Qulbekov Oybek Tursinalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nomusga tegish jinoyatini tergov qilishni takomillashtirish”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Yu606.
Ilmiy rahbar: Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Bazarova Dildora Baxodirovna, yuridik fanlar doktori, professor; Kulmatov Sharof Asadovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nomusga tegish jinoyatlarini tergov qilishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nomusga tegish jinoyati bilan bog‘liq xabarlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv mazkur jinoyatlar o‘ta og‘ir jinoyatlar toifasiga kirganligi, tergovchidan sinchkovlik va mas’uliyat talab qilganligi tufayli faqat tergov bo‘linmalari tomonidan o‘tkazish zarurati asoslantirilgan;
“Og‘ir oqibatlar” deganda, homilador bo‘lish yoki homilaning tushishi, ruhiy holati buzilishi, OIV/OIS yuqishi, jabrlanuvchi tomonidan jinoyatdan himoyalanish usuli oqibatida olingan tan jarohatlari (masalan, ko‘p qavatli binodan, yurib ketayotgan avtomobildan, poezddan sakraganda), jinoyat natijasida jabrlanuvchining o‘zini o‘zi o‘ldirishi kabilar tushunilishi lozimligi asoslantirilgan;
nomusga tegish jinoyati bo‘yicha voyaga etmagan gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini so‘roq qilishda, ish yuzasidan pedagog yoki psixologning zarurligini, dalilni voyaga etmagan protsses vakilidan olishda mutaxassisni jalb qilishga faqat surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud vakolatga ega ekanligi sababli pedagog va (yoki) psixologning ishtirokini ta’minlash jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning zimmasiga yuklatilishi zarurligi asoslantirilgan;
nomusga tegish jinoyati bo‘yicha jabrlanuvchini ojiz ahvolga solish uchun ayblanuvchi tomonidan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop, kuchli ta’sir etuvchi, zaharli yoki odamning aql-idrokiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar qo‘llanilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lganda, holatga aniqlik kiritish uchun shaxslarni so‘roq qilish yo‘li bilan yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop, kuchli ta’sir etuvchi, zaharli yoki odamning aql-idrokiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar qo‘llanilgan shaxsga sud kimyoviy ekspertiza tayinlash yo‘li bilan aniqlanishi lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nomusga tegish jinoyatlarini tergov qilishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nomusga tegish bog‘liq jinoyatga oid xabarlar yuzasidan faqat tergov organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilishi va qonuniy qaror qabul qilinishi lozimligiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017-yil 12-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi 100-sonli buyrug‘ining 54-bandi “a” kichik bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2023-yil 5-apreldagi 18/2313-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi nomusga tegish holatlari bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atish yoki rad etish masalasida to‘g‘ri qaror qabul qilinishiga xizmat qilgan;
Jinoyat kodeksining 118-moddasi uchinchi qismi “e” bandida nazarda tutilgan “og‘ir oqibatlar” deganda, homilador bo‘lish yoki homilaning tushishi, ruhiy holati buzilishi, OIV/OIS yuqishi, jabrlanuvchi tomonidan tanlangan jinoyatdan himoyalanish usuli oqibatida olingan tan jarohatlari (masalan, ko‘p qavatli binodan, yurib ketayotgan avtomobildan, poezddan sakraganda), jinoyat natijasida jabrlanuvchining o‘zini o‘zi o‘ldirishi tushunilishi lozimligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 9-sonli qarorining 16-bandiga asosan JKning 118-moddasi 3-qismi “e” bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining 2023-yil 10-apreldagi 08/261-23-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi nomusga tegish jinoyatlari bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar doirasini to‘liq belgilanishiga xizmat qilgan;
nomusga tegish jinoyati bo‘yicha voyaga etmagan gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini so‘roq qilishda pedagog va (yoki) psixologning ishtirokini ta’minlash jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning zimmasiga yuklatilishi doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining jinoyat hamda jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-735-son Qonuni 2-moddasi 3-bandi uchinchi xatboshisiga asosan, JPKning 554-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2023-yil 11-apreldagi 04/10-10-28-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi ishni sudga qadar yuritishda voyaga yetmaganlar huquq va manfaatlarining kafolatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan;
nomusga tegish jinoyati bo‘yicha jabrlanuvchini ojiz ahvolga solish uchun ayblanuvchi tomonidan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop, kuchli ta’sir etuvchi, zaharli yoki odamning aql-idrokiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar qo‘llanilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lganda, ularning xususiyati va inson organizmiga ta’siri darajasi ekspertiza tayinlash va mutaxassislarni so‘roq qilish yo‘li bilan aniqlanishi lozimligiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 9-sonli qarorining6-bandi uchinchi xatboshisiga asosan JKning 118-moddasi 3-qismi “d” bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining 2023-yil 10-apreldagi 08/261-23-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi nomusga tegish jinoyatlarini to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish hamda sud-tergov amaliyotida yuzaga kelayotgan tushunmovchiliklarga barham berilishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish