Raximova Shaxzoda Ergashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ichak mikrobiotasi buzilishining surunkali bosh miya ishemiyasi rivojlanishida patogenetik ahamiyati», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1704.
Ilmiy rahbar: Yakubova Marhamat Mirakramovna, tibbiyot fanlari doktori,dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Niyozov Shuhrat Tashmirovich, tibbiyot fanlari doktori,
dotsent; Axmadeeva Leyla Rinatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali bosh miya ishemiyasida nevrologik defisitlar va kognitiv buzilishlarning rivojlanishida ichak mikrobiotasining patogenetik ta’sirini o‘rganish va ichak mikrobiotasi metabolitlari, bo‘lgan sirka kislotasi, butirat kislota va BDNF neyrotrofik omili o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kognitiv buzilishlar va nevrologik defisitlar bilan kechuvchi surunkali bosh miya ishemiyasi rivojlanishining patogenezida qo‘shimcha ta’sir qiluvchi omil ko‘rsatilib, buzilgan ichak mikrobiotasi va bosh miya o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
BDNF neyrotrofik omili bilan kognitiv faoliyat o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik asoslangan;
qisqa zanjirli yog‘ kislotalari bo‘lgan sirka va butirat kislotalarining BDNF neyrotrofik omilini ekspressiyasiga ta’siri aniqlangan;
ichak mikrobiotasining holatiga qarab nevrologik belgilar va kognitiv buzilishlarning rivojlanish mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2024 yil 17 yanvardagi 01/062-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 23 avgustdagi 09-06970-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: kognitiv buzilishlar va nevrologik defisitlar bilan kechuvchi surunkali bosh miya ishemiyasi rivojlanishining patogenezida qo‘shimcha ta’sir qiluvchi omil ko‘rsatilib, buzilgan ichak mikrobiotasi va bosh miya o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangani Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 53-oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 25.09.2023 yildagi 185-son hamda Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi «Shox International Hospital» ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 25.09.2023 yildagi 114-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi, ichak mikrobiotasi buzilishi kuzatilgan SBMIsi mavjud bo‘lgan bemorlarda erta kognitiv buzilishlar yuzaga kelishni oldini olishga yo‘naltirilgan bo‘lib, xayot sifatini yaxshilash va mehnatga layoqatsizlikni kamaytirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: mikrobiota buzilgan bemorlarda demensiya oldi kognitiv buzilishlar bilan kechayotgan SBMIning klinik va nevrologik jihatlarini o‘rganishda quyidagicha, yillik tejash qiymati: Eyil=( D1-D2)×(G+Ye) × N - 0.15× K = (10-7) × (150000+80000) × 40 - 0.15× 600000 =27510000. Bu erda D1-diagnostik usul tadbiq etilanga qadar bemorning ushbu xastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsiz kunlarining o‘rtacha soni; D2 – diagnostik usul tadbiq etilgangandan so‘ng bemorning ushbu xastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsiz kunlarining o‘rtacha soni; G –bir ishchining kunlik daromadi; Ye – mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha beriladigan maosh, sum/kun; N – tadbiq etilayotgan yangilik masshtabi (tadbiq etilgan bemorlar soni); 0.15–samaradorlik koeffesenti; K- amaliyotga usulni tadbiq etishda kutilayotgan mablag‘ sarfi. Xulosa: taklif qilingan usul 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 75370 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: BDNF neyrotrofik omili bilan kognitiv faoliyat o‘rtasida bog‘liqlik asoslangani Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 53-oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 25.09.2023 yildagi 185-son hamda Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi «Shox International Hospital» ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 25.09.2023 yildagi 114-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qondagi sirka kislotasi va butirat kislota darajasiga asoslanib, ichak mikroflorasining holatini aniqlash va patogen mikrofloraning mavjudligini taxmin qilish aholi o‘rtasida kasallikni erta aniqlash va profilaktika chora-tadbirlarini o‘tkazish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: diagnostika qilishda foydalanilgan usullar va yangi tadbiq etilgan usul samaradorligi: EA = K×(BX – BY)=350000 so‘m×(4-2)=700000 so‘m. Bu erda, K– bir martalik bosh miya MRT tekshiruvining o‘rtacha qiymati; VX va VY – asosiy va tavsiya etilayotgan variantlarda bir kasallikni davolash uchun tekshiruv soni. Xulosa: sirka kislotasi va butirat kislota darajasini baholash uchun ushbu usulning qo‘llanilishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 700000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: qisqa zanjirli yog‘ kislotalari bo‘lgan sirka va butirat kislotalarining BDNF neyrotrofik omilini ekspressiyasiga ta’siri aniqlangani Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 53-oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 25.09.2023 yildagi 185-son hamda Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi «Shox International Hospital» ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 25.09.2023 yildagi 114-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sirka va butirat kislotalarining BDNF neyrotrofik omilini ekspressiyasiga ta’siri tufayli erta kognitiv buzilishlar yuzaga kelishi xamda kasallikning chuqur kognitiv buzilishlar rivojlanish xavfini oldini olishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: BDNF, sirka kislota va butirat kislotalar o‘rtasidagi to‘g‘ri proporsinol bo‘lgan korrelyasion bog‘liqlik tufayli SBMIsi mavjud bemorlarda kognitiv buzilishlarni erta tashxislash imkoni, klinik-nevrologik xususiyatlariga aniq baho berish, hamda jarayonni chuqurlashishini oldini olishga erishildi. Xarajat-samaradorlik koeffesenti (XSK) quyidagicha ifodalanishi mumkin: XSK= effekt/xarajat = Syil/Z=16373700/483000 = 33,9. Bu erda Syil–amalga oshirish hajmi uchun hisoblangan diagnostika usullarini o‘rtacha yillik tejash qiymati; Z–Butirat kislota va sirka kislotalarning diagnostikasi usulini ishlab chiqish, joriy qilish va amalga oshirish xarajati narxi. Xulosa: taklif qilingan usul SBMIsi mavjud bemorlarda kognitiv buzilishlarni erta tashxislashda 1 nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 33,9%ga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ichak mikrobiotasining holatiga qarab nevrologik belgilar va kognitiv buzilishlarning rivojlanish mezonlari ishlab chiqilgani Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 53-oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 25.09.2023 yildagi 185-son hamda Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi «Shox International Hospital» ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 25.09.2023 yildagi 114-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kognitiv buzilishlarni rivojlanish xavfi bilan surunkali bosh miya ishemiyasini erta tashxislash mezonlarini ishlab chiqish orqali nogironlikni kamaytirishga, demensiya rivojlanishi oldi kognitiv kasalliklaridan aziyat chekadigan odamlarning hayot sifatini yaxshilashga va erta nogironlikning oldini olishga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: SBMIsi ichak mikrobiotasi buzilishi bilan kechganda, barvaqt kognitiv buzilishlarni rivojlanishini oldini olish chora tadbirlarini joriy qilinishi natijasida moddiy xarajatlar miqdori 32,6%ga kamayishiga erishiladi. Xulosa: taklif qilingan usul SBMIsi mavjud bemorlarda kognitiv buzilishlarni erta tashxislashda 1 nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 32,6%ga iqtisod qilish imkonini bergan.