Nazarova Dildora G‘ulomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ayollar bachadonining  yallig‘lanish kasalliklarida adenomiozni oldini olish va
prognozlash”, 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2021.4. PhD /Tib2204
Ilmiy rahbar: Muratova Nigora Djuraevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12. 2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Paxomova Janna Evgen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kurbanov Boxodir Boburovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda nekrotik enterokolitni erta tashxislash va davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
retrospektiv va prospektiv tekshiruvlar hamda bemorlarni dinamik kuzatish, anamnezni, klinik-laborator ko‘rsatkichlarni va funksional diagnostika usullarini o‘rganish asosida  surunkali bachadon yallig‘lanishi kasalliklarida ayollarda adenomioz rivojlanishining xavf omillari aniqlandi, ginekologik asoratlar rivojlanishida ularning roli isbotlangan;
surunkali bachadon yallig‘lanish kasalliklariga chalingan reproduktiv yoshdagi ayollarda adenomioz rivojlanishi xavfi darajasini baholash uchun prognostik markerlar mavjudligi  isbotlangan;
    bachadon ichi aralashuvlaridan birontasini boshidan kechirgan ayollarda surunkali yallig‘lanish kasalliklari 3 baravar ko‘p rivojlanishi aniqlandi, ya’ni bunday ayollarda 37 foiz hollarda bachadon ichi aralashuvlaridan keyin 3-6 oy ichida adenomioz rivojlanishi isbotlangan;
surunkali bachadon yallig‘lanishi kasalliklarida ayollarda yallig‘lanish oldi sitokinlari miqdorining oshishi urogenital infeksiyaning qo‘shilgan turlari mavjudligi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlikka egaligi va organizmning immun javobi bilan teskari bog‘liqlikka egaligi isbotlangan;
surunkali bachadon yallig‘lanishi kasalliklariga chalingan reproduktiv yoshdagi ayollarda  adenomioz rivojlanishini prognoz qilish dasturi va uni davolash algoritmi ishlab chiqilgan, bu bachadon ichi aralashuvlaridan keyin adenomioz rivojlanishining oldini olishga yordam berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent Davlat stomatologiya instituti ekspert komissiyasining 14.09.2023 yildagi 04-z/21-sonli xulosasiga muvofiq (Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatologiya instituti  09.08.2023 yildagi 04-r/52-sonli ilmiy innovatsiyalarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalari uchun joriy etish haqida xati yuborilgan):  
birinchi ilmiy yangilik: anamnestik, klinik-laboratoriya ko‘rsatkichlari va immunologik va mikrobiologik tadqiqot usullari asosida surunkali bachadon yallig‘lanishi kasalliklarida ayollarda adenomioz rivojlanishining xavf omillari va ularning roli aniqlandi, reproduktiv yoshdagi ayollarda adenomioz rivojlanishida ularning roli aniqlandi; (08.09.2023 yildagi 34-sonli buyruq bilan Respublika aholi reproduktiv salomatligi markaziga hamda 05.09.2023 yildagi  5-sonli buyruq bilan Chirchiq shahar 2-sonli OPga joriy etilgan). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagidan iborat: surunkali bachadon yallig‘lanish kasalliklariga chalingan ayollarni tekshirish asosida adenomioz rivojlanishining oldini olish maqsadida hamda anamnezda bachadon ichi aralashuvlari bo‘lganda, kasalxonaga yotqizish chastotasini kamaytirish, surunkali bachadon yallig‘lanish kasalliklari zo‘rayganda, bepushtlik rivojlanganda, reproduktiv yo‘qotishlarda radikal operatsiyalar chastotasini kamaytirish maqsadida adenomiozni erta aniqlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagidan iborat: adenomioz rivojlanishining xavf omillarini hisobga olib 18 nafar ayolga erta tashhis qo‘yishga erishildi, davolash tadbirlarining o‘z vaqtida boshlanishi ushbu ayollarda statsionarda davolanish vaqtini 5,5 kundan 3 kungacha kamaytirilgan,  18 nafar bemorning statsionar davolashi uchun sarflanadigan 14 288400 so‘m mablag‘ tejalish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Taklif etilgan usul va tavsiyalar bo‘yicha boshdan kechirilgan bachadon ichi aralashuvlaridan keyin surunkali bachadon yallig‘lanish kasalliklariga chalingan reproduktiv yoshdagi ayollarda adenomioz rivojlanishi chastotasining pasayishiga erishildi, dori vositalardan iqtisodiy samaradorlik shifokorga bitta murojaatdan 18 nafar ayol uchun  63 450 000 so‘m va statsionarda bo‘lishdan 14 288 400 so‘mni tashkil qildi,  18 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini 77 738 400 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: surunkali bachadon yallig‘lanish kasalliklarining xavf omillarini aniqlash va o‘z vaqtida davolash asosida adenomioz rivojlanishi chastotasi kamaytirildi, bunda statsionarda davolanish chastotasi va davomiyligi hisobiga  793800 so‘m tejaldi. Dori vositalardan iqtisodiy samaradorlik shifokorga bitta murojaatdan  3525000 so‘m va statsionarda bo‘lishdan 793800 so‘mni tashkil qildi,  1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini 4 318 800 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali bachadon yallig‘lanish kasalliklariga chalingan reproduktiv yoshdagi ayollarni tashhislash algoritmi taklif etildi, surunkali bachadon yallig‘lanish kasalliklari mavjud ayollarda sog‘lom ayollarga nisbatan IL-6 miqdorining 4,4 baravar ortishi, interferon gamma IFN-γ miqdorining 3 baravar pasayishi, tomirli-endotelial o‘sish omili – VEGF miqdorining 4,5 baravar ko‘tarilishi, sekretor IgA miqdorining 4 baravar oshishi qayd etildi; urogenital infeksiyaning qo‘shilgan turlari qo‘shilganda organizm immun javobining pasayishi kuzatildi; 08.09.2023 yildagi 34-sonli buyruq bilan Respublika aholi reproduktiv salomatligi markaziga hamda 05.09.2023 yildagi  5-sonli buyruq bilan Chirchiq shahar 2-sonli OPga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagidan iborat: surunali bachadon yallig‘lanish kasalliklari mavjud ayollarda yallig‘lovchi sitokinlar miqdorini, urogenital infeksiya mavjudligini aniqlash orqali  organizmning immun javobi pasayishini va yallig‘lanish og‘irligi darajasini prognoz qilish, asoratlar rivojlanishining oldini olish mumkin, bu davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagidan iborat: bachadon ichi aralashuvlarini boshidan kechirgan ayollarda sitokinlar miqdorining oshishi, urogenital patologiyaning qo‘shilishi adenomioz rivojlanishiga va fertillik buzilishiga olib keladi, ushbu patologiya chastotasining pasayishi reproduktiv yoshdagi 10 nafar ayol uchun 1 kunda 6065766 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan, statsionarda davolanish chastotasi 2,5 baravar kamaygan. Xulosa: surunkali bachadon yallig‘lanish kasalliklariga chalingan ayollarda adenomioz rivojlanishining va fertillik buzilishining oldini olish 1 kunda 1 bemorga 606576 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: bachadon ichi aralashuvlarini boshidan kechirgan, surunkali bachadon yallig‘lanish kasalliklariga chalingan reproduktiv yoshdagi ayollarni davolash algoritmi taklif etildi, unga adenomioz rivojlanishining oldini olish uchun immunitetni tuzatuvchi preparatlar kiritildi, 08.09.2023 yildagi 34-sonli buyruq bilan Respublika aholi reproduktiv salomatligi markaziga hamda 05.09.2023 yildagi  5-sonli buyruq bilan Chirchiq shahar 2-sonli OPga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagidan iborat: taklif etilgan tekshirish algoritmi surunkali bachadon yallig‘lanish kasalliklarini ambulatoriya sharoitida davolash imkonini beradi, immunitetni korreksiyalash preparatlarini qo‘shgan holda kompleks davolash taktikasini tanlash adenomioz rivojlanishining oldini oladi, fertillikni tiklaydi va  ayol turmush sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagidan iborat: surunkali bachadon yallig‘lanish kasalliklarini taklif etilgan algoritm bo‘yicha ambulatoriya sharoitida o‘z vaqtida davolash adenomioz, reproduktiv yo‘qotishlar va bepushtlik kabi asoratlarni 3 baravar kamaytirish imkonini berdi. Ambulator davolanganda, statsionarda davolanishdan farqli o‘laroq, tejamkorlik 20 nafar bemorga 12 117000 so‘m mablag‘ tejalish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.  Xulosa: surunkali bachadon yallig‘lanish kasalliklarini o‘z vaqtida davolash asoratlar rivojlanishining oldini olish va 1 bemorga 605850 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.    
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bachadon ichi aralashuvlaridan keyin surunkali bachadon yallig‘lanish kasalliklariga chalingan ayollarda adenomioz rivojlanishi xavfini prognoz qilish dasturi ishlab chiqildi (DGU № 28630, 31.10.2023) 08.09.2023 yildagi 34-sonli buyruq bilan Respublika aholi reproduktiv salomatligi markaziga hamda 05.09.2023 yildagi  5-sonli buyruq bilan Chirchiq shahar 2-sonli OPga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagidan iborat: adenomioz rivojlanishi xavfining prognostik mezonlaridan foydalanish to‘g‘ri tashhis qo‘yish, kompleks davolashni amalga oshirish, bachadon ichi aralashuvlaridan keyin ayollarda adenomioz rivojlanishining oldini olish imkonini berdi, bu esa, o‘z navbatida, reproduktiv a’zoni saqlab qolish, fertillikni tiklash, ayolning turmush sifatini yaxshilash, radikal operatsiyalar sonini kamaytirish va xomilador bo‘lish imkonini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagidan iborat: surunkali bachadon yallig‘lanish kasalliklariga chalingan ayollarda adenomioz rivojlanishini prognoz qilish va oldini olish radikal operatsiyalar sonini kamaytirdi, statsionarda davolanish muddatlarini qisqartirdi, operatsiyadan keyingi davrda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlikni kamaytirdi. Bunda 50 nafar bemorga hisoblaganda bir yilda 31 925 200 so‘m mablag‘ iqtisod qilingan. Xulosa: adenomioz rivojlanishini prognoz qilish va oldini olish dasturining joriy etilishi 1 bemorga 638504 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish