Mavlanov Maruf Mexriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Migren kasalligidagi tutqanoq sindromining klinik-genetik va davolash- diagnostik xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1701.
Ilmiy rahbar: Saidvaliev Farrux Saidakramovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Raimova Malika Muxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: migren bilan hamroh keluvchi tutqanoq-tirishish xurujlarining klinik, genetik xususiyatlarini, o‘ziga xosligi, neyrovizual va elektroneyrofiziologik o‘zgarishlarini o‘rganish hamda davo taktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
migren va epilepsiya komorbid bemorlarda migrenli bemorlarga nisbatan tarqoq nevrologik o‘choqli o‘zgarishlar ko‘proq uchrashi va izolyasiyalangan generallashgan tonik-klonik xurujlar bilan epilepsiya turi ishonchli darajada ko‘p uchrashi aniqlangan;
MTHFR C-677T genining polimorfizm mutatsiyasi migrenga xos ekanligi va NOS3 T-786C genining polimorfizm mutatsiyasi hamda NOS3 T-786C va MTHFR C-677T genlari polimorfizm mutatsiyasining migren va epilepsiya komorbid kelgan bemorlarda kombinatsiyasi ko‘p uchrashi ishonchli darajada asoslangan;
migren va epilepsiyaning komorbid kelishi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan antikonvulsan lamotridjin preparatining kognitiv buzilishlarni yaxshilashda ham samarali ekanligini aniqlash orqali davolash tartibi takomillashtirilgan;
migren va epilepsiya birga kelgan bemorlarda kasallik kechishining og‘irlik darajasini aniqlash bo‘yicha shkala ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ekspert kengashining 2023 yil 25 yanvardagi 8n-z/52-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 15 dekabrdagi 03-5120-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: migren va epilepsiya komorbid bemorlarda migrenli bemorlarga nisbatan tarqoq nevrologik o‘choqli o‘zgarishlar ko‘proq uchrashi va izolyasiyalangan generallashgan tonik-klonik xurujlar bilan epilepsiya turi ishonchli darajada ko‘p uchrashi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: migren kasalligidagi epilepsiyaning komorbid kelishi klinik-nevrologik jihatdan migrenni asoratlarini ko‘payishi bilan baholanadi, hamda izolirlashgan generallashgan epilepsiya sindromi migren bilan asosiy komorbid keluvchi sindrom ekanligi aniqlandi; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari Toshkent shahar 38–sonli oilaviy poliklinikada va Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi nevrologiya yo‘nalishi bo‘yicha “Abdurashid Mehmon Shifo” MChJ shifoxonasida amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: migren va epilepsiyaning komorbid kelishidagi nevrologik o‘zgarishlar va epilepsiya sindromini aniqlash bilan bemorlarga tez va sifatli tashxislashni takomillashtirish bilan nevrolog shifokorlar ish sifati yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yillik tejash qiymati: IA = M×(AX – AY)=55000 so‘m×(12- 4)=440000 so‘m. Bu erda, M – shifokorga bir marta murojatning o‘rtacha qiymati; AX va AY – asosiy va tavsiya etilayotgan variantlarda bir kasallikni davolash uchun shifokorga murojat soni. Xulosa: taklif qilingan usulda 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 440 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: MTHFR C-677T geni polimorfizmi mutatsiyasi migren uchun xos ekanligi, migren va epilepsiya komorbid kelgan bemorlarda NOS3 T-786C geni polimorfizmi mutatsiyasining hamda NOS3 T-786C va MTHFR C-677T genlari polimorfizmi mutatsiyasi kombinatsiyada uchrashi ishonchli darajada ko‘p uchrashi aniqlanishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: migrenda izolirlashgan generallashgan epilepsiya komorbid kelganda qon-tomir tonusi uchun javobgan genlarning mutatsiyasi uchrashi aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari Toshkent shahar 38–sonli oilaviy poliklinikada va Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi nevrologiya yo‘nalishi bo‘yicha “Abdurashid Mehmon Shifo” MChJ shifoxonasida amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: migren kasalligida epilepsiya sindromi birga kelganda, bu kasalliklar bir kasallik emas, balki aloxida uchrovchi komorbid hastalik ekanligi aniqlanib, kasalilkning diagnostikasi takomillashtirildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tekshiruvlar uchun ketadigan sarf-xarajatlarning kamayishi ulushi EA=PZR- RT×(BX–BY)=400000 so‘m×(1200000-400000)=800000 so‘m. Bu erda, PZR-RT – bir martalik real vaqt polimeraz zanjir reaksiya genetik tekshiruvining o‘rtacha qiymati; VX va VY – asosiy va tavsiya etilayotgan variantlarda bir kasallikni tashxislash uchun tekshiruvlar qiymati. Xulosa: taklif qilingan usulda 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 800000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: migren va epilepsiyaning komorbid kelishi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniluvchi antikonvulsant dori vositalaridan lamotridjin, kognitiv buzilishlarni yaxshilashda ham samarador ekanligi aniqlangan holda davolash muolajalari takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: migren kasalligi va izolirlashgan generallashgan epilepsiya komorbid kelganda kognitiv buzilishlar aniqlangan bemorlarga lamotridjinni qo‘llash bilan davolash muolajalari takomillashtirildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiq joriy qilinishi: Toshkent shahar 38–sonli oilaviy poliklinikada va Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi nevrologiya yo‘nalishi bo‘yicha “Abdurashid Mehmon Shifo” MChJ shifoxonasida amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: migren va izolirlashgan generallashgan epilepsiya hamrox kelib, kognitiv buzilishlar aniqlanganda, davo takomillashtirish orqali bemorlarning hayot sifati va nogironligi kamayishiga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilayotgan davolash usulining umumiy iqtisodiy ulushi: Iu=ID+IB=D×(tx–ty)+B(tx–ty)=1982227 so‘m×(30-14)+80500 so‘m×(30-14)=33003632 so‘m. Bu erda, D – 2019 yil bo‘yicha 1 ish kunida 1 ishchi uchun yalpi ichki mahsulot o‘rtacha qiymati; tx - ty – asosiy va tavsiya etilayotgan variantlarda bir hodisa uchun vaqtinchalik mahnatga layoqatsizlikning o‘rtacha davomiyligi; B – vaqtincha mehnatga layoqatsizlikning bir kuni uchun o‘rtacha mablag‘ miqdori. Xulosa: har bir bemorda kasallik sababli bir yilda ishga layoqatsizlikka o‘rtacha sarflanadigan moddiy xarajatlarni iqtisod qilish qiymati 33003632 so‘m bo‘lishi aniqlandi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: migren va epilepsiya birga kelgan bemorlarda kasallik kechishining og‘irlik darajasini aniqlash bo‘yicha shkala ishlab chiqilgani Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi nevrologiya yo‘nalishi bo‘yicha “Abdurashid Mehmon Shifo” MChJ nomli xususiy davolash-profilaktika muassasasida (15.06.2022 y; № 36) hamda Toshkent shahar 38–sonli oilaviy poliklinikasida (21.10.2022 y; № 152/1) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarda kasallik kechishining og‘irlik darajasini baholash me’zonlari kengaytirilib, nevrolog shifokorlar uchun ko‘rik vaqtida bemorni baholash engillashadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yillik tejash qiymati: Iyil = Iu – SHum = 33003632–7800000=25203632 so‘m. Bu erda, Iyi – kasallik uchun ketadigan bir yillik o‘rtacha xarajat; Iu va SHum – asosiy va tavsiya etilayotgan variantlarda bir kasallikni tashxislash va davolash uchun 1 yillik sarf-xarajatlar. Xulosa: 1 nafar bemorni tekshiruvi va davolash uchun 1 yilda 25203632 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi.