Alikulova Dilrabo Yakshibaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bronxial astma bilan kasallangan bemorlarga tibbiy profilaktik yordam ko‘rsatishda hamshiralarning rolini optimallashtirish”, 14.00.23 – Hamshiralik ishini tashkil etish (tibbiyot);
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2PhD/Tib1269.
Ilmiy rahbar: Salixodjaeva Rixsi Kamilovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Rustamova Xamida Elemesovna, tibbiyot fanlari doktori., professor; Kojekenova Janat Asetovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent (Qozog‘iston Respublikasi)
Yetakchi tashkilot: «Samarqand davlat tibbiyot universiteti»
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifat ko‘rsatkichini yaxshilashda astma maktablar faoliyatini o‘rganish hamda birlamchi tibbiy - sanitariya yordam ko‘rsatish muassasalarida ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy - profilaktik yordamda hamshiralarning rolini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sirdaryo viloyatida eksperiment sharoitda oilaviy poliklinikalari, oilaviy shifokorlik punktlari va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarning qoshida astma maktablari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shunga ko‘ra shifoxona va ambulatoriya muassasalari o‘rtasida uzviylik tamoyili negizida ish faoliyatini tashkil etish asoslangan;
Sirdaryo viloyati oilaviy poliklinikalarida bronxial astma kasalligi asoratlarini oldini olishda hamshiralik yondashuvining algoritmi tadbiq etilgan, shunga ko‘ra hamshiralarning bronxial astma kasalligi bo‘yicha bilim, malaka va amaliy ko‘nikmalari takomillashgani asoslangan;
Sirdaryo viloyati oilaviy poliklinikalari, oilaviy shifokorlik punktlari va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida ro‘yxatda turuvchi bronxial astma bilan kasallangan bemorlarga o‘zini nazorat qilish uchun shaxsiy nazorat kundaligini yuritishni joriy qilish orqali bronxial astma kasalligi asoratlarining kamayishi asoslanib, mazkur kundalikning tibbiy mazmuni ishlab chiqilgan;
Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash tizimi birlamchi bo‘g‘inida astma kasalligi bilan ro‘yxatda turuvchi bemorlar tomonidan o‘z - o‘zini nazorat qilishini patronaj hamshiralari tomonidan monitoringini o‘tkazish asosida nazorat qilib bo‘lmaydigan astmani barvaqt aniqlab, astma kasalligining kechki asoratlari (o‘lim) ning oldi olinishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashining 2024 yil 9 fevral` № 2 - son xulosasiga ko‘ra:
Ilmiy yangilikning mohiyati: Sirdaryo viloyatida eksperiment sharoitda oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokorlik punktlari va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarning qoshida astma maktablari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shunga ko‘ra shifoxona va ambulatoriya muassasalari o‘rtasida uzviylik tamoyili negizida ish faoliyatini tashkil etish asoslangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: bemorlarning statsionar sharoitda yotib davolanishi bronxial astma kasalligi xususida tibbiy saviyasini to‘liq oshirish uchun etarli emasligini e’tiborga olgan holda kasalxonada davolangandan so‘ng bemorlar o‘zlari doimiy istiqomat qiladigan hudud oilaviy poliklinikalariga murojaat qilishi natijasida, ularni kichik guruhlarga birlashtirib, maxsus ishlab chiqilgan ikki bosqichli dastur (shifoxona - poliklinika) mashg‘ulotlari asosida hamshiralar tomonidan o‘qitilishi astma kasalligining ikkilamchi profilaktika ishi takomillashtirilgan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi (13.01.2021 yildagi 10§1-sonli buyrug‘i) hamda Toshkent shahar Yashnobod tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi (16.09.2022 yildagi 01-11/93-sonli amaliyotga tatbiq etish dalolatnomasi) amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarni birlamchi tibbiy sanitariya yordam ko‘rsatish muassasalarida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan “astma maktabi” ga jalb etish orqali bu kasallikning belgilarini nazorat qilishga erishiladi; oilaviy poliklinikalarda “astma maktab”lari faoliyatida hamshiralar tomonidan mashg‘ulotlarning olib borilishi yuqori samara beradi, chunki bemorlar shifokor qabulidan ko‘ra hamshira huzurida o‘zlarini erkin his qilishlari ilmiy asoslangan; bronxial astma kasalligida bemorlarni hamshiralar tomonidan guruhli va individual o‘qitish orqali sog‘liqni saqlash tizimi birlamchi bo‘g‘inida bronxial astma bilan kasallanishning oldini olish, xurujlar rivojlanishining barvaqt aniqlash va har bir bemor uchun tegishli profilaktik chora - tadbirlar ishlab chiqish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bronxial astma bilan og‘rigan bemorlar tomonidan o‘zini nazorat qilib yurishi natijasida bemorlarning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 10 kundan 6 - 7 kunga qisqartirib, to‘lov miqdorini 857,5 ming so‘mgacha kamaytirgan. (Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasining preyskurantiga ko‘ra, shifoxonada bir kun qolish 122 500,00 so‘mni tashkil qiladi) Shifoxonada davolanish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori - darmon nisbatan kam sarflanib, byudjetdan tashqari mablag‘ni 450 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Xulosa: olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, astma bilan kasallangan bemorlar mutaxassislar tomonidan nazorat qilinishi shart. Mutaxassislardan yordam olgan bemorlarga astma bo‘yicha “Astma maktabi” yordamida keng qamrovli yordam ko‘rsatilishi, jumladan, maxsus ishlab chiqilgan ikki bosqichli (shifoxona - poliklinika) dasturi mashg‘ulotlari astma bilan kasallangan bemorlarni sifatli to‘laqonli o‘qitish uchun asos bo‘ladi. Sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi tibbiy sanitariya yordam ko‘rsatish muassasalarida astma bilan og‘rigan bemorlar uchun astma maktablari faoliyatini yo‘lga qo‘yish va hamshiralar faoliyatini astma bilan og‘rigan bemorlarni davolovchi shifokor yoki mutaxassis bilan o‘zaro hamkorlikda o‘qitish dasturi orqali bog‘lash lozim. Oilaviy poliklinikalarda astma maktablari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bronxial astma bemorlari uchun ko‘pgina qulayliklarni olib keladi. Shuningdek shifoxona va ambulatoriya muassasalari o‘rtasida uzluksizlik tamoyili asosida faoliyat ko‘rsatish yuzaga keladi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Bronxial astma bilan kasallangan bemorlarga tibbiy - profilaktik yordam ko‘rsatishda hamshiralarning rolini optimallashtirish” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotida olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2022 yil 20 sentyabrda 01/08-1516-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: Sirdaryo viloyati oilaviy poliklinikalarida bronxial astma kasalligi asoratlarini oldini olishda hamshiralik yondashuvining algoritmi tadbiq etilgan, shunga ko‘ra hamshiralarning bronxial astma kasalligi bo‘yicha bilim, malaka va amaliy ko‘nikmalari takomillashgani asoslangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi tibbiy sanitariya yordam ko‘rsatish muassasalarida bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishda hamshiralik yondashuvini tashkil etishni takomillashtirish umumiy tibbiy amaliyotda bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va reabilitatsion davolashda profilaktikaning yangi tashkiliy shakllari uchun asos bo‘ladi. Bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarni davolashda profilaktika yo‘nalishini amalga oshirish va rivojlantirish, xususan profilaktik chora tadbirlarini amalga oshirish, reabilitatsiya qilish imkoniga ega bo‘ladilar.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi (13.01.2021 yildagi 10§1-sonli buyrug‘i) hamda Toshkent shahar Yashnobod tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi (16.09.2022 yildagi 01-11/93-sonli amaliyotga tatbiq etish dalolatnomasi) amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida bronxial astma kasalligining kechishini, kasallikning ijtimoiy prognozini ambulatoriya bosqichidayoq aniqlashga imkon beradi; bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish, profilaktika, davolash va reabilitatsiya samaradorligiga erishiladi; bronxial astma kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga nisbatan ambulatoriya – poliklinika faoliyatidagi ob’ektiv va sub’ektiv qiyinchiliklarni bartaraf etadi; bronxial astma uchun xavf omillarini, kasallikning rivojlanishining patogenetik mexanizmlarini aniqlashga, ushbu kasallikni tashxislash va davolashga yondoshuvlarni standartlashtirish va birlashtirishga imkon beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Sirdaryo viloyatida bronxial astma bilan kasallangan bir nafar bemorning davolanishi uchun sarflagan harajatlari to‘rt million ikki yuz yigirma (4 220 000) so‘m mablag‘ni tashkil qilgan bo‘lsa, olib borilgan hamshiralik yondashuvidan so‘ng bir million olti yuz to‘qson to‘rt (1 694 000) so‘m mablag‘ sarflashiga erishildi. Shunday qilib, bir nafar bemor hisobiga (2 526 000) so‘m mablag‘ni iqtisod qilish samarasini berdi.
Xulosa: bronxial astma kasalligida hamshiralik yondashuvi hamshiraning amaliyotida qo‘llaydigan ko‘nikmalarining ilmiy asoslangan bo‘lishidan tashqari, hamshiradan nafaqat texnik tomondan yaxshi tayyorgarlikni, balki bemor parvarishiga ijodiy yondoshuvni, bemorga alohida shaxs sifatida munosabatda bo‘lishni talab etadi. Shunga ko‘ra sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi tibbiy sanitariya yordam ko‘rsatish muassasalarida kadrlarni tayyorlash va ularning tibbiy bilim va amaliy ko‘nikma malakalarini oshirib borish lozim. Oilaviy poliklinikalarda bronxial astmani nazorat qilishda birlamchi zvenoning roli cheklab o‘tilgani va hamshiralar faoliyati deyarli chegaralanganini inobatga olib, bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarga hamshiralik yondashuvi algoritmi bo‘yicha amalga oshirish yaxshi samara beradi. Hamshiralar uchun ilmiy tavsiyalar birlamchi tibbiy yordam bosqichida bronxial astma kasalligining oldini olishda astmani erta tashxislashda, reabilitatsion chora tadbirlar ishlab chiqishda, profilaktikani yangi tashkiliy shakllari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Bronxial astma bilan kasallangan bemorlarga tibbiy profilaktik yordam ko‘rsatishda hamshiralarning rolini optimallashtirish” mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotida olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2022 yil 20 sentyabrda 01/08-1516-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: Sirdaryo viloyati oilaviy poliklinikalari, oilaviy shifokorlik punktlari va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida bronxial astma kasalligi bilan ro‘yxatda turuvchi bemorlarga o‘z - o‘zini nazorat qilish uchun “Shaxsiy nazorat kundaligi”ni yuritishni joriy qilish orqali bronxial astma kasalligining erta asoratlarining kamayishi asoslanib, mazkur kundalikning tibbiy mazmuni ishlab chiqilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: bronxial astma bilan og‘rigan bemorlar tomonidan “shaxsiy nazorat kundaligi”ni yuritishi natijasida astma kasalligini nazorat qilishga erishiladi. Bronxial astma alomatlariga oid og‘irlik darajasini o‘z vaqtida aniqlashga imkon beradi. Kundalik yuritish jarayonida bemorlar dori - darmonlarni o‘z vaqtida qo‘llash hamda astma trigerlarini muntazam kuzatishga erishadi. Kundalikda qayd etilgan ko‘rsatkichlar asosida bemorlar o‘z holatini nazorat ostida ekani yoki nazoratsiz holatda ekanligini aniqlash imkoniga ega bo‘ladilar.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi (13.01.2021 yildagi 10§1-sonli buyrug‘i) hamda Toshkent shahar Yashnobod tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi (16.09.2022 yildagi 01-11/93-sonli amaliyotga tatbiq etish dalolatnomasi) amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bronxial astmani nazorat qilish uchun “shaxsiy nazorat kundaligi”ni yuritish orqali bemorlar astmani mustaqil nazorat qilishga erishadilar; bronxial astmaning erta va kechki asoratlarining oldi olinadi; doimiy qo‘llanilishi kerak bo‘lgan ingalyasion glyukokortikosteroid dori vositalaridan mustaqil va to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi; bemorning pikfloumetr ko‘rsatkichlariga asosan hurujlarning kuchayish xavfidan o‘z vaqtida ogoh bo‘lishini ta’minlaydi; bemorlar gormonal dori vositalariga bog‘lanib qolmaydi; kortikosteroid dori vositalarini muntazam noto‘g‘ri tartibda peroral qo‘llash asorati nogironlikka sabab bo‘lishini anglab etadi; oilaviy poliklinikalarda mutaxassis tomonidan bemorni “shaxsiy nazorat kundaligi” bilan qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bronxial astma bilan og‘rigan bemorlar uchun “shaxsiy nazorat kundaligi”ning joriy qilinishiga qadar bir nafar bemorning oilaviy byudjetidan dori - darmonlar va statsionar davoga qatnab muolajalar olish uchun o‘rtacha 4 800 000 so‘m sarflagan. “Shaxsiy nazorat kundaligi”ni joriy qilingandan so‘ng 3 600 000 so‘m sarfladi. Shunday qilib, bir nafar bemor hisobiga 1 200 000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish samarasini bergan.
Xulosa: oilaviy poliklinikalarida ro‘yxatda turuvchi bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarga tashxis qo‘yishda muammolarning kuzatilishi, astmaning nazoratsiz qoldirilishi kasallik asoratlarining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Bronxial astma bilan og‘rigan bemorlar tomonidan “shaxsiy nazorat kundaligi”ni yuritishi o‘zini nazorat qilishga va astma xurujlarini barvaqt bartaraf etishga muvaffaq bo‘ladi. Sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida bronxial astma bilan og‘rigan bemorlar tomonidan muntazam shaxsiy nazorat kundaligini yuritish orqali astma kasalligi nazoratga olinadi hamda har bir bemor uchun tegishli individual profilaktik chora-tadbirlar rejasini, bemorga shifokor tavsiya qiladigan davolanish rejasini ishlab chiqish imkonini beradi. Bunday kundalik bronxial astma kasalligi uchun muhim parametrlardagi o‘zgarish dinamikasini kuzatishda qulay vosita bo‘ladi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Bronxial astma bilan kasallangan bemorlarga tibbiy profilaktik yordam ko‘rsatishda hamshiralarning rolini optimallashtirish” mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotida olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2022 yil 20 sentyabrda 01/08-1516-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: Sirdaryo viloyati oilaviy poliklinikalari, oilaviy shifokorlik punktlarida bronxial astma kasalligi bilan ro‘yxatda turuvchi bemorlar tomonidan o‘z-o‘zini nazorat qilinishini patronaj hamshiralari tomonidan monitoring o‘tkazish asosida nazorat qilib bo‘lmaydigan astmani barvaqt aniqlanib, astma kasalligining kechki asoratlari (o‘lim) ning oldi olinishi asoslangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: birlamchi tibbiy sanitariya yordam ko‘rsatish muassasalarida bronxial astma kasalligi bilan ro‘yxatda turuvchi bemorlarning o‘z - o‘zini nazorat qilishini patronaj hamshirasi tomonidan monitoring o‘tkazishi bronxial astma kasalligi bilan nogiron bo‘lib qolishning oldi olinadi; nazorat qilib bo‘lmaydigan astma barvaqt aniqlanadi; o‘lim ko‘rsatkichlarining kamayishiga erishiladi. Mutaxassis shifokorning bemor ko‘rigi uchun ajratadigan vaqtining tejashiga va tashxis qo‘yishida birmuncha samara beradi; monitoring orqali bronxial astmaning V - pog‘onasini erta aniqlashga va astmaning prognozini nazorat qilishga imkon beradi;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi (13.01.2021 yildagi 10§1-sonli buyrug‘i) hamda Toshkent shahar Yashnobod tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi (16.09.2022 yildagi 01-11/93-sonli amaliyotga tatbiq etish dalolatnomasi) amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: oilaviy poliklinikalarda patronaj hamshiralari bilan birgalikda shifokor – bemor – hamshira o‘rtasida o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borish imkoniyati yuzaga keladi; bronxial astmada bemorning shaxsiy nazorat kundaligi ko‘rsatkichlarini tahlil qilish orqali ijtimoiy - gigienik, davolash - profilaktik va tibbiy - ruhiy tadbirlar ishlab chiqiladi; bemorlar ixtisoslashgan allergologik tibbiy yordam bilan ta’minlanadi; bemorlar viloyat markazlariga va respublikamiz poytaxtiga kelib davolanishga majbur bo‘lmaydilar; birlamchi tibbiy - sanitariya yordamini ko‘rsatish muassasalarida bronxial astma kasalligining ikkilamchi profilaktik ishlarida hamshiralarning funksional majburiyatlari takomillashtirilgan;
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bronxial astma tashxisi qo‘yilgan bir nafar bemorning doimiy foydalanayotgan ingalyasion kortikosteroidlari uchun bir oyda sakkiz yuz ellik ming (850 000) so‘m mablag‘ sarflagan. Monitoring o‘tkazish orqali kechki asoratlarini erta aniqlash asosida bir nafar bemorning ingalyasion kortikosteroidlar uchun bir oyda sarflaydigan mablag‘i uch yuz o‘n ming (310 000) so‘mga kamaydi. Bunga ko‘ra besh yuz qirq ming (540 000) so‘mni iqtisod qilingan.
Xulosa: sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi tibbiy sanitariya yordam ko‘rsatish muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan patronaj hamshiralari tomonidan bronxial astmaning muntazam nazorat qilish monitoringini o‘tkazilishi natijasida bemorning muvaffaqiyatli tiklanish imkoniyatlarini oshiradi, hayot sifatini yaxshilaydi va remissiya davrini uzaytiradi. Bemor davolovchi shifokor qabuliga o‘zining shaxsiy nazorat kundaligi bilan borishi natijasida astma kasalligining asoratlari barvaqt aniqlanib, shu orqali birlamchi tibbiy - sanitariya yordami faoliyati samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Bronxial astma bilan kasallangan bemorlarga tibbiy profilaktik yordam ko‘rsatishda hamshiralarning rolini optimallashtirish” mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotida olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2022 yil 20 sentyabrda 01/08-1516-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuborilgan.