Seytbaev Rauaj Sarsenbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston sharoitida kungaboqarni oddiy va murakkab duragaylashdan qurg‘oqchilikka bardoshli boshlang‘ich ashyolarni yaratish”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Qx408.
Ilmiy rahbar: Aytjanov Baxı’tjan Uzakbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/29.08.2023.Qx.172.01.
Rasmiy opponentlar: Juraev Diyor Turdiqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Lukov Mamadali Kudratovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston sharoitida kungaboqarni oddiy va murakkab chatishtirishdan olingan duragay avlodlarining tahlillari asosida ertapishar, serhosil va moydorligi yuqori belgilarini mujassamlashtirgan suv tanqisligiga bardoshli boshlang‘ich ashyolar yaratish va amaliy seleksiya ishlariga tavsiya etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kungaboqarning turli sug‘orish sxemasida oddiy va murakkab duragaylarni morfo-fiziologik va asosiy qimmatli-xo‘jalik belgilarining irsiylanishi va o‘zgaruvchanligi aniqlangan;
suv tanqisligi sharoitida kungaboqar duragay o‘simliklari barglaridagi umumiy suv miqdori, suv ushlash xususiyati, transpiratsiya jadalligi, barg og‘izchalar soni, barglar yuzasining sathi va umumiy ildiz vazni kabi belgilarning fiziologik moslashuvchanligi isbotlangan;
kungaboqarni oddiy va murakkab duragaylash uslublari asosida yaratilgan yangi boshlang‘ich ashyolarining ildiz vazni bilan mahsuldorlik, o‘simliklar bo‘yi, savatchalar diametri va umumiy barglar sathi belgilarining orasidagi hamda urug‘larning moydorligi bilan savatchalar diametri va umumiy barglar sathi belgilari orasidagi korrelyasion bog‘liqliklari aniqlangan va belgilarning genetik o‘zgaruvchanligiga ega yuqori avlod duragaylari ajratib olingan;
izlanishlar asosida ajratib olingan tezpisharlik, mahsuldorlik va moydorlik belgilari mujassamlashgan oddiy duragaylardan G‘3 (S-Alstor x KK-1) va G‘3 (Sor Gollips x KK-1) oilalari, murakkab duragaylardan G‘3 [G‘1(Jant lower x KK-1) x (G‘1(Ak-12/95 x KK-1)] va G‘3 [G‘1(Sor Gollips x KK-1) x (G‘1(Tels x KK-1)] oilalaridan o‘simliklar bo‘yi 136 santimetrgacha, barglar soni 34 tadan ko‘p, moydorligi 52 foizdan yuqori tezpisharligi 70 kungacha bo‘lgan yangi oilalar amaliy seleksiyada boshlang‘ich ashyo sifatida tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kungaboqarning mahalliy va xorijiy navlarini oddiy va murakkab chatishtirish orqali olingan duragaylarni umumiy suv miqdori bilan optimal ta’minlanganlik hamda modellashtirilgan qurg‘oqchilik muhitlarda o‘rganib, qurg‘oqchilikka bardoshli yangi seleksion ashyo yaratishdagi ahamiyati bo‘yicha olingan natijalar asosida:
suv miqdori optimal taʼminlanganlik va modellashtirilgan qurg‘oqchilik muhitlarda olib borilgan tadqiqotlar asosida qurg‘oqchilikka bardoshli yangi seleksion ashyolar yaratilgan hamda Qoraqalpog‘iston dehqonchilik institutining tajriba xo‘jaligida 1,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 15 maydagi 01/01-1745-sonli ma’lumotnomasi). Natijada murakkab duragay o‘simliklarda moydorligi oddiy duragaylarga nisbatan ijobiy holatda, ya’ni 3 ta murakkab duragaylarda 53 foizdan yuqori F2 [F1(Jant lower x KK-1) x F1 (Ak-12/95 x KK-1)] kombinatsiyasida 19,6 foiz, F2 [F1(S-NS-H-2011g. x KK-1) x F1 (S-Al’stor x KK-1)] duragayda 10,3 foiz hamda F2 [F1(Sor Gollips x KK-1) x F1(Tel’s x KK-1)] duragay avlodda 17,5 foiz o‘simliklar tanlab olingan;
kungaboqarni murakkab duragaylashdan olingan suv tanqisligi sharoitida serhosil, yangi irsiy asosga ega genotiplar Qoraqalpog‘iston dehqonchilik institutining tajriba xo‘jaligida 0,5 gektar maydonda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 15 maydagi 01/01-1745-sonli ma’lumotnomasi). Natijada noyob avlodlardan tezpishar, mahsuldor va yuqori moydor tizmalar genetik-seleksion tadqiqotlarda boshlang‘ich manbalar sifatida yangi nav yaratishda foydalanilmoqda;
kungaboqarni mahalliy va xorijiy navlarini oddiy va murakkab chatishtirishdan yangi seleksion ashyolar yaratilgan va Qoraqalpog‘iston dehqonchilik institutining tajriba xo‘jaligida 1,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 15 maydagi 01/01-1745-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oddiy duragaylardan F3 (S-Alstor x KK-1) va F3 (Sor Gollips x KK-1) oilalari, murakkab duragaylardan esa F3[F1(Jant lower x KK-1) x (F1(Ak-12/95 x KK-1)] va F3 [F1(Sor Gollips x KK-1) x (F1(Tels x KK-1)] oilalaridan o‘simliklar bo‘yi 136 santimetrgacha, barglar soni 34 tadan ko‘p, ildiz vazni va mahsuldorligi ijobiy, moydorligi 52 foizdan yuqori tezpisharligi 75 kungacha bo‘lgan yangi oilalar seleksionerlar uchun boshlang‘ich ashyo sifatida tavsiya etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish