Aytbaev Dilshodxuja Temirbaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“O‘zbek tilidagi qo‘shma gaplarda semantik-sintaktik asimmetriya”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Fil615.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Nabieva Dilora Abdulhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03.
Rasmiy opponentlar: Lutfullaeva Durdona Esonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Hakimova Muxayyo Karimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Saparniyozova Muyassar Yuldoshevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida qo‘shma gaplarning shakl va mazmun o‘rtasidagi simmetrik va asimmetrik munosabatlarni aniqlash hamda asimmetrik munosabatning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan lingvistik vositalarni belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turkiy tillarda va, xususan, o‘zbek tilida qo‘shma gaplarning sintaktik aloqaga kirishadigan va sintaktik aloqaga kirishmaydigan shakliy va ko‘p ma’noli mazmuniy tuzilish birliklari aniqlangan;
o‘zbek tilshunosligida munozarali bo‘lgan predikat va uning gap strukturasidagi sintaktik maqomi belgilanib, polipredikativ gaplarning shakli va mazmuni o‘rtasidagi assimmetriklikni belgilashda asos bo‘luvchi modallik, intonatsiya, sintaktik omonimiya, sintaktik polisemiya, sintaktik sinonimiya hamda qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar singari tayanch belgilar aniqlangan;
turkiyshunoslikda va o‘zbek tilshunosligida polipredikativ gaplarning uzvlari aloqasiga ko‘ra zich, yarim zich, va sust aloqali polipredikativlik tasnif asoslari sifatida aniqlanib, uyushiq bo‘lakli, ajratilgan bo‘lakli, nominalizatsiyalashgan birliklar qatnashgan qo‘shma gaplarda hamda turli mazmuniy o‘ramlar qatnashgan qo‘shma gaplarda propozisiyaning ifodalanishi ochib berilgan;
qo‘shma gaplarda diktum va modusning ifodalanishi hamda ularning polipredikativ gaplardagi sintaktik-semantik munosabatlarga, ya’ni qo‘shma gaplarda asimmetrik dualizmning so‘zlovchi intensiyasiga muvofiq yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi dalillangan;
polipredikativ gaplarda semantik-sintaktik asimmetriyaning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi transformatsiya, bo‘laklarning uyushishi, gap tarkibidagi birliklar nominalizatsiyasi, ajratilgan bo‘laklar, sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi o‘ramlari kabi omillar aniqlanib, qo‘shma gaplarda polisemiklik tildagi tejamlilik tamoyili asosida yuzaga kelishi mumkinligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi qo‘shma gaplarda semantik-sintaktik asimmetriya hamda unga olib keluvchi omillarni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turkiy tillarda va, xususan, o‘zbek tilida qo‘shma gaplarning sintaktik aloqaga kirishadigan va sintaktik aloqaga kirishmaydigan shakliy va polisem mazmuniy tuzilish birliklarini aniqlashga qaratilgan amaliy takliflardan va ishning nazariy xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Tadqiqot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali davlat muassasasining 2023-yil 8-avgustdagi 02-03/82-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan nazariy fikrlar turkiy tillarda va, xususan, o‘zbek tilida gap maqomi hamda uning shakliy va mazmuniy tuzilish birliklarini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar haqida asosli va tizimli xulosalar chiqarishga yordam bergan;
o‘zbek tilshunosligida munozarali bo‘lgan predikat va uning gap strukturasidagi sintaktik maqomi belgilanib, polipredikativ gaplarning shakli va mazmuni o‘rtasidagi assimmetriklikni belgilashda asos bo‘luvchi modallik, intonatsiya, sintaktik omonimiya, sintaktik polisemiya, sintaktik sinonimiya hamda qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar singari tayanch belgilar aniqlanganligi, turkiyshunoslikda va o‘zbek tilshunosligida polipredikativ gaplarning uzvlari aloqasiga ko‘ra zich, yarim zich, va sust aloqali polipredikativlik tasnif asoslari sifatida aniqlanib, uyushiq bo‘lakli, ajratilgan bo‘lakli, nominalizatsiyalashgan birliklar qatnashgan qo‘shma gaplarda hamda turli mazmuniy o‘ramlar qatnashgan qo‘shma gaplarda propozisiyaning ifodalanishi bo‘yicha berilgan xulosa va takliflardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan 2017–2022-yillarda olib borilgan F3-2016-0908165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfavit va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 29-avgustdagi 04-02/3-824-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan nazariy fikrlar polipredikativ gaplarning sintaktik sistemadagi o‘rnini aniqlashda va ularni tasniflashda asosli hamda tizimli xulosalar chiqarishga yordam bergan;
qo‘shma gaplarda diktum va modusning ifodalanishi hamda ularning polipredikativ gaplardagi sintaktik-semantik munosabatlarga, ya’ni qo‘shma gaplarda asimmetrik dualizmning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishiga qaratilgan amaliy takliflardan va ishning nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2012–2016-yillarda olib borilgan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” va 2012–2014-yillarda olib borilgan FA-F1-G007 raqamli “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzularidagi fundamental loyihalarni amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiysi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 08-avgustdagi 347/1 va 346/1-son ma’lumotnomalari). Natijada mazkur tadqiqotlar qo‘shma gaplarda diktum va modusning ifodalanishi hamda ularning polipredikativ gaplardagi sintaktik-semantik munosabatlar, ya’ni qo‘shma gaplarda asimmetrik dualizmning yuzaga chiqishini yaratishga, qo‘shma gaplarda semantik-sintaktik asimmetriya, asimmetriyaga olib keluvchi shart-sharoitlar xususidagi xulosalar bilan boyigan;
polipredikativ gaplarda semantik-sintaktik asimmetriyaning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi transformatsiya, bo‘laklarning uyushishi, gap tarkibidagi birliklar nominalizatsiyasi, ajratilgan bo‘laklar, sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi o‘ramlari kabi omillar aniqlanib, qo‘shma gaplarda polisemiklik tildagi tejamlilik tamoyili asosida yuzaga kelishi mumkinligi dalillanganligi bo‘yicha berilgan xulosa va takliflardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan 2012–2016-yillarda olib borilgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili va adabiyoti, ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda qoraqalpoq tilini o‘qitishda uzviylikni va uzlyuksizlikni ta’minlashning ilmiy-metodik asoslari” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 29-avgustdagi 04-02/3-824-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha polipredikativ gaplarda semantik-sintaktik asimmetriyaning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi omillar aniqlanishi va bunda tildagi tejamkorlik tamoyilining mavqeyi belgilanishi xususidagi asosli xulosalar bilan boyigan;
turkiy tillarda va, xususan, o‘zbek tilida qo‘shma gaplarning sintaktik aloqaga kirishadigan va sintaktik aloqaga kirishmaydigan shakliy va polisem mazmuniy tuzilish birliklarini aniqlashga qaratilgan amaliy takliflardan va ishning nazariy xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan 2022–2023-yillarda bajarilgan “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elekrton platformasini yaratish” mavzusidagi va 2022–2023-yillarda olib borilgan “Kimyo atamalari izohli lug‘atini yaratish” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 25-avgustdagi 868-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan nazariy fikrlar polipredikativ gaplarda propozisiyaning ifodalanishi, polipredikativ gaplarda semantik-sintaktik asimmetriyaning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi omillar aniqlanib, bunda tildagi tejamkorlik tamoyilining mavqeyi belgilanishining ochib berilishida, asosli va tizimli xulosalar chiqarishga yordam bergan.