Madalieva Xonzoda Abduvohidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Din falsafasida muqaddaslik fenomenining kognitiv-gnoseologik tahlili. 07.00.04 – Dinshunoslik (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fal431.
Ilmiy rahbar: Madaeva Shaxnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Ne’matillo Asatullaevich, tarix fanlari doktori, dotsent; Aliev Bekdavlat Alievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi din falsafasida “muqaddaslik” fenomenining kognitiv-gnoseologik mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Rudolf Ottoning “muqaddaslik” (das heilige) fenomenining irratsional tushuncha ekanligini ilgari surishi natijasida G‘arb dinshunosligida e’tiqodning “empirik (grek. εμπειρία-tajriba) ishonch” asosida ifodalanganligi dalillangan;
nemis olimi Fridrix Haylerning 1961 yildagi konsentrik doira – muqaddas tushunchalar orqali Xudoga etishish nazariyasi IX asrda Hakim Termiziy tomonidan insonning “muslim” (arab. مسلم), “mo‘min” (مؤمن), “orif” (عارف) hamda “muvahhid” (موحّد) maqomlarida yoritilganligi isbotlangan;
Injilda “shanba” (grek. “τὰσάββατα”) muqaddas kun sifatida ta’kidlanganiga qaramay cherkovlardagi asosiy ibodat kuni Isoning qayta tirilishi sharafiga “yakshanba” (qad. slavyan. “v’skr`seniѥ”)ga ko‘chirilgani “Xristianlik ta’limotining qisqacha bayoni” kitobi orqali dalillangan;
Farg‘ona, Surxondaryo, Xorazm viloyatlaridagi ziyoratgohlar misolida daraxtlarni muqaddas sanab, bog‘ich bog‘lash amaliyoti islomgacha bo‘lgani va g‘aybni zohirga bog‘lash, maqsadga erishishning kuchli istagi sabab hozirda ham mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Din falsafasida muqaddaslik fenomenining kognitiv-gnoseologik tahlilini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
XX asrning yigirmanchi yillaridan G‘arb davlatlarida din fenomenologiyasi, xususan “muqaddaslik” fenomeni o‘rganilishining oltin davri bo‘lganligi, bunga sabab insonning antropologik mohiyatiga muqaddaslik fenomeni nuqtai nazaridan qaralgani aniqlanganiga oid xulosalardan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita buyurtmasi asosida chop etilgan “Islom ensiklopediyasi”da foydalanilgan (Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022-yil 21-sentyabrdagi 02-03/7224-son ma’lumotnomasi). Natijada, din fenomenologiyasi hamda muqaddaslik fenomeni haqidagi batafsil ma’lumotlar magistr hamda talabalar bilimining oshishiga yordam bergan;
Sharq va G‘arbda inson mohiyatini muqaddaslik fenomeni bilan bog‘lashga urinish Hakim Termiziyning “Sadr, qalb, fuad va lubb o‘rtasidagi farq bayoni” asaridagi insonning “muslim” (مسلم), “moʻmin” (مؤمن), “orif” (عارف) hamda “muvahhid” (موحّد) maqomlari haqidagi g‘oyalari va Fridrix Haylerning muqaddaslik haqidagi konsentrik doira nazariyasi asosida isbotlanganiga oid ilmiy yangiliklaridan davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida tayyorlangan “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi buyurtmasi asosida tayyorlangan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi” nomli kitoblar mazmuniga singdirilgan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022-yil 14-sentyabrdagi 02/458-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy jamoatchilikning avliyolar, Hakim Termiziyning avliyolik darajalari bo‘yicha tasnifi, karomat va agiografik asarlar, ularni o‘rganishning bugungi kundagi ahamiyati haqidagi bilimlarining oshishiga yordam bergan;
islom dinida “juma”, yahudiylikda “shabbat” va xristianlikda “voskresen`e” kunlari moʻtabar ekanligi, muqaddas tushunchalar va ularning tahlili G‘arb olimlari ijodida falsafiy fenomenal kategoriyalar, Sharq olimlari ijodida esa, tasavvufiy, aqidaviy usullar yordamida yoritilgani haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining “Jaholatga qarshi ma’rifat” ekspozisiyasi bo‘limi eksponatlarini tayyorlashda foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2022-yil 21-sentyabrdagi 171/22-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar ziyorat turizmining ilmiy asoslari bo‘yicha etarli nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega gid tarjimonlarni tayyorlash hamda malakasini tizimli oshirib borishni ta’minlashga, shu bilan birga ularda Sharq olimlari va mutafakkirlarining muqaddas tushunchalar borasida amalga oshirgan ishlari haqidagi ma’lumotlar shakllanishiga xizmat qilgan;
Farg‘ona, Surxondaryo, Xorazm viloyatlaridagi ziyoratgohlar misolida daraxtlarni muqaddas sanab bog‘ich bog‘lash amaliyoti islomgacha bo‘lgani va g‘aybni zohirga bog‘lash, maqsadga erishishning kuchli istagi sabab hozirda ham mavjudligi dalillanganligi to‘g‘risidagi nazariy hamda amaliy xulosalardan O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy vebportali kontentini boyitishda, xususan, vebportalning “Diniy savollarga javob beruvchi Koll-markaz” faoliyatida ham samarali foydalanilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2022-yil 22-sentyabrdagi 171/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar orasida islomiy urf-odat va an’analar asliyati, ziyoratgohlardagi turli sinkretik ko‘rinishdagi “noto‘g‘ri tushuncha” va “aqidalar”ning har xil bid’at va xurofotlarga sabab bo‘lishi mumkinligiga oid qarashlar shakllanishiga xizmat qilgan.