Ibragimov Raxmon Ziyodullaevichning 
      falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Toshkent vohasining qadimgi davr tarixiy rekonstruksiyasi (arxeologik materiallar asosida)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1407 
Ilmiy maslahatchi: Suleymanov Rustam Xamidovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy arxeologiya markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ataxodjaev Azimmxo‘ja Muzaffarovich, tarix fanlari doktori; Egamberdieva Nigora Azatovna, tarix fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona Davlat Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent vohasining qadimgi davr tarixini moddiy manbalar va mavjud yozma manbalar asosida qayta tiklashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mil. avv. XV–XIII asrlarda Toshkent vohasining tog‘ va tog‘ oldi erlarida Evrosiyoning shimoliy dasht hududga xos chorvadorlar jamoasi madaniyati tarqalganligi aniqlanib, bronza davrining mazkur jamoalari negizida Burgulik madaniyati vujudga kelib, mil. avv. XIII–IX asrlar davrida Burgulik I bosqichi faoliyat yuritganligi va ularning iqtisodida chorvachilik xo‘jaligi asosiy o‘ringa ega bo‘lganligi asoslangan;
Toshkent vohasi hududida Burgulik II davrida (mil. avv. VIII/VII–IV asrlarda) chorvador qabilalari madaniyati tarqalib, ular alohida sak qabilasiga tegishli arxeologik majmuani tashkil qilganligi dalillangan;
antik davrida sodir bo‘lgan migratsiya va madaniy ta’sirlar (sak, so‘g‘d-ellin va dax) jarayonlari va ularning davriy chegarasi aniqlanib, Yaksart orti saklari va Qang‘ davlati aholisi turkiy xalqlar bo‘lganligi dalillangan;
Shoshtepa, Mingo‘rik va Qanqa manzilgohlaridagi ibodatxonalarda o‘z aksini topgan moddiy manbalar asosida Toshkent vohasining antik davri aholisi diniy e’tiqodida olov-quyosh va ajdodlar kulti bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent vohasi arxeologiya yodgorliklarini tadqiq etish doirasida ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, taklif va tavsiyalar asosida:
mil. avv. XV–XIII asrlarda Toshkent vohasining tog‘ va tog‘ oldi erlarida Evrosiyoning shimoliy dasht hududga xos chorvadorlar jamoasi madaniyati tarqalganligi aniqlanib, bronza davrining mazkur jamoalari negizida Burgulik madaniyati vujudga kelib, mil. avv. XIII–IX asrlar davrida Burgulik I bosqichi faoliyat yuritganligi va ularning iqtisodida chorvachilik xo‘jaligi asosiy o‘ringa ega bo‘lganligi, Toshkent vohasi hududida Burgulik II davrida (mil. avv. VIII/VII–IV asrlarda) chorvador qabilalari madaniyati tarqalib, ular alohida sak qabilasiga tegishli arxeologik majmuani tashkil qilganligiga doir ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining madaniy meros obektlarini muhofaza qilish, asrash va ilmiy tadqiq etish sohalarida tadbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023 yil 7-sentyabrdagi 02-05/3081-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Burgulik madaniyati borasidagi bilimlar kengayishiga, Burgulik II davrining o‘ziga xos xususiyatlari borasida xulosalar chiqarishga xizmat qilgan.
antik davrida sodir bo‘lgan migratsiya va madaniy ta’sirlar (sak, so‘g‘d-ellin va dax) jarayonlari va ularning davriy chegarasi aniqlanib, Yaksart orti saklari va Qang‘ davlati aholisi turkiy xalqlar bo‘lganligi, Shoshtepa, Mingo‘rik va Qanqa manzilgohlaridagi ibodatxonalarda o‘z aksini topgan moddiy manbalar asosida Toshkent vohasining antik davri aholisi diniy e’tiqodida olov-quyosh va ajdodlar kulti bo‘lganligiga doir xulosalardan Oliy ta’lim muassasalari Tarix ta’lim yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan “Arxeologiya” o‘quv qo‘llanmasini yozishda va ularning fan dasturlarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 2018-yil 27-martdagi 274-020 raqamli guvohnoma). Ushbu ma’lumotlar Toshkent vohasining qadimgi davr tarixi xususida yangicha qarashlarni shakllantirishga xizmat qilgan.
Toshkent vohasining paleolit davri jamoalari tomonidan o‘zlashtirilishi, tosh davri madaniyatlari genezisi, ularning mansublik muammolari, atropogenez va tarixiy-madaniy jarayonlarni tadqiq etilishi hamda ularning rekonstruksiyasi masalasiga doir ilmiy tadqiqot natijalaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Xazina” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 17-iyuldagi 16-28-1107-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent vohasi qadim tarixiga oid ma’lumotlar keng jamoatchilikka etib borishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish