Fayzullaev Dilshod Shodievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir va surunkali yiringli sinusitlarni davolashni takomillashtirishda nitroksidergik tizim ko‘rsatkichlarining axamiyati», 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1647.
Ilmiy rahbar: Lutfullaev G‘ayrat Umrullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Nasretdinova Maxzuna Taxsinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nasimov Vadim Aliyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibni sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston).
II. Tadqiqotning maqsadi nitroksidergik tizim funksional holatini aniklash asosida rinosinusitlarni davolash samaradorligi oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘tkir va surunkali yiringli rinosinusitlar patogenezi mexanizmlarini aniklash asosida NO almashinuvi, BYoB larida yallig‘lanish rivojlanishida NO roli, surunkali yiringli rinosinusitlarda mukotsiliar transport holati va uning o‘zgarishida NO ning ahamiyati asoslangan;
o‘tkir va surunkali yiringli rinosinusitlarda nitroksidergik tizim ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi bilan mukotsiliar klirens kamayishi xamda hayot sifati ko‘rsatkichlari pasayishi o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik isbotlangan;
o‘tkir va surunkali yiringli rinosinusitlarni kompleks davolashda nitroksidergik jarayonlar buzilishini korreksiya qilish uchun kompleks davolashga qo‘shimcha L-arginin, fluimusil-antibiotik, Sinuforte berish orqali davolash usuli takomillashtirilgan;
o‘tkir va surunkali yiringli rinosinusitlarni amaldagi klinik ko‘rsatmalar va standartlarni hisobga olgan holda takomilashtirilgan davolash usuli qo‘llanilganda kasalliklarning og‘ir kechishini xamda asoratlarini oldini olish imkonini bergan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yildagi 28 dekabrdagi 82-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 25 yanvardagi 01471-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir va surunkali yiringli rinosinusitli bemorlarda nitroksidergik tizimning mahalliy va tizimli ko‘rsatkichlarining yuqoriligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘tkir va surunkali yiringli rinosinusitli bemorlarda nitroksidergik tizimning mahalliy va tizimli ko‘rsatkichlari o‘zgarishlarning ba’zi patogenetik mexanizmlari to‘g‘risida mavjud tushunchalarni kengaytirilganligi, nitroksidergik tizim ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi bilan o‘tkir va surunkali yiringli rinosinusitlar klinik kechishi va bemorlarning yoshiga bog‘liqligi aniqlanganligi hamda o‘tkir va surunkali yiringli rinosinusitli bemorlarda tashxislash va davolash usullarining takomillashtirilganligi kuzatildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 25 yanvardagi №08-01471-son buyrug‘i bilan Buxoro va Andijon viloyatlari LOR bo‘limlari klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘tkir va surunkali yiringli sinusitlarni davolashni takomillashtirishda nitroksidergik tizim ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda davolash uchun ishlab chiqilgan tavsiyalardan foydalanish bemorlarning 96 foizida patologiyani erta tashxislash, 78 foizi birlamchi tibbiy-profilaktika muassasalarida tegishli tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini berdi va ambulator sharoitida davolanishni amalga oshirishga ko‘mak bo‘ldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1)O‘tkir va yiringli rinosinusitlarni davolash standartiga taklif kilingan davolashga yo‘naltirish va farmakologik tavsiyalar bemorlar yotok kunini 2 kunga kiskarganligi xisobiga yotok kunidan 320 000 sum iqtisod qilingan 2) Ambulator sharoida davolangan bemorlar kasallik varakasi kuni kamayishi xisobiga 156 000sum davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilishga imkon berdi. Xulosa: O‘tkir va yiringli rinosinusitlarni yangi davolash sexmasining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 156 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 320 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘tkir va surunkali yiringli sinusitlarni davolashni takomillashtirishda nitroksidergik tizim ko‘rsatkichlarining axamiyati» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 11oktyabrdagi 4078-sonli xati yuborilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 25 yanvardagi №08-01471-son ma’lumotnomasi).
ikkinchi ilmiy yangilik o‘tkir va surunkali yiringli rinosinusitlarda nitroksidergik tizim ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi bilan mukotsiliar klirens kamayishi va hayot sifati pasayishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqotning amaliy ahamiyati klinik, biokimeviy, bakteriologik va instrumental tadqiqotlar natijalari o‘tkir va surunkali yiringli rinosinusitda nitroksidergik tizimning mahalliy va tizimli ko‘rsatkichlari o‘zgarishlarning kasallik og‘irligini bashoratlash va davolash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 25 yanvardagi №08-01471-son buyrug‘i bilan Buxoro va Andijon viloyatlari LOR bo‘limlari klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir va surunkali yiringli sinusitlarning og‘ir kechishini oldini oladi, turmush tarzi yaxshilanadi, kasalxonaga murojatlar sonini kamayadi, kasallik ustidan to‘liq nazoratga erishiladi va ushbu kasallika chalingan bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir yiringli sinusit bo‘lgan bemorlarda qonda nitratlar va nitritlar umumiy miqdori 1,13 marta, surunkali yiringli sinusit bo‘lgan bemorlarda 2,23 marta oshishi va bu holat endogen azot oksidi miqdori oshishi natijasida kasallik klinik kechishini og‘irlashtirishi isbotlanganda 1) bemorning shifoxonada qolish muddatini 2 kunga qisqartirib, shifoxonadagi yotoq kun miqdorini kamaytirgan 2) shifoxonada bo‘lish davrining qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: yangi davolash-profilaktik algoritmining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 300 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 320 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘tkir va surunkali yiringli sinusitlarni davolashni takomillashtirishda nitroksidergik tizim ko‘rsatkichlarining axamiyati» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 11oktyabrdagi 4078-sonli xati yuborilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 25 yanvardagi №08-01471-son ma’lumotnomasi).
uchinchi ilmiy yangilikning mohiyati: o‘tkir va surunkali yiringli rinosinusitlarni amaldagi klinik ko‘rsatmalar va standartlarni hisobga olgan holda davolash usullarini nitroksidergik jarayonlar ko‘rsatkichlariga ta’sirini va kasallik kechishini belgilash uchun ulardan foydalanish imkoniyatlari isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘tkir va surunkali yiringli rinosinusitlarni amaldagi klinik ko‘rsatmalar va standartlarni hisobga olgan holda davolash usullarini nitroksidergik jarayonlar ko‘rsatkichlariga ta’sirini va kasallik kechishini belgilash uchun ulardan foydalanish imkoniyatlari asoslandi va shu asosida yaratilgan EHM dasturi (DGU №29783, 22.10.2023) kasallikni erta aniqlash va davolash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 25 yanvardagi №08-01471-son buyrug‘i bilan Buxoro va Andijon viloyatlari LOR bo‘limlari klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir va surunkali yiringli rinosinusitlarni amaldagi klinik ko‘rsatmalar va standartlarni hisobga olgan holda davolash usullarini nitroksidergik jarayonlar ko‘rsatkichlariga ta’sirini va kasallik kechishini belgilash uchun ulardan foydalanish asosida kasalliklarni ogir kechishi, asoratlarini oldini olishga erishilgan. Taklif etilgan kompleks yondashuvdan o‘tkir va surunkali yiringli sinusitlarni 96% bemorlarda davolash va profilaktika sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bemorning shifoxonadagi davri uchun: 1) bemorning shifoxonada qolish muddatini 2 kunga qisqartirtirib, shifoxonadagi yotoq kun miqdorini kamaytirgan; 2) shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: yangi davolash-profilaktik algoritmining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 300 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 320 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘tkir va surunkali yiringli sinusitlarni davolashni takomillashtirishda nitroksidergik tizim ko‘rsatkichlarining axamiyati» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 11oktyabrdagi 4078-sonli xati yuborilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 25 yanvardagi №08-01471-son ma’lumotnomasi).
to‘rtinchi ilmiy yangilikning o‘tkir va surunkali yiringli rinosinusitlarni kompleks davolashda nitroksidergik jarayonlar buzilishini korreksiya qilish uchun kompleks davolashga qo‘shimcha L-arginin, fluimusil-antibiotik, Sinuforte dori vositalirini qo‘llash orqali takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati o‘tkir va surunkali yiringli rinosinusitlarni amaldagi klinik ko‘rsatmalar va standartlarni hisobga olgan holda davolash usullarini nitroksidergik jarayonlar ko‘rsatkichlariga ta’sirini va kasallik kechishini belgilash uchun ulardan foydalanish, burun bo‘shlig‘ini fiziologik eritma va miramistin 0,5% eritmasi bilan, yallig‘langan BYoB ni endoskopik drenajlash va fluimusil-antibiotik bilan yuvish, shuningdek, NO almashinuvida ishtirok etuvchi L-arginindan foydalanish ushbu bemorlarda kasallik kechish davomiyligini kiskarishi, davolash samaradorligini oshishi va asoratlarini oldini olishga yordam bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 25 yanvardagi №08-01471-son buyrug‘i bilan Buxoro va Andijon viloyatlari LOR bo‘limlari klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bemorlarni to‘g‘ri tashxislash va davolanish natijasida o‘tkir va surunkali yiringli sinusitga chalingan bemorlarning kundalik hayot faoliyati yaxshilanadi, kasalxonalarga murojat sonining kamayishi, ambulator va kasalxonaga yotib davolanish kunini kamaytirishga imkon beradi, kasallik ustidan erta to‘liq nazoratga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat 1) 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy kursatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 2 kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 320 ming so‘mga kamaytirdi (preyskurantga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 160.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining 2 kunga qisqartirilishi hisobiga 300 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 1 ta bemor xisobidan 1 kunga 310 000 sumni tashkil etadi. Bu esa o‘z navbatida yil davomida yuqori iqtisodiy samaradorlikka olib keladi. Xulosa: yangi davolash-profilaktik algoritmining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 300 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 320 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘tkir va surunkali yiringli sinusitlarni davolashni takomillashtirishda nitroksidergik tizim ko‘rsatkichlarining axamiyati» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 11oktyabrdagi 4078-sonli xati yuborilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 25 yanvardagi №08-01471-son ma’lumotnomasi).