Xudaynazarova Nilufar Eshmuratovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tuxum yo‘nalishidagi tovuqlar postnatal ontogenezida oyoq suyaklarining morfologik va mexanik-kimyoviy xususiyatlari”, 16.00.02 - Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/V95
Ilmiy rahbar: Dilmurodov Nasriddin Babakulovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Daminov Asadullo Suvonovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Tursagatov Jaxongir Mamatovich, veterinariya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tuxum yo‘nalishidagi tovuqlar postnatal ontogenezining turli fiziologik bosqichlarida oldingi (qanot) va orqa oyoq suyaklarining makroanatomik, mikroanatomik o‘lchamlari, kimyoviy tarkibi hamda mexanik ko‘rsatkichlarining o‘zgarish dinamikasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tuxum yo‘nalishidagi tovuqlar oldingi (qanot) va orqa oyoq suyaklarining makroanatomik ko‘rsatkichlarini postnatal ontogenezning 168 kunligiga qadar jadal ko‘tarilishi aniqlangan;
tuxum yo‘nalishidagi tovuqlar postnatal ontogenezida oldingi (qanot) va orqa oyoq stilopodiy suyaklarining mikroanatomik ko‘rsatkichlaridagi tafovutlar isbotlangan;
oldingi (qanot) va orqa oyoq suyaklari makro- va mikroanatomik o‘lchamlarining o‘sish koeffisienti tovuqlar postnatal rivojlanishining 168 kunligiga qadar yuqori bo‘lishi aniqlangan;
tuxum yo‘nalishidagi tovuqlar stilopodiy suyaklari tarkibidagi kul, umumiy organik modda, Sa, R, Mg, Fe, Na, K, Al, Zn, Mn miqdorining o‘zgarish xususiyatlari asoslangan;
stilopodiy suyaklarini sindiruvchi maksimal kuch hamda mustahkamlik chegarasi tuxum yo‘nalishidagi tovuqlar postnatal ontogenezining dastlabki bosqichlarida yuqoriligi aniqlangan;
tuxum yo‘nalishidagi tovuqlar oldingi (qanot) va orqa oyoq suyaklarining makro-mikroanatomik, kimyoviy va mexanik ko‘rsatkichlarini postnatal ontogenezning turli bosqichlarida o‘zgarish xususiyatlari bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tuxum yo‘nalishidagi tovuqlar postnatal ontogenezida oyoq suyaklarining morfologik va mexanik-kimyoviy xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarning oyoq suyaklari postnatal morfogenezining xususiyatlari» bo‘yicha metodik tavsiyanoma tasdiqlangan va veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 30 noyabrdagi 02/23-524-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarning qo‘llanilishi natijasida tuxum yo‘nalishidagi parrandalar biologiyasi bo‘yicha mavjud ma’lumotlarni boyitish, tayanch-harakat tizimining postnatal ontogenezdagi rivojlanish qonuniyatlari, ularning morfologik xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan;
ilmiy tadqiqotlar natijasida tuxum yo‘nalishidagi tovuqlar biologiyasi va suyaklarning postnatal taraqqiyotidagi o‘zgarishlarini tadqiq etish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosalar olingan va tadqiqotlarning ushbu xulosalari Veterinariya va chorvachilik sohalarida mutaxassislar tayyorlanayotgan Oliy ta’lim muassasalarida «Hayvonlar anatomiyasi», «Hayvonlar morfologiyasi» fanlarining «parrandalar anatomiyasi» bo‘limini o‘rganishda o‘quv jarayoniga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 30 noyabrdagi 02/23-524-son ma’lumotnomasi). Natijada «parrandalar anatomiyasi» bo‘limi bo‘yicha o‘quv ma’lumotlarini boyitish hamda talabalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga erishilgan;
Tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarning tayanch-harakat tizimidagi morfofunksional o‘zgarishlar hamda ularning postnatal ontogenezdagi turli fiziologik bosqichlarida kechadigan «qaltis» davrlari (16, 120, 168, 280 kunlik) aniqlangan. Olingan natijalar Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumani «Oq saroy» parrandachilik xususiy korxonasiga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 30 noyabrdagi 02/23-524-son ma’lumotnomasi). Natijada parrandalarning postnatal ontogenezdagi turli fiziologik bosqichlarida kechadigan «qaltis» davrlarini hisobga olgan holda oziqlantirishni tashkil etish orqali ularda tuxum mahsuldorligining oshishiga erishilgan.