Saparov Nazbergen Janabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Poykend shahri V-VIII asrlarda. Shahar tuzilishining genezisi va xronologiyasi”, 07.00.06 – “Arxeologiya” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tar1265
Ilmiy rahbar: Shirinov Timur Shirinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy arxeologiya markazi, DSc.02/02.30.12.2019.Tar.45.01.
Rasmiy opponentlar: O‘zRFA Milliy arxeologiya markazi, tarix fanlari doktori, professor, Suleymanov Rustam Xamidovich va tarix fanlari nomzodi Mirzaaxmedov Djamal Kamalovich.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. V-VIII asrlardagi Paykend shahar istehkomlari, shahristonlari va ko‘chalar tarmog‘ini ochib berishdan iborat va ularning G‘arbiy So‘g‘d shahar madaniyatida tutgan o‘rnini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Poykendning Shahriston I shahar tuzilishi V–VI -asrlar oxirida vujudga kelganligi va uning istehkomi evolyusiyasi bilan bog‘liq bo‘lganligi, Shahriston I hududi arkni oldidagi ilgari mustahkamlangan aholi punktini qamrab olganligi va mudofaani mustahkamlash uchun platoning tabiiy qiyaligidan foydalanilganligi isbotlangan;
Poykenddagi Shahriston II VII–VIII-asrlar boshida shahar maydonining kengayishi bilan vujudga kelganligi, buni madaniy qatlamlardan topilgan arxeologik majmualar (tangalar, tutatqilar, sopol buyumlar) tasdiqlashi isbotlangan;
Poykendning I va II Shahristonlari ma’lum reja asosida qurilib, ularning to‘rtburchak shakldagi mahallalari ko‘pincha bir xil o‘lchamda va T-shakldagi keng va kesishgan chorrahalarga ega bo‘lgan ko‘chalar tarmog‘i bilan birlashtirilgan, asosiy magistral yo‘l janubdan shimoliy darvozagacha cho‘zilgan meridional ko‘cha bo‘lganligi aniqlangan;
Poykendning Shahriston I shahar devorlari paydo bo‘lgan paytdan boshlab shahar qurilishi aniq shaharsozlik rejasi asosida namunaviy mahalla moduli va namunaviy turar-joy binolaridan foydalangan holda amalga oshirilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Poykendning Shahriston I shahar tuzilishi V–VI-asrlar oxirida vujudga kelganligi va uning istehkomi evolyusiyasi bilan bog‘liq bo‘lganligi, Shahriston I hududi arkni oldidagi ilgari mustahkamlangan aholi punktini qamrab olganligi va mudofaani mustahkamlash uchun platoning tabiiy qiyaligidan foydalanilganligi shuningdek Poykenddagi Shahriston II VII–VIII-asrlar boshida shahar maydonining kengayishi bilan vujudga kelganligi, buni madaniy qatlamlardan topilgan arxeologik majmualar (tangalar, sopol buyumlar) tasdiqlashi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Parijning Luvr shahrida tashkil etilgan “O‘zbekiston vohalari ko‘rki” ko‘rgazmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligining 2023 yii 13 martdagi 02-10/686 -son ma’lumotnomasi). Natijada muzeyga tashrif buyuruvchilarda ilk o‘rta asrlar Buxoro vohasi moddiy madaniyatiga doir ma’lumotlarga ega bo‘ldilar;
Poykendning I va II Shahristonlari ma’lum reja asosida qurilib, ularning to‘rtburchak shakldagi mahallalari ko‘pincha bir xil o‘lchamda va T-shakldagi keng va kesishgan chorrahalarga ega bo‘lgan ko‘chalar tarmog‘i bilan birlashtirilgan, asosiy magistral yo‘l janubdan shimoliy darvozagacha cho‘zilgan meridional ko‘cha bo‘lganligi shuningdek Paykendning Shahriston I shahar devorlari paydo bo‘lgan paytdan boshlab shahar qurilishi aniq shaharsozlik rejasi asosida namunaviy mahalla moduli va namunaviy turar-joy binolaridan foydalangan holda amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi Qoraqalpogiston Respoblikasi radio va telekanalining «Assalawma aleykum Qaraqalpaqstan», «Assalam Qaraqalpaqstan», va Qaraqalpaqstan teleradio dasturining «Saz- sawbet ham kewil ashar» dasturida «Ruwxiyliq bostani», «Jana kun» korsatuvlari orqali teleko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi 2023 yil 19 maydagi № 05-22/258-son maʼlumotnomasi) aholiga targib etildi va Buxoro tarixiy-me’morchilik muzey-qo‘riqxonasi filialining “Qadimgi Poykend muzeyi” doimiy ekspozisiyasini tayyorlashda foydalanilgan. (Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasining 2023 uil 17 fevraldagi № 54 son ma’lumotnomasi) Natijada tashrif buyuruvchilar ilk o‘rta asrlar Buxoro vohasida shahar hayotining rivojlanish bosqichlari haqidagi yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.