Mavlonov Temur Anvar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jinoyat natijasida etkazilgan mulkiy ziyonni qoplashni takomillashtirish”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Yu564.
Ilmiy rahbar: Kulmatov Sharof Asadovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Radjabova Mavjuda Abdullaevna, yuridik fanlar doktori, professor; Qo‘shaev Nurali Mahmudovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ishni sudga qadar yuritishda jinoyat natijasida etkazilgan moddiy zararning qoplanishini ta’minlash mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinoyat natijasida etkazilgan moddiy zararning qoplanishini ta’minlashda mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishda Oliy sud, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Milliy gvardiya, Davlat soliq qo‘mitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Markaziy bank, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining elektron axborot tizimlari bilan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi “Boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab yoki xatlab qo‘yilgan mol-mulklarning elektron ma’lumotlar banki” o‘rtasida o‘zaro axborot almashinish tizimini yo‘lga qo‘yilishi lozimligi asoslantirilgan;
gumonlanuvchi va ayblanuvchiga tegishli, uchinchi shaxslarda bo‘lgan mol-mulkka ham, basharti ish bo‘yicha ish yuritish davomida ushbu mulk amalda gumonlanuvchi yoki ayblanuvchiga tegishli deb hisoblashga etarli asoslar bo‘lsa, taqiq solinishi mumkinligi va ushbu mol-mulk keyinchalik fuqaroviy da’voni ta’minlashga qaratilishi mumkinligi asoslantirilgan;
“Boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab yoki xatlab qo‘yilgan mol-mulklarning elektron ma’lumotlar banki”ga mol-mulk xatlanganligi yoki xatlov bekor qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar jinoyat ishlarini yuritishda elektron hujjat almashinuvi jarayonini tartibga solish maqsadida sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi tomonidan tegishliligiga ko‘ra “E-XSUD” axborot tizimi yoki “Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” tizimi orqali kiritilishi lozimligi asoslantirilgan;
mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimini axborot tizimlari orqali yuborishda ushbu hujjatlarning soxtalashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda idoralararo ijrosini ta’minlash maqsadida qaror yoki ajrimning haqiqiyligini tekshirish imkonini beruvchi elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron hujjat shaklida tizimga joylashtirilishi lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishni sudga qadar yuritish bosqichida jinoyat natijasida etkazilgan moddiy zararni qoplashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jinoyat natijasida etkazilgan moddiy zararning qoplanishini ta’minlashda mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishda Oliy sud, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Milliy gvardiya, Davlat soliq qo‘mitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Markaziy bank, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining elektron axborot tizimlari bilan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi “Boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab yoki xatlab qo‘yilgan mol-mulklarning elektron ma’lumotlar banki” o‘rtasida o‘zaro axborot almashinish tizimini yo‘lga qo‘yilishi lozimligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-avgustdagi “Boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab yoki xatlab qo‘yilgan mol-mulklar elektron ma’lumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 468-son qarori bilan tasdiqlangan “Boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab yoki xatlab qo‘yilgan mol-mulklar elektron ma’lumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Nizomning 3-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 23-oktyabrdagi 12-15-96-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan shaxslar tomonidan mol-mulkni xatlash protsessual harakatini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni amalga oshirishda idoralararo ma’lumot almashinish jarayonini tezlashtirish va soddalashtirishga xizmat qilgan;
gumonlanuvchi va ayblanuvchiga tegishli, uchinchi shaxslarda bo‘lgan mol-mulkka ham, basharti ish bo‘yicha ish yuritish davomida ushbu mulk amalda gumonlanuvchi yoki ayblanuvchiga tegishli deb hisoblashga etarli asoslar bo‘lsa, taqiq solinishi mumkinligi va ushbu mol-mulk keyinchalik fuqaroviy da’voni ta’minlashga qaratilishi mumkinligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 23-son qarorining 3-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 10-maydagi 08/313-23-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi gumonlanuvchi yoki ayblanuvchilarning zararni qoplashdan bo‘yin tovlash maqsadida mol-mulklarini o‘zga shaxslarning egaligiga o‘tkazganligi aniqlangan taqdirda, ularni xatlash imkonini yaratdi;
“Boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab yoki xatlab qo‘yilgan mol-mulklarning elektron ma’lumotlar banki”ga mol-mulk xatlanganligi yoki xatlov bekor qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi tomonidan idoralararo elektron hamkorlik orqali tegishliligiga ko‘ra “E-XSUD” axborot tizimi yoki “Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” tizimi orqali kiritilishi lozimligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-avgustdagi “Boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab yoki xatlab qo‘yilgan mol-mulklar elektron ma’lumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 468-son qarori bilan tasdiqlangan “Boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab yoki xatlab qo‘yilgan mol-mulklar elektron ma’lumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandi 3-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 23-oktyabrdagi 12-15-96-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi zararni qoplash amaliyotida idoralararo hamkorlikning mustahkamlanishiga, surishtiruvchi va tergovchi va sudning ortiqcha ovoragarchiliklarini bartaraf etishga xizmat qilgan;
mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimini axborot tizimlari orqali yuborishda uning haqiqiyligini tekshirish imkonini beruvchi elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron hujjat shaklida tizimga joylashtirilishi lozimligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-avgustdagi “Boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab yoki xatlab qo‘yilgan mol-mulklar elektron ma’lumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 468-son qarori bilan tasdiqlangan “Boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab yoki xatlab qo‘yilgan mol-mulklar elektron ma’lumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandi 2-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 23-oktyabrdagi 12-15-96-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi jinoyat natijasida etkazilgan zararning qoplanishini ta’minlash jarayonida hujjatlarni soxtalashtirilishidan muhofazalanish va jinoyat ishlarini yuritishda elektron hujjat almashinuvi jarayonining tartibga solinishiga xizmat qilgan.