Xajiev Baxtiyor Dushaboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Milliy iqtisodiyotda taqsimot munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.01 – “Iqtisodiyot nazariyasi” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Iqt419.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaev Suyun Artikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Mambetjanov Qahramon Qurbandurdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Murodova Nodira Kullievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; G‘aniev Muxamatjon Xalilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy iqtisodiyotda taqsimot munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “taqsimot” kategoriyasi egri soliqlar, dividend, foyda va boshqa manbalar ko‘rinishida olingan ham birlamchi, ham ikkilamchi daromadlar hamda iqtisodiy imkoniyat, resurslar va salohiyatning uzlyuksiz ravishda, qayta takrorlanib boruvchi taqsimlanish jarayonlarini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabat nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra qayta taqsimot jarayonlarining ijtimoiy nafliligini oshirishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagidagi kam ta’minlangan fuqarolar uchun zarur bo‘ladigan asosiy kapital bilan ta’minlashda davlat tomonidan subsidiya berish tizimini joriy qilish orqali byudjet daromadlarini samarali qayta taqsimlash, ishsiz va ijtimoiy himoyaga muxtoj aholi qatlamlarining samarli bandligini ta’minlash hamda ularning kambag‘allikka tushib qolishining oldini olish imkoniyatini yaratish asoslangan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra institusional nazariyaga taalluqli bo‘lgan taqsimot munosabatlarini rivojlantirish asosida davlatning rag‘batlantiruvchi funksiyasi o‘rta tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘chmas mulk va asbob-uskunalar xaridi uchun sarflanadigan xarajatlarning 70 foizini davlat tomonidan «xizmatlar ipotekasi»ni taqdim etish asosida qo‘llab-quvvatlash orqali takomillashtirilgan;
ijtimoiy tanlov nazariyasining jamoat ishtirokidagi taqsimot nazariyasini rivojlantirilgan holda mamlakatda daromadlarni qayta taqsimlash samaradorligini mahalliy (tuman, shahar va viloyat) byudjetlari qo‘shimcha mablag‘larining uchdan bir qismini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish orqali oshirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda qayta taqsimot jarayonlariga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2030 yilga bo‘lgan davrda aholi daromadlarini oshirishning ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy iqtisodiyotda taqsimot munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “taqsimot” kategoriyasini egri soliqlar, dividend, foyda va boshqa manbalar ko‘rinishida olingan ham birlamchi, ham ikkilamchi daromadlar hamda iqtisodiy imkoniyat, resurslar va salohiyatning uzlyuksiz ravishda, qayta takrorlanib boruvchi taqsimlanish jarayonlarini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabat nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy ma’lumotlardan 410 000 - “Biznes va boshqaruv” va 310 000-“Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar” ta’lim sohalarining barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Iqtisodiyot», 60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan «Iqtisodiy rivojlanish strategiyalari» nomli darslik hamda o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023 yil 31 maydagi 169-sonli buyruqlari). Mazkur ilmiy natijalardan darsliklarda foydalanish bakalavriat va magistratura talabalarida “taqsimot” va “qayta taqsimot” iqtisodiy kategoriyalarining mohiyatini to‘g‘ri va kengroq tushunishlariga imkon yaratgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra qayta taqsimot jarayonlarining ijtimoiy nafliligini oshirishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagidagi kam ta’minlangan fuqarolar uchun zarur bo‘ladigan asosiy kapital bilan ta’minlashda davlat tomonidan subsidiya berish tizimini joriy qilish orqali byudjet daromadlarini samarali qayta taqsimlash, ishsiz va ijtimoiy himoyaga muxtoj aholi qatlamlarining samarli bandligini ta’minlash hamda ularning kambag‘allikka tushib qolishining oldini olish imkoniyatini yaratishga oid nazariy va uslubiy ma’lumotlardan 410 000 - “Biznes va boshqaruv” va 310 000-“Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar” ta’lim sohalarining barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Iqtisodiyot», 60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan «Iqtisodiy rivojlanish strategiyalari» nomli darslik hamda o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023 yil 31 maydagi 169-sonli buyruqlari; O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 5 fevraldagi 01/00-02/26-19-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bakalavriat va magistratura talabalarida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagidagi kam ta’minlangan fuqarolar uchun zarur bo‘ladigan asosiy kapital bilan ta’minlashda davlat tomonidan subsidiya berish tizimini joriy qilish orqali byudjet daromadlarini samarali qayta taqsimlash borasidagi nazariy-uslubiy tushunchalarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra institusional nazariyaga taalluqli bo‘lgan taqsimot munosabatlarini rivojlantirish asosida davlatning rag‘batlantiruvchi funksiyasi o‘rta tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘chmas mulk va asbob-uskunalar xaridi uchun sarflanadigan xarajatlarning 70 foizini davlat tomonidan «xizmatlar ipotekasi»ni taqdim etish asosida qo‘llab-quvvatlash orqali takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy ma’lumotlardan 410 000 - “Biznes va boshqaruv” va 310 000-“Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar” ta’lim sohalarining barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Iqtisodiyot», 60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan «Iqtisodiy rivojlanish strategiyalari» nomli darslik hamda o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023 yil 31 maydagi 169-sonli buyruqlari; O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 5 fevraldagi 01/00-02/26-19-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bakalavriat va magistratura talabalarida o‘rta tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘chmas mulk va asbob-uskunalar xaridi uchun sarflanadigan xarajatlarning ahamiyatli qismini davlat tomonidan «xizmatlar ipotekasi» asosida taqdim etish orqali qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha nazariy-uslubiy tushunchalarini kengaytirish imkoni yaratilgan;
ijtimoiy tanlov nazariyasining jamoat ishtirokidagi taqsimot nazariyasini rivojlantirilgan holda mamlakatda daromadlarni qayta taqsimlash samaradorligini mahalliy (tuman, shahar va viloyat) byudjetlari qo‘shimcha mablag‘larining uchdan bir qismini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish orqali oshirish taklifiga oid nazariy va uslubiy ma’lumotlardan 410 000 - “Biznes va boshqaruv” va 310 000-“Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar” ta’lim sohalarining barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Iqtisodiyot», 60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan «Iqtisodiy rivojlanish strategiyalari» nomli darslik hamda o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023 yil 31 maydagi 169-sonli buyruqlari; O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 5 fevraldagi 01/00-02/26-19-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bakalavriat va magistratura talabalarida mamlakatda daromadlarni qayta taqsimlash samaradorligini mahalliy (tuman, shahar va viloyat) byudjetlari qo‘shimcha mablag‘larining muayyan qismini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish orqali oshirish borasidagi nazariy-uslubiy tushunchalarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda qayta taqsimot jarayonlariga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida ishlab chiqilgan 2030 yilga bo‘lgan davrda aholi daromadlarini oshirishning ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Mamlakat hududlarida aholi daromadlarini oshirish va kabag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 5 fevraldagi 01/00-02/26-19-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatda uzoq muddatli istiqbolda aholi daromadlarini oshirish ko‘rsatkichlarining iqtisodiy rivojlanishning asosiy parametrlariga muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.