Alimov Olimjon Davronovichning 
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish yo‘nalishlari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2954. 
Ilmiy rahbar: Muxamedov Farxod Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. 
Rasmiy opponentlar: Karlibyaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alieva Susanna Seyranovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dosent.
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shaxri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xo‘jalik subektlariga emitent sifatida korporativ obligatsiyalarni chiqarish imkonini berish taklif etilgan; 
birjaviy qimmatli qog‘ozlar bozoriga investorlarni keng jalb qilish maqsadida fond bozorining birja savdolarida qimmatli qog‘ozlarni kafolatlangan ommaviy joylashtirish tartibini joriy etish taklif etilgan; 
qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalarga ishonchni mustahkamlash va investorlar faolligini oshirish maqsadida «xalq IPO»si jarayonini o‘tkazish tartibida ommaviy va birja savdolarida aksiyalarni «1 aksiya – 1 lot» tamoyili asosida joylashtirish taklif etilgan; 
dividendlar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar tartibini soddalashtirish va investisiya vositachilari orqali dividendlarni to‘lashni amalga oshirish asosida aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarning shaffofligini ta’minlash asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xo‘jalik subektlariga emitent sifatida korporativ obligatsiyalarni chiqarish imkonini berish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 21 iyuldagi O‘RQ-629-sonli «Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni (Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023 yil 11 maydagi joriy etish to‘g‘risidagi dalolatnomasi) bilan joriy etilgan va O‘zbekiston Respublikasining «Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi Qonunida o‘z aksini topgan. Natijada 2020 - 2022 yillar davomida qimmatli qog‘ozlar bozorida 17 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tomonidan umumiy qiymati 548,2 mlrd so‘mlik korporativ obligatsiyalar chiqarilgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan obligatsiyalar bozori hajmi 2 barobar o‘sishiga erishilgan; 
birjaviy qimmatli qog‘ozlar bozoriga investorlarni keng jalb qilish maqsadida fond bozorining birja savdolarida qimmatli qog‘ozlarni kafolatlangan ommaviy joylashtirish tartibini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi 2021 yil 29 oktyabrdagi O‘RQ-726-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga joriy etildi (Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023 yil 11 maydagi joriy etish to‘g‘risidagi dalolatnomasi). Natijada 2022 yilda fond birjasida aksiyalar bozoridagi bitimlar soni 80 652 tani tashkil etib, o‘tgan davrga nisbatan 13,3 foizga oshgan, bitimlar hajmi 4 705,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan davrga nisbatan 310,9 foizga oshishiga erishilgan;
qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalarga ishonchni mustahkamlash va investorlar faolligini oshirish maqsadida «xalq IPO»si jarayonini o‘tkazish tartibida ommaviy va birja savdolarida aksiyalarni «1 aksiya – 1 lot» tamoyili asosida joylashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 martdagi PQ-102-son “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida joriy etildi (Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023 yil 11 maydagi joriy etish to‘g‘risidagi dalolatnomasi). Natijada aksiya paketlari «bitta aksiya – bitta lot» tamoyili asosida mahalliy fond bozorida xalq IPOsini o‘tkazish tartibi asosida xususiylashtiriladigan 40 ta yirik korxonalar ro‘yxati tasdiqlanib, 2024 yilda e-auksion platformasi orqali ommaviy savdolarga chiqarilishi belgilandi;
 dividendlar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar tartibini soddalashtirish va investisiya vositachilari orqali dividendlarni to‘lashni amalga oshirish asosida aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarning shaffofligini taʼminlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi 2021 yil 29 oktyabrdagi O‘RQ-726-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga joriy etildi (Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023 yil 11 maydagi joriy etish to‘g‘risidagi dalolatnomasi). Natijada dividend mablag‘larini o‘z vaqtida va maqsadli o‘tkazish uchun aksiyadorlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan. Shunga ko‘ra 20 ta aksiyadorlik jamiyati 2022 yil yakuni bo‘yicha 50 mlrd. so‘mdan ortiq sof foydani taqsimlanishini investisiya vositachilari orqali amalga oshirishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish