Salixov Farid Saloxiddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shimoliy Pomirning kechki paleozoy va erta mezozoy vulkanogen-cho‘kindi hosilalarining lito- va ma’dan genezisi», 04.00.01 – Umumiy va mintaqaviy geologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Ilmiy maslahatchi: Saidov Mirzo Suxbatulloevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Tojikiston Respublikasi Geodeziya va erni boshqarish davlat qo‘mitasining ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.24/30.10.2020.GM.125.01.
Rasmiy opponentlar: Mirkamalov Rustam Xamzaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Shoymurotov To‘ychi Xalikulovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Pirnazarov Majid Maxkamovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shimoliy Pomir perm - trias majmuasining vulkanogen-cho‘kindi yotqiziqlarida lito- va ma’dan genezisini ilmiy jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
cho‘kindi, vulkanogen-cho‘kindi va infil`tratsion (epigenetik) kelib chiqish tabiatiga ega bo‘lgan foydali qazilmalarning hosil bo‘lish sharoitlari va tarqalish qonuniyatlari aniqlangan;
birinchi marta Qirg‘iziston Respublikasi (Oloyorti tizmasi) xududida perm-trias yoshidagi xamtarmin svitsi yotqiziqlarida misning stratimorf namoyonlarining fatsial-paleogeografik hosil bo‘lish sharoiti va qidiruv omillari aniqlangan;
o‘rta-kechki perm va o‘rta-kechki triasga xos bo‘lgan vulqon faolligining yuqori darajaligi, cho‘kindi to‘planishining ketma-ketligi va oraliq su’rati yuqoriligi bilan tavsiflangan,  oddiy va an’anaviy qurilmalardan butunlay farqlanuvchi vulkanogen-cho‘kindi jarayonida mis to‘planishining modeli ishlab chiqilgan;
birinchi marta yuqori perm yotqiziqlarining (kaftarmol svitasi) ko‘mirdorlik belgilari aniqlangan va triasda (zyuryuzamin svitasi) ko‘mir to‘planish qonuniyatlari asoslangan;
kechki perm yoshidagi shakarsev svitasida tuz- va gips to‘planish sharoitlari aniqlangan;
birinchi marta iollixar turkumidagi tufogen jinslarining seolitdorligi aniqlangan va seolitning tabiiy sorbentlarini sanoatda qo‘llash istiqbollari baholangan;
zyuryuzamin svitasining vulqon jinslari va tuflarida dekorativ kvars-xal`sedon hosilalari va daraxt bo‘yicha psevdomorflari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shimoliy Pomirning kechki paleozoy va erta mezozoy vulkanogen-cho‘kindi hosilalarining lito- va ma’dan genezisi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Shimoliy Pomirning perm va trias davridagi turli darajadagi stratigrafik birliklarning tarkibi, chegaralari va hajmlari Tojikiston Respublikasi Geologiya Bosh boshqarmasi amaliyotiga joriy qilingan (Tojikiston Respublikasi Geologiya Bosh boshqarmasining 2023 yil 23 oktyabrdagi 12-981-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, geologik xaritalash ishlarida aniqlangan yangi startigrafik birliklarni qo‘llash imkoni yaratilgan;
asosiy metallogenik davrlarda aniqlangan: perm uchun - mis, seolitlar, gips, tosh tuzi, barit, selestin, ko‘mir, trias uchun - ko‘mir, kaolin gillari, dekorativ toshlar, temir ma’danlarining istiqbolli turlari Tojikiston Respublikasi Geologiya Bosh boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (Tojikiston Respublikasi Geologiya Bosh boshqarmasining 2023 yil 23 oktyabrdagi 12-981-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu hududda ko‘rsatilgan foydali qazilmalar uchun geologik qidiruv va razvedka ishlarini samarali rejalashtirish imkonini bergan;
perm-trias yotqiziqlarining minerageniyasi va geokimyosi Tojikiston Respublikasi Geologiya Bosh boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan  (Tojikiston Respublikasi Geologiya Bosh boshqarmasining 2023 yil 23 oktyabrdagi 12-981-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bashoratli metallogenik, qidiruv va razvedka ishlari uchun birinchi galdagi ob’ektlarni aniqlash jarayoniga jalb etish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish