G‘aybullaeva Madina Furqatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “No‘xat navlarini o‘sishi, rivojlanishi va don hosildorligiga urug‘larni ekish muddatlari va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlarining ta’siri (Farg‘ona viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Qx.351.
Ilmiy rahbar: Nazarov Mamadali, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universeti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy−tadqiqot instituti, PhD.05/31.03.2023.Qx.159.01.
Rasmiy opponentlar: Bobomirzaev Pirnazar Xursanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mirsharipova Guljaxon Kamalovna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida no‘xat ekinidan yuqori va sifatli hosil etishtirishda maqbul ekish muddatlari va ekish muddatlariga bog‘liq holda mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan talabini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
navlaridan yuqori va sifatli hosil etishtirishda maqbul ekish muddatlari va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlari ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan;
No‘xat navlari urug‘larini 1-mart muddatida ekish 15-fevral muddatida ekilganga nisbatan ko‘chatlarni unib chiqishini 26,6-27,3 dona/pm, amal davri oxirida xaqiqiy ko‘chat qalinligini 28,6-29,1 dona/pm ga, 15-mart muddatida ekilganga nisbatan 6,0-6,7 dona/pm gacha, amal davri oxirida xaqiqiy ko‘chat qalinligini 6,9-7,2 dona/pm gacha yuqori bo‘lishi aniqlangan;
No‘xat navlarining ildiz tizimida yuqori miqdorda Rhizobium tugunak bakteriyalarning rivojlanishi urug‘lar 1-mart muddatida ekilib, o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlarning N45P90K60 kg/ga me’yorlari qo‘llanilganda kuzatilib, urug‘lar 15-fevral va 15-mart muddatlarida ekilib, ma’danli o‘g‘itlarning turli me’yorlari qo‘llanilganga nisbatan 13,5-14,8 dona/tup gacha yuqori bo‘lishi isbotlangan;
No‘xat navlari urug‘larini 1-mart muddatida ekish 15-fevral va 15-mart muddatlarida ekishga nisbatan poya balandligi 1000 dona don vazni 39,0-50,0 g gacha, don hosili 4,3-4,9 s/ga gacha yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida no‘xat navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda maqbul ekish muddati va ma’danli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
donchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun «Farg‘ona viloyati sharoitida no‘xat etishtirish texnologiyasi» nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 21-avgustdagi 07/34-05/4166–son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma bugungi kunda fermer xo‘jaliklarida no‘xatning “Zumrad” va “Polvon” navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda muhim ko‘rsatma bo‘lib xizmat qilmoqda;
no‘xatning “Zumrad” va “Polvon” navlarini ekish muddatlari va ma’danli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlari ishlab chiqarish sharoitida Farg‘ona tumanida joylashgan “Chimyon Shuxrati” fermer xo‘jaligida 3,3 gektar, “Yuqori archa o‘rikzor” fermer xo‘jaligida 4,0 gektar, “Sodiqjon-Sohibjon” fermer xo‘jaligida 3,4 gektar, “Paxtaboy agro invest” fermer xo‘jaligida 3,6 gektar, “Shukurov Abduvohid zamini” fermer xo‘jaligida 4,5 gektar, “Chimyon bo‘stoni” fermer xo‘jaligida 4,4 gektar, “Mindon Kamolboyvachcha” fermer xo‘jaligida 3,5 gektar, “Mamajonziyo-Javohirbek” fermer xo‘jaligida 3,7 gektar, “Nishonboy” fermer xo‘jaligida 3,4 gektar, “Maxkamboy-Jaxongir” fermer xo‘jaligida 3,8 gektar, “Fayzli Nematjon” fermer xo‘jaligida 4,0 gektar, tuman bo‘yicha jami 41,6 gektar maydonga joriy qilingan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 21 avgustdagi 07/34-05/4166–son ma’lumotnomasi). Natijada no‘xat navlari urug‘larni 1-mart muddatida ekib, o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlarning N45P90K60 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirilgan maydonlardan yuqori samaradorlikka erishilgan;
no‘xatning “Zumrad” va “Polvon” navlari urug‘lari 1-mart muddatida ekilib, o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlarning N45P90K60 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirish texnologiyasi Farg‘ona tumaniga joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 21 avgustdagi 07/34-05/4166–son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash hisobida har gektar maydondan “Zumrad” navida 27,3 s/ga, “Polvon” navida 28,1 s/ga don hosili etishtirilganligi aniqlanib, “Zumrad” navidan 142,5%, “Polvon” navidan 154,3% rentabellikka erishilgan.