Mamirov Omon Uktamovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shimoli-g‘arbiy Ustrushona moddiy va ma’naviy madaniyati (arxeologik materiallar asosida)”, 07.00.06–Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tar 113 
Ilmiy rahbar:Asqarov Ahmadali Asqarovich, tarix fanlari doktori, akademik
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy arxeologiya markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy arxeologiya markazi, DSc.02/02.30.12.2019.Tar.45.01.
Rasmiy opponentlar: O‘zRFA Milliy arxeologiya markazi bosh ilmiy hodimi, tarix fanlari doktori, professor, Suleymanov Rustam Xamidovich va Madaniy meros agentligi Yaxyo G'ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti yetakchi ilmiy hodimi, tarix fanlari nomzodi, dotsent Pardaev Muxtorqul Hasanovich
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ustrushona hududidan topilgan moddiy ashyolarning qadimgi va ilk o‘rta asrlar moddiy madaniyati tarixini hamda tarixiy geografik o‘lka aholisining ma’naviy madaniyati hususiyatlarini ochib berishdan iborat;
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Eski Xovos va To‘rtko‘ltepa yodgorliklari xonalarida aniqlangan to‘rtburchak shakldagi mehroblar, topilgan tutatqidonlar va ayol ma’buda haykalchalari asosida ushbu hududda qadimgi mahalliy e’tiqod va an’analar shakllanganligi aniqlangan;
Jelli g‘uli mozorqo‘rg‘onlari bronza davriga oid andronova madaniyatining so‘nggi bosqichida yashagan aholi vakillariga oidligi aniqlangan;
Sayxonsoy mozorqo‘rg‘onlari orqali tog‘li va adir hududlarida yashagan ko‘chmanchi chorvador aholi dafn usullari va an’analari turlicha bo‘lganligi aniqlangan; 
Ustrushona aholisi moddiy va ma’naviy madaniyati otashparastlik, ajdodlar ruhiga e’tiqod, hayvon kulti kabi e’tiqod shakllari negizida o‘zaro uyg‘unlikda shakllanganligi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
«Shimoli-g‘arbiy Ustrushona moddiy va ma’naviy madaniyati (arxeologik materiallar asosida)» mavzusidagi tadqiqot bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
Eski Xovos va To‘rtko‘ltepa yodgorliklari xonalarida aniqlangan to‘rtburchak shakldagi mehroblar, topilgan tutatqidonlar va ayol ma’buda haykalchalari asosida qadimgi mahalliy e’tiqod va an’analar shakllanganligi hamda Jelli g‘uli mozorqo‘rg‘onlari bronza davriga oid andronova madaniyatining so‘nggi bosqichida yashagan aholi vakillariga oidligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Sirdaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi fondlarini boyitishda va faoliyatini yuritishda foydalanilgan (Madaniy meros agentligining 2023 yil 08. sentyabrdagi 02-18/3156 son ma’lumotnomasi). Natijada muzeyga tashrif buyuruvchilarda qadimgi tariximizga doir yangi ma’lumotlar to‘g‘risida tushunchalar shakllandi.
Sayxonsoy mozorqo‘rg‘onlarini o‘rganish orqali tog‘li va adir hududlarida yashagan ko‘chmanchi chorvador aholi dafn usullari va an’analari turlicha bo‘lganligi hamda Ustrushona aholisi moddiy va ma’naviy madaniyati otashparastlik, ajdodlar ruhiga e’tiqod, hayvon kulti kabi e’tiqod shakllari negizida o‘zaro uyg‘unlikda shakllanganligi to‘grisidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” kanalining “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 25 sentyabrdagi 08-32-1606 son ma’lumotnomasi). Natijada, Shimoli-g‘arbiy Ustrushonaning qadimgi va ilk o‘rta asrlar davri moddiy va ma’naviy madaniyatiga oid shu paytgacha fanga kiritilmagan yangi jihatlar, aholi ongida shakllangan e’tiqod turlari, amaliy san’at va xunarmandchilikda aks etgan unsurlar to‘g‘risida yanada ko‘proq tushunchalar hosil bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish