Oynazarov Xoliyor Gaimnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Janubiy O‘zbekiston qoyatosh rasmlari texnika-tipologiyasi va qiyosiy tahlili”, 07.00.06–Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tar1354.
Ilmiy rahbar: Bogomolov Gennadiy Igorevich, tarix fanlari nomzodi
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy arxeologiya markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy arxeologiya markazi, DSc.02/02.30.12.2019.Tar.45.01.
Rasmiy opponentlar: O‘zRFA Milliy arxeologiya markazi, tarix fanlari doktori, professor, akademik Asqarov Ahmadali Asqarovich va Madaniy meros agentligi Yaxyo G'ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari, tarix fanlari nomzodi, dotsent Xolmatov Azbiddin Ne’matillaevich
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug'bek nomidagi Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy O‘zbekiston hududidan topilgan qoyatosh rasmlarning texnika-tipologiyasi, xronologiyasi asosida qadimgi davrda yashagan xalqlarning ilk diniy-mifologik qarashlari, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma’naviy hayotini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Markaziy Osiyo qoytosh suratlari ichida birinchi marotaba Siypantosh yodgorligida geometrik belgilar ko‘rinishida stilistik ifodalangan, oxra bilan chizilgan ayol tasviri aniqlangan;
Zarausoy va Siypantosh yodgorliklari asosida ularning davriy, tipologik jihatdan o‘zaro yaqinligi hamda mezolitdan to bronzagacha bo‘lgan xronologik davrga oidligi aniqlangan;
Zarabog‘ petrogliflari tipologiyasi, chizilish uslublari va ishlanish texnikasi asosida ularning so‘nggi bronzadan boshlab ilk o‘rta asrlargacha bo‘lgan davriy mansubligi isbotlangan;
Siypantosh, Zarausoy, Zarabog‘ yodgorliklarining bronza davridan boshlab qoyatosh suratlarini chizishda rangtasvir va urib-cho‘kichlash texnikasi mavjud bo‘lganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Janubiy O‘zbekiston qoyatosh rasmlari texnika-tipologiyasi va qiyosiy tahlil mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Siypantosh yodgorligidagi turli xil obrazlar orqali, birinchi marotaba oxra bilan chizilgan ayol tasviri hamda Zarausoy va Siypantosh yodgorliklari asosida ularning davriy, tipologik jihatdan o‘zaro yaqinligi hamda mezolitdan to bronzagacha bo‘lgan xronologik davrga oidligiga doir ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Mavzu” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat unitar korxonasining (2023 yil 04 sentyabrdagi 06-28/1328-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarda qoyatosh rasmlari haqida ilmiy bilim hosil qilingan;
Zarabog‘ petrogliflari tipologiyasi, chizilish uslublari va ishlanish texnikasi asosida ularning so‘nggi bronzadan boshlab ilk o‘rta asrlargacha bo‘lgan davriy mansubligi shuningdek, Siypantosh, Zarausoy, Zarabog‘ yodgorliklarining bronza davridan boshlab qoyatosh suratlarini chizishda rangtasvir va urib-cho‘kichlash texnikasi birdek mavjud bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniy meros agentligi Surxondaryo viloyati Madaniy meros boshqarmasi tomonidan yangi madaniy meroslarni xatlovdan o‘tkazish, ularni pasportlashtirish va hujjatlashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniy meros agentligining 2023-yil 08 sentyabrdagi 02-18 /3157-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu yodgorliklar turizm marshrutiga kiritish uchun xizmat qilishi bayon etilgan.