Raxmanova Laylo Abduraxmanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Toshkent vohasi mayda kavsh qaytaruvchi hayvonlarining gelmintlar faunasi va uning shakllanish yo‘llari», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/B740.
Ilmiy rahbar: Akramova Firuza Djalaliddinovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.B.05.06.
Rasmiy opponentlar: Dadaev Saydulla, biologiya fanlari doktori, professor; Kojevnikova Alevtina Grigorevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent vohasi mayda kavsh qaytaruvchi hayvonlar gelmintlarining turlar xilma-xilligini aniqlash va gelmintlar faunasining shakllanish yo‘llarini ochib berish hamda gelmintlar sonini boshqarishining nazariy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent vohasi mayda kavsh qaytaruvchi hayvonlar gelmintlarining zamonaviy turlar xilma-xilligi 50 tur: Cestoda – 9 tur, Trematoda – 7 tur va Nematoda sinflari vakillari – 34 turdan iborat bolib ekanligi aniqlangan;
gelmintlar faunasining asosini 34 tur nematodalar tashkil etib, ulardan 26 turi monoksen va 8 turi geteroksen guruhlariga tegishli ekanligi aniqlangan;
muayyan tabiiy-ekologik sharoitda gelmintlar va xo‘jayinlarining biosenotik munosabatlariga bog‘liq holatda tadqiq etilgan vohada kavsh qaytaruvchi hayvonlar gelmintlari faunasining shakllanish yo‘llari ochib berilgan;
taksonomik jihatdan kavsh qaytaruvchi hayvonlarda aniqlangan gelmint turlari 30 avlod va 11 oilaga mansubligi asoslangan;
Toshkent vohasi mayda kavsh qaytaruvchi hayvonlar gelmintlari geteroksen shakllarining hayot sikllarida qator umurtqasizlar ishtirokida amalga oshishi asoslangan;
gelmintlar vertikal kengliklar bo‘yicha landshaftlarda tarqalishi xususiyatlari tahlil etilgan va parazitlarning eng boy faunasi (43 turdan iborat) tekislik hududiga to‘g‘ri kelishi ekanligi aniqlangan;
qo‘y va echkilar gelmintozlari profilaktikasining ekologik va epizootologik yollari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent vohasi mayda kavsh qaytaruvchi hayvonlarning gelmintlar faunasi va uning shakllanish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mayda kavsh qaytaruvchi hayvonlarning gelmintlar faunasi va uning shakllanish yo‘llariga oid olingan ilmiy natijalar oliy o‘quv yurtlari biologiya va ekologiya yonalishlari talabalari uchun ishlab chiqilgan “Biologiya asoslari (Zoologiya) fanidan amaliy mashg‘ulotlar” o‘quv qo‘llanmasiga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 4 oktyabrdagi 02/01-01-48-son ma’lumotnomasi; Guvohnoma, №531-087) Natijada, talabalarga gelmintologik tadqiqotlar bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoni yaratilgan va ta’lim sifatini oshirish imkonini bergan;
mayda kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oshqozon-ichak tizimida keng tarqalgan strongilidozlariga qarshi MS-Albanzen 10% Oral suspenziya (Hindiston) preparatlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Toshkent viloyatining Oxangaron, Bo‘stonliq va Parkent tumanlaridagi fermer xo‘jaliklari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 7 oktyabrdagi 04/23-2051-son ma’lumotnomasi). Natijada, mayda kavsh qaytaruvchi hayvonlarning strongilidozlarini oldini olish tadbirlari o‘tkazishning maqbul muddatlari tavsiya etilgan va parazit nematodalar bilan zararlanish havfini kamaytirish imkonini bergan.