Assesorova Yuliana Yur`evnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Gemoblastoz bilan og‘rigan bemorlarda standart sitogenetik tadqiqotlarini optimallashtirish va sifatini nazorat qilishning nazariy asoslari», 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/B136.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Xamid Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan gematoligiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Gil`dieva Margarita Sabirovna, biologiya fanlari doktori; Ubaydullaeva Zuxra Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori; Baxovadinov Burxonidin Baxovadinovich, tibbiyot fanlari doktori, professori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: matafaz xromasoma preparatlari sifatini mezonli baholash va namuna tayyorlash sharoitlarini takomillashtirish asosida gemoblastozli bemorlarda kariotiplash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xromosoma preparatlarining hujayra o‘sishi va sifati mezonlarni baholashda ob’ektiv va ishonchli baholash mezonlari sifatida MFP/S287 va ʃXPS indekslaridan foydalanish asoslangan;
surunkali mieloproliferativ kasalliklarda xromosoma preparatlari sifatining oshishi t(9;22) translokatsiyasining sitogenetik namoyishi bo‘lgan marker Ph-xromosomasini (der22) aniqlash imkoniyatini oshirishi bilan birga boshqa miqdoriy va tarkibiy xromosoma anomaliyalarini aniqlangan;
kul`tivatsiyalangan hujayra o‘sishi baholash mezonining qiymati xromosoma preparatining MFP/S287 birlik maydoniga kariotiplash uchun zarur bo‘lgan metafaza plitalari soni kamida 287ta bo‘lishi kerakligi asoslangan;
surunkali mieloproleferativ kasallikdagi murakkab atipik kariotip anomaliyalarini samarali tashhislash va bashorat qilish uchun zarur bo‘lgan xromasoma preparatlari sifatining integral ko‘rsatkichi qiymati 21 balli shkala bo‘yicha minimal darajada 11 ballni tashkil qilishi zarurligi asoslangan;
leykoz hujayralarining in vitro juda past proliferativ faolligi va metafaz plastinkalarning yomon sifati qonda metamielotsitlarning nisbiy miqdorini (7,5%dan kam) pasayishi va limfotsitlarning nisbiy miqdorini ortishi (17,5%dan yuqori), suyak ko‘migida blast hujayralarini nisbiy miqdorini (0,6-0,7%dan kam), mielotsitlarni (9,5% dan past), metamielotsitlarni (12,0%dan kam) pasayishi, shuningdek qon zardobidagi umumiy oqsilni (65%dan kamga) pasayishi bilan ishonchli ravishda assotsiatsiyalanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Gemoblastoz bilan og‘rigan bemorlarda standart sitogenetik tadqiqotlarini optimallashtirish va sifatini nazorat qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
"Surunkali mieloproleferativ kasalliklari bor bemorlarda standart sitogenetik tadqiqotlar samaradorligi va sifatini baholash" nomli uslubiy tavsiyanoma  Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 dekabrdagi 8n-r/1260-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali mieloproleferativ kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni kariotiplash natijalarining halqaro standartlar (ISCN) talablariga muvofiqligini oshirish, erta tashhislsh va davolash jarayonlarini samarali nazorat qilish imkonini bergan;
“Surunkali mieloproliferativ kasalliklari bo‘lgan bemorlarda standart sitogenetik testlarning samaradorligi va sifatini baholash” nomli uslubiy tavsiyanoma Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 dekabrdagi 8n-r/1261-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma sitogenetik tadqiqot xulosasining bajarilishi sifati va ishonchliligini nazorat qilish usullarini joriy etish va SST xulosasi va klinik tashxis o‘rtasidagi nomuvofiqlik holatlarini minimallashtirish imkonini bergan;
surunkali mieloproleferativ kasalliklari bor bemorlarda standart sitogenetik testlarning samaradorligi va sifatini baholash natijalari Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat tibbiyot instituti, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Buxoro viloyat HSSB Jondor tuman tibbiyot birlashmasi amaliyotiga joriy etilgan (Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat tibbiyot instituti 2022 yil 25 fevraldagi 81/1-sonli buyrug‘i, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2023 yil 15 iyuldagi  23-sonli buyrug‘i, Buxoro viloyat HSSB Jondor tuman tibbiyot birlashmasi 2022 yil 15 apreldagi 32/1-sonli buyrug‘i). Natijada shifokorlarga tashhis xatolarini bartaraf etish va samarali davolash uchun optimal taktikani tanlash imkonini bergan;
surunkali limfoproleferativ kasalliklari va tug‘ma xromosoma sindromi bor bemorlarda standart sitogenetik testlarning samaradorligi va sifatini baholash natijalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Onkologiya va klinik radiologiya Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, “DOCTOR D” Reproduktiv tibbiyot klinikasi amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Onkologiya va klinik radiologiya Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2022 yili 11 martdagi 87-sonli buyrug‘i; “DOCTOR D” Reproduktiv tibbiyot klinikasi 2023 yili 12 sentyabrdagi 5-sonli buyrug‘i). Natijada, kariotiplash natijalarini aniq tashhislash, davoni o‘z vaqtida belgilash, aholi nogironligi va o‘lmini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish