Xushvaqov Anvar Boqievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Mintaqada xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida kambag‘allikni qisqartirish imkoniyatlari, 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3393
Ilmiy rahbar: Ergashev Raxmatilla Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/29.12.2022.I.111.01.
Rasmiy opponentlar: Navruz-zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aminov Fazliddin Bahodirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida kambagʻallikni qisqartirish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“kambag‘allik”, “kambag‘allik tuzog‘i”, “qashshoqlik”, “kambag‘al oila” tushunchalarining mohiyatini ochib berishda mintaqa aholisini to‘rt toifa xonadonlarining iqtisodiy-ijtimoiy holati va davlat iqtisodiy siyosati o‘rtasidagi munosabatlaridan kelib chiqqan holda hududdagi qambag‘al aholini xususiy tadbirkorligiga jalb etish taklifi asoslangan;
mintaqada kambag‘allikni qisqartirish uchun “Temir daftari”ga kiritilgan kambag‘al oilalarga xususiy tadbirkorlikning keng qo‘llanilishidan kelib chiqqan holda uslubiy yondashish asosida aholining kambag‘al qatlamiga xususiy tadbirkorlik faoliyatini boshlashida zarur bo‘lgan asosiy resurslarni sotib olish uchun davlat tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha subsidiya berish tizimini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
hududdagi kambag‘al aholi qatlamining xususiy tadbirkorlik faolligini oshirishga ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va kambag‘al qatlam o‘rtasidagi bog‘liqlikdan kelib chiqqan holda “og‘ir” mahallalarda “kambag‘al oila” daftariga kiritilib, xususiy tadbirkorlik faoliyatini boshlaganlarga ijara va resurslar uchun xarajatlarning 50 foizini davlat tomonidan qoplab berish orqali erishish taklifi asoslangan;
Qashqadaryo mintaqasida kambag‘allikni qisqartirishning o‘rta muddatli 2024–2028-yillarga mo‘ljallangan ko‘p omilli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida kambag‘allikni qisqartirish imkoniyatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy takliflar asosida:
“kambag‘allik”, “kambag‘allik tuzog‘i”, “qashshoqlik”, “kambag‘al oila” tushunchalarining mohiyatini ochib berishda mintaqa aholisini to‘rt toifa xonadonlarining iqtisodiy-ijtimoiy holati va davlat iqtisodiy siyosati o‘rtasidagi munosabatlaridan kelib chiqqan holda hududdagi qambag‘al aholini xususiy tadbirkorligiga jalb etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Mehnatni tahlil qilish va mehnat bozori monitoringini tashkil qilish dasturi” 4-bandining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining 2023-yil 25-oktyabrdagi 02/04-10/10-421-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning joriy qilinishi mintaqada “kambag‘allik”, “qashshoqlik”, “kambag‘allik tuzog‘i” va “kambag‘al oila” tushunchalarining ilmiy-uslubiy jihatlarini to‘liq ochib berishga, shu asosda sohada tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarni samarali yuritishga, mintaqadagi ishsizlarni xususiy tadbirkorlikka faol jalb qilish orqali kambag‘al oila daromadlarini oshirishga imkon beradi;
mintaqada kambag‘allikni qisqartirish uchun “Temir daftari”ga kiritilgan kambag‘al oilalarga xususiy tadbirkorlikning keng qo‘llanilishidan kelib chiqqan holda uslubiy yondashish asosida aholining kambag‘al qatlamiga xususiy tadbirkorlik faoliyatini boshlashida zarur bo‘lgan asosiy resurslarni sotib olish uchun davlat tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha subsidiya berish tizimini qo‘llash orqali takomillashtirilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PF-31-sonli “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori 3-ilovasi 8-bandining “Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Kambag‘al oila” daftariga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 10 million so‘mgacha subsidiyalar ajratish” va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2026 yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi VMQ-201-son qaroriga muvofiq Qashqadaryo viloyatini rivojlantirishning besh yillik dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining 2023-yil 25-oktyabrdagi 02/04-10/10-421-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga keng joriy qilinishi Qashqadaryo mintaqasida kambag‘al oilalarning bandligini ta’minlashga va ularning kambag‘allikka tushib qolish xavfining oldini olishga xizmat qilgan;
hududdagi kambag‘al aholi qatlamining xususiy tadbirkorlik faolligini oshirishga ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va kambag‘al qatlam o‘rtasidagi bog‘liqlikdan kelib chiqqan holda “og‘ir” mahallalarda “kambag‘al oila” daftariga kiritilib, xususiy tadbirkorlik faoliyatini boshlaganlarga ijara va resurslar uchun xarajatlarning 50 foizini davlat tomonidan qoplab berish orqali erishish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi PF-596-sonli “Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub’ektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”i Farmonining a) bandiga “Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik sub’ektlariga “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Kambag‘al oila” daftariga kiritilgan, “Ijtimoiy himoya yagona reestri” da bo‘lgan va kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga resurslar sotib olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratish belgilangan» va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2026 yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi VMQ-201-son qaroriga muvofiq Qashqadaryo viloyatini rivojlantirishning besh yillik dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining 2023-yil 25-oktyabrdagi 02/04-10/10-421-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliyotda qo‘llash Nishon tumanining “Kimyogar”, “Nishon”, “Kaptarli” va “Guliston” MFYlarida kambag‘allik holatiga tushgan 122 ta kambag‘al oila kambag‘allikdan chiqdi va barqaror daromad manbai 1,5-2 baravarga oshdi;
Qashqadaryo mintaqasida kambag‘allikni qisqartirishning o‘rta muddatli, 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan ko‘p omilli prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PF-175-son “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi Farmonining 2-ilovasi 1-bandining maqsadli ko‘rsatkichlarini amaliyotga joriy etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining 2023-yil 25-oktyabrdagi 02/04-10/10-421-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu maqsadli prognoz parametrlari natijalariga ko‘ra, mintaqada keyingi 5 yilda, ya’ni 2028-yilga borib kam ta’minlangan aholi ulushi 10,78 foizga teng bo‘lib, 2023-yilga nisbatan 1,52 foizga kamayishi ta’minlanadi va Qashqadaryo viloyatida kambag‘allik darajasini qisqartirishda xususiy tadbirkorlikdan samarali foydalanishga asos bo‘lib xizmat qiladi