Ismailov Kamolitdin Saidaxmadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy o‘zbek hujjatli kinosida film-portret janri”, 17.00.03 – Kino san’ati. Televidenie (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/San97.
Ilmiy rahbar: Teshabaev Jo‘ra Teshabaevich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019.San.51.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidova Marfua Azizovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Yuldashev Eldar Sadikovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy hujjatli kinoda portret janri rivojining asosiy yo‘nalishlari va xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek hujjatli kinosida janr va yo‘nalishlarning o‘zaro sintezlashuvi natijasida film-portretlarda modernizm, globallashuv, gibridlashuv kabi tendensiyalar rivoj topgani dalillangan;
filmlarda qahramon obrazini yaratishda aktyorlar ijrosi va rekonstruksiya usulidagi audiovizual ifodaviy vositalardan foydalanilayotgani bois dokudrama janriga xos badiiy uslublar shakllangani asoslangan;
portret filmlardagi tasviriy ifodalarda badiiy kinoga xos yorug‘lik va kompozision echimlar, ramziy metaforik topilmalar aks etayotgani sababli poetik yo‘nalishdagi hujjatli filmlar yuzaga kelgani aniqlangan;
filmlar yaratilishida film-monolog, film-xotira, film-tadqiqot kabi kichik turdagi janrlarning hamda kadr orti matni, kinokuzatish, arxiv materiallari, inssenirovka, kompyuter animatsiyasi kabi usul va vositalarning sintezi jarayonida “eklektika” yo‘nalishidagi eksperimental janrlar rivojlangani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek hujjatli kinosida film-portret janri mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘zbek hujjatli kinosida janr va yo‘nalishlarning o‘zaro sintezlashuvi natijasida film-portretlarda modernizm, globallashuv, gibridlashuv kabi tendensiyalar rivoj topgani dalillangani bilan bog‘liq xulosalardan Respublika “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan ishlangan “Matonat” hamda “Rishton-go‘zallik va qudrat maskani” hujjatli filmlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston kinematografiya agentligi “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi”ning 2019 yil 1 iyuldagi 01-15/151-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-nazariy xulosalar filmlarning ma’naviy-tarbiyaviy xususiyatini oshirishga xizmat qilgan;
filmlar yaratilishida film-monolog, film-xotira, film-tadqiqot kabi kichik turdagi janrlarning hamda kadr orti matni, kinokuzatish, inssenirovka, arxiv materiallari, kompyuter grafikasi kabi usul va vositalarning sintezi jarayonida “eklektika” yo‘nalishidagi eksperimental janrlar rivojlangani asoslangani bilan bog‘liq xulosalardan Respublika “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan ishlangan “Matonat” hamda “Rishton-go‘zallik va qudrat maskani” hujjatli filmlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston kinematografiya agentligi “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi”ning 2022 yil 6 dekabrdagi 01-15/155-son ma’lumotnomasi). Natijalar tasviriy ifodalarning badiiy yaxlitligiga, mavzularni ta’sirli ochib berishiga xizmat qilgan;
portret filmlardagi tasviriy ifodalarda badiiy kinoga xos yorug‘lik va kompozision echimlar, ramziy metaforik topilmalar aks etayotgani sababli poetik yo‘nalishdagi hujjatli filmlar yuzaga kelgani aniqlangani va filmlarda qahramon obrazini yaratishda aktyorlar ijrosi va rekonstruksiya usulidagi audiovizual ifodaviy vositalardan foydalanilayotgani bois dokudrama janriga xos badiiy uslublar shakllangani asoslangani borasida olingan ilmiy natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanali tomonidan ishlangan “Tasmalarda muhrlangan tarix” teleko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda va ko‘rsatuvni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2022 yil 19 apreldagi 06-28-718-son ma’lumotnomasi). Natijalar teleko‘rsatuv mavzusining atroflicha yoritilishiga, tomoshabinlarning tarixiy manbalar va hujjatli filmlar tarixiga oid ma’lumotlar bilan kengroq tanishishiga xizmat qilgan.