduktiv texnologiyalarga murojatlarini oldi olinishi hisobidan 350000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: tuxumdon erta etishmovchiligi mavjud ayollarda estrogen ishlab chiqarishi buzilishida aromataza fermenti, sitoxrom R450 miqdori, hamda aromataza fermenti faolligining pasayganligi aniqlangan va ovarial zaxira bashoratchilari – aromataza fermenti, follikulostimulovchi gormon, ingibin V antimyuller gormonga nisbatan diagnostik ahamiyati yuqori ekanligi isbotlandi. Diagnostik markyorlar Vobkent tuman tibbiyot birlashmasida 08.04.2023 yildagi 12-sonli, Buxoro shahar 1 son tug‘ruqxona kompleksida 06.04.2023 yildagi 8-sonli, hamda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida 02.04.2023 yildagi 19-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tuxumdon erta etishmovchiligi mavjud ayollarda estrogen ishlab chiqarishi buzilishida aromataza fermenti, aromataza fermenti faolligi, sitoxrom R450 miqdorining pasayganligi aniqlangan va ovarial zaxira bashoratchilari aromataza fermenti FSG, ingibin V, AMGga nisbatan diagnostik ahamiyati yuqori ekanligi isbotlanganligini hisobga olinishi rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:tuxumdon erta etishmovchiligi mavjud ayollarda estrogen ishlab chiqarishi buzilishida aromataza fermenti, aromataza fermenti faolligi, sitoxrom R450 miqdorining pasayganligi aniqlangan va ovarial zaxira bashoratchilari aromataza fermenti, FSG, ingibin V, AMGga nisbatan diagnostik ahamiyati yuqori ekanligi isbotlanganligi: bemorning poliklinikaga tashriflarini o‘rtacha 3 kunga qisqartirib, to‘lov miqdorini 300000 so‘mga kamaytirgan (Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining preyskurantiga ko‘ra qabulxonadagi qamrovli ko‘ruv 1 kunga o‘rtacha 100.000 so‘mni tashkil qiladi); qamrovli ko‘ruvlar sonining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 120 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: tavsiya etilgan diagnostik markyorlar bir nafar ayol hisobiga 300000 so‘m mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: tuxumdon erta etishmovchiligi mavjud ayollarda somatik kasalliklar turiga qarab follikulostimulovchi gormon miqdorining oshganligi, aromataza fermenti, ingibin V ko‘rsatkichlarning ishonchli pasayganligi, ayniqsa antimyuller gormon miqdorining tana vazni oshishi bilan ishonchli pasayib borishi aniqlangan va Vobkent tuman tibbiyot birlashmasida 08.04.2023 yildagi 12-sonli, Buxoro shahar 1 son tug‘ruqxona kompleksida 06.04.2023 yildagi 8-sonli, hamda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida 02.04.2023 yildagi 19-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (08.04.2023 y.; № 12) Buxoro shahar 1 son tug‘ruqxona kompleksi bo‘yicha buyruq (06.04.2023 y.; № 8) hamda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (02.04.2023 y.; № 19)bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tuxumdon erta etishmovchiligi mavjud ayollarda somatik kasalliklar turiga qarab ovarial zaxira ko‘rsatkichlarning o‘ziga xos o‘zgarishlari va AMGmiqdorining esa tana vazni oshishi bilan pasayib borishi aniqlanganligi o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning kamaytirish hisobiga ijtimoiy samaradorlikni oshirish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tuxumdon erta etishmovchiligi mavjud ayollarda somatik kasalliklar turiga qarab ovarial zaxira ko‘rsatkichlarning o‘ziga xos o‘zgarishlari va AMG miqdorining esa tana vazni oshishi bilan pasayib borishi aniqlanganligi:bemorningpoliklinikaga tashriflarini o‘rtacha 3 kunga qisqartirib, to‘lov miqdorini 300 000 so‘mga kamaytirgan (Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining preyskurantiga ko‘ra qabulxonadagi qamrovli ko‘ruv 1 kunga o‘rtacha100.000 so‘mni tashkil qiladi); qamrovli ko‘ruvlar sonining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan ( 1 kunga o‘rtacha 120 000 so‘m dori vositalari sarflanadi);
Xulosa: bemorning poliklinikaga tashriflarini o‘rtacha 3 kunga qisqartirib, to‘lov miqdorini 300 000 so‘mga kamaytirgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: olingan natijalar asosida tuxumdon erta etishmovchiligi mavjud ayollarni olib borish va ularning hayot sifatini oshirish maqsadida reabilitatsion muolajalarni mukammalashtirish algoritmi ishlab chiqilgan, bu o‘z navbatida, asoratlar rivojlanishi omilini kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtirilgan va Vobkent tuman tibbiyot birlashmasida 08.04.2023 yildagi 12-sonli, Buxoro shahar 1 son tug‘ruqxona kompleksida 06.04.2023 yildagi 8-sonli, hamda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida 02.04.2023 yildagi 19-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tuxumdon erta etishmovchiligi mavjud ayollarni olib borish va ularning ijtimoiy moslashuvini oshirish maqsadida reabilitatsion muolajalarni mukammalashtirish algoritmi ishlab chiqilgan bo‘lib, ular o‘z navbatida, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tuxumdon erta etishmovchiligi mavjud ayollarni olib borish va ularning ijtimoiy moslashuvini oshirish maqsadida reabilitatsion muolajalarni mukammalashtirish algoritmi ishlab chiqilganligi rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish hisobiga bemorning poliklinikaga tashriflarini o‘rtacha 3,0 kunga qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 758 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 350000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Xulosa: Tuxumdon erta etishmovchiligi mavjud ayollarni reabilitatsion muolajalarni mukammalashtirish algoritmi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning davolanish jarayoni amaliyotiga joriy qilinishi yordamchi reproduktiv texnologiyalarni bajarmaslik hisobiga 1 758 000 so‘m sarf xarajatlar mablag‘larini tejash imkonini bergan.