Kadirov Saxobiddin Sharofovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nomoddiy aktivlar hisobi va tahlili uslubiyotini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1718.
Ilmiy rahbar: Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Abdusalomova Nodira Baxodirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Avloqulov Anvar Ziyadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nomoddiy aktivlar hisobi va tahlili uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
0411 - “O‘simliklarning yangi navlariga bo‘lgan huquqi bo‘yicha patentlar”, 0412 - “Hayvonlarning yangi zotlariga bo‘lgan huquqlari bo‘yicha patentlar” hamda ularni amortizatsiyasi uchun 0511 - “O‘simliklarning yangi navlariga bo‘lgan huquqi bo‘yicha patentlar amortizatsiyasi” va 0512-“Hayvonlarning yangi zotlariga bo‘lgan huquq bo‘yicha patentlar amortizatsiyasi” ishchi schyotlar taklif qilingan;
qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun “amortizatsiyalanuvchi aktivlar” moddasi bo‘yicha amortizatsiya me’yorlari nomoddiy aktivlardan foydalanish muddatlaridan kelib chiqqan holda seleksiya yutuqlari uchun yillik amortizatsiya me’yorini 4 foiz (yoki xizmat muddati 25 yilga teng), dasturiy ta’minot va ma’lumotlar bazalari uchun 25 foiz (xizmat muddati 4 yil) hamda qishloq xo‘jaligi tovarlari belgilari uchun 15 foiz (xizmat muddati 7 yil) belgilash orqali takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligi korxonalarida nomoddiy aktivlar daromadliligi (NMAI), rentabelligi (NMAR) va aylanuvchanligi (NMAT) ko‘rsatkichlari asosida nomoddiy aktivlardan foydalanish shartlari (NMAI ≥ 1 so‘m, NMAR > 1 so‘m, NMAT ≥ 30 marta) mezonlarini ishlab chiqish orqali samaradorlik tahlilining aniqligini oshirish taklif qilingan;
qishloq xo‘jaligi korxonalarida innovatsion ishlanmalarning amalga oshish jarayonlari xususiyatlariga muvofiq keluvchi nomoddiy aktivlarni tan olish, baholash hamda guruhlash asosida intellektual mulk obektlari hajmini oshirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nomoddiy aktivlar hisobi va tahlili uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
0411-“O‘simliklarning yangi navlariga bo‘lgan huquqi bo‘yicha patentlar”, 0412-“Hayvonlarning yangi zotlariga bo‘lgan huquqlari bo‘yicha patentlar” hamda ularni amortizatsiyasi bo‘yicha 0511-“O‘simliklarning yangi navlariga bo‘lgan huquqi bo‘yicha patentlar amortizatsiyasi” va 0512-“Hayvonlarning yangi zotlariga bo‘lgan huquq bo‘yicha patentlar amortizatsiyasi” nomli ishchi schyotlar bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent viloyati «TCT Agro sluster» MChJ, Sirdaryo viloyati «Sardoba universal klaster» MChJ va Buxoro viloyati «Buxoro agroklaster» MChJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 7-noyabrdagi 07/06/1310-son, Toshkent viloyati «TCT Agro sluster» MChJning 2023-yil 3-oktyabrdagi 01/320-son, Sirdaryo viloyati «Sardoba universal klaster» MChJning 2023-yil 6-oktyabrdagi 01/81-23-son va Buxoro viloyati «Buxoro agroklaster» MChJning 2023-yil 5-oktyabrdagi 17-588-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, 0411-“O‘simliklarning yangi navlariga bo‘lgan huquqi bo‘yicha patentlar”, 0412-“Hayvonlarning yangi zotlariga bo‘lgan huquqlari bo‘yicha patentlar” hamda ularni amortizatsiyasi bo‘yicha esa, 0511-“O‘simliklarning yangi navlariga bo‘lgan huquqi bo‘yicha patentlar amortizatsiyasi“, 0512-“Hayvonlarning yangi zotlariga bo‘lgan huquq bo‘yicha patentlar amortizatsiyasi” nomli ishchi schyotlar qishloq xo‘jaligida nomoddiy aktivlar analitik hisobini to‘g‘ri yuritish, ularning mavjudligi va harakatini nazorat qilish samaradorligini oshirishga xizmat qildi;
qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun “amortizatsiyalanuvchi aktivlar” moddasi bo‘yicha amortizatsiya me’yorlari nomoddiy aktivlardan foydalanish muddatlaridan kelib chiqqan holda seleksiya yutuqlari uchun yillik amortizatsiya me’yorini 4 foiz (yoki xizmat muddati 25 yilga teng), dasturiy ta’minot va ma’lumotlar bazalari uchun 25 foiz (xizmat muddati 4 yil) hamda qishloq xo‘jaligi tovarlari belgilari uchun 15 foiz (xizmat muddati 7 yil) belgilash orqali takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiaston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent viloyati «TCT Agro sluster» MChJ, Sirdaryo viloyati «Sardoba universal klaster» MChJ va Buxoro viloyati «Buxoro agroklaster» MChJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 7-noyabrdagi 07/06/1310-son, Toshkent viloyati «TCT Agro sluster» MChJning 2023-yil 3-oktyabrdagi 01/320-son, Sirdaryo viloyati «Sardoba universal klaster» MChJning 2023-yil 6-oktyabrdagi 01/81-23-son va Buxoro viloyati «Buxoro agroklaster» MChJning 2023-yil 5-oktyabrdagi 17-588-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, nomoddiy aktivlar, jumladan seleksiya yutuqlari bo‘yicha patentlar, dasturiy ta’minot va ma’lumotlar bazalari hamda qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlar, ish va xizmatlar (tovar)ning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, ularga amortizatsiya hisoblashning me’yorlarini aniqlashtirish imkonini berdi. Mazkur taklifga ko‘ra, amortizatsiya me’yorlari ulardan foydalanish muddatlaridan kelib chiqqan holda seleksiya yutuqlari uchun yillik amortizatsiya me’yori - 4 foiz (yoki xizmat muddati 25 yilga teng), dasturiy ta’minot va ma’lumotlar bazalari uchun - 25 foiz (xizmat muddati 4 yil) hamda qishloq xo‘jaligi tovarlari belgilari uchun -15 foiz (xizmat muddati 7 yil) belgilandi. Bu esa, nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va uni xarajatlarga to‘g‘ri taqsimlash tartibini soddalashuviga olib keldi;
qishloq xo‘jaligi korxonalarida nomoddiy aktivlar daromadliligi (NMAI), rentabelligi (NMAR) va aylanuvchanligi (NMAT) ko‘rsatkichlari asosida nomoddiy aktivlardan foydalanish shartlari (NMAI ≥ 1 so‘m, NMAR > 1 so‘m, NMAT ≥ 30 marta) mezonlarini ishlab chiqish orqali samaradorlik tahlilining aniqligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent viloyati «TCT Agro cluster» MChJ, Sirdaryo viloyati «Sardoba universal klaster» MChJ va Buxoro viloyati «Buxoro agroklaster» MChJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 7- noyabrdagi 07/06/1310-son, Toshkent viloyati «TCT Agro cluster» MChJning 2023-yil 3-oktyabrdagi 01/320-son, Sirdaryo viloyati «Sardoba universal klaster» MChJning 2023-yil 6-oktyabrdagi 01/81-23-son va Buxoro viloyati «Buxoro agroklaster» MChJning 2023-yil 5-oktyabrdagi 17-588-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, nomoddiy aktivlar daromadliligi, rentabelligi va aylanuvchanligi ko‘rsatkichlaridan foydalanish nomoddiy aktivlardan foydalanish samaradorligini aniq hisoblash imkonini berdi. Nomoddiy aktivlar daromadligini tahlil qilish asosida, qishloq xo‘jaligi korxonalarida bir so‘mlik nomoddiy aktivlarga to‘g‘ri keladigan sof tushumni aniqlash hamda nomoddiy aktivlar rentabellik ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda, bir so‘mlik nomoddiy aktivlarga to‘g‘ri keladigan soliq to‘lashdan avvalgi foydani aniqlash imkoniyatini berdi;
qishloq xo‘jaligi korxonalarida innovatsion ishlanmalarning amalga oshish jarayonlari xususiyatlariga muvofiq keluvchi nomoddiy aktivlarni tan olish, baholash hamda guruhlash asosida intellektual mulk obektlari hajmini oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent viloyati «TCT Agro sluster» MChJ, Sirdaryo viloyati «Sardoba universal klaster» MChJ va Buxoro viloyati «Buxoro agroklaster» MChJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 7-noyabrdagi 07/06/1310-son, Toshkent viloyati «TCT Agro sluster» MChJning 2023-yil 3-oktyabrdagi 01/320-son, Sirdaryo viloyati «Sardoba universal klaster» MChJning 2023-yil 6- oktyabrdagi 01/81-23-son va Buxoro viloyati «Buxoro agroklaster» MChJning 2023-yil 5-oktyabrdagi 17-588-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi qishloq xo‘jaligi korxonalari, jumladan klasterlarda nomoddiy aktivlarni tan olinishi va baholanishi hamda ular tarkibini to‘g‘ri shakllantirish (guruhlashtirish), sohada innovatsion ishlanmalarning negizi bo‘lgan intellektual mulk ob’ektlari hajmini oshirish imkonini yaratdi. Bundan tashqari nomoddiy aktivlarning baholash asosida ularni jami mablag‘lar (aktivlar)dagi ulushini ko‘paytirish hamda qishloq xo‘jaligi korxonalarida daromadlarni oshirishga, shuningdek buxgalteriya hisobi yuritilishining soddalashuviga olib keldi.