Alimkulov Nusratulla Raxmonkulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mirzacho‘l landshaftlarini geoekologik baholash va rayonlashtirish», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Gr49.
Ilmiy maslahatchi: Abbosov Subxon Burxonovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Boymirzaev Karimjon Mirzamaxmudovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Rafiqov Vaxob Asomovich, geografiya fanlari doktori, professor; Xayitov Yozil Qosimovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mirzacho‘l landshaftlarini geoekologik baholash, rayonlashtirish va geoekologik vaziyatni optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mirzacho‘l landshaftlarida antropogen omil ta’sirida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, landshaft-ekologik sharoitining mazmun va mohiyati tahlil qilingan va geoekologik muammolar aniqlangan;
Mirzacho‘lning landshaft-qishloq xo‘jalik kartasi yaratilib, sug‘orma dehqonchilik yerlarining paxtachilik, donchilik, bog‘dorchilik-uzumchilik, sabzavotchilik-polizchilik, yaylovlar kompleks toifalari ajratilgan va sug‘orma dehqonchilik yerlarining meliorativ sharoiti aniqlangan;
Mirzacho‘l landshaft-ekologik sharoiti baholangan va hududning landshaft-ekologik kartasi yaratilgan hamda landshaftlarning o‘zgarganlik darajasi ochib berilgan;
Mirzacho‘l landshaft-ekologik sharoiti nuqtai nazaridan landshaft-ekologik jihatdan rayonlashtirilgan, ilk bor hudud 6 ta landshaft-ekologik rayonlarga ajratilgan hamda ushbu rayonlarning tabiiy geografik jihatlari aniqlangan;
Mirzacho‘l landshaftlarida antropogen omil ta’sirida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, geoekologik muammolar, sug‘oriladigan yerlarning qoniqarsiz holatga tushishining asosiy sabablari va yer yuzasi tuproq qoplami hamda meloratsiyasi masofaviy zondlash ma’lumotlari asosida aniqlangan;
Mirzacho‘ldagi geoekologik vaziyatlarni optimallashtirish chora-tadbirlarini takomillashtirish va atrof-muhitni muhofaza qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mirzacho‘l landshaftlarini geoekologik baholash va rayonlashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Mirzacho‘l landshaftlaridagi geoekologik vaziyatni baholash va rayonlashtirish, mavjud geoekologik vaziyatlarni yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 2023 yil 31 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, Mirzacho‘lning landshaft-qishloq xo'jalik kartasi yaratilib, sug‘orma dehqonchilik yerlarining paxtachilik-donchilik, bog'dorchilik-uzumchilik, sabzavotchilik-polizchilik, yaylovlar kompleks toifalari ajratilgan, sug'orma dehqonchilik yerlarining qishloq xo‘jaligi komplekslarining hududiy xususiyatlarini aniqlashtirish imkonini bergan;
Mirzacho‘lning sug‘orma dehqonchilik yerlarining meliorativ sharoiti aniqlangan, yerlardan samarali foydalanish maqsadida ushbu uerlar bo‘yicha tuproq unumdorligi (ball bonitetlarini yillik solishtirish asosida) oshirilganligini ko‘rsatuvchi kartalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 2023 yil 31 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘orma dehqonchilik yerlarining meliorativ holatini yaxshilash imkonini bergan;
Mirzacho‘l landshaft-ekologik sharoiti baholashlari va hududning landshaft-ekologik kartasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 2023 yil 31 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, landshaft-ekologik sharoitning hududiy miqyosdagi o‘zgarishlarni aniqlash, landshaftlardan qishloq xo‘jalikda foydalanishni rejalashtirish imkoniyatlarini bergan;
Mirzacho‘l landshaftlarida antropogen omil ta’sirida sodir bo‘layotgan bir qator o‘zgarishlar va geoekologik muammolari, sug‘oriladigan yerlarning qoniqarsiz holatga tushishining asosiy sabablarini aniqlash va echish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 2023 yil 31 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari sug‘oriladigan yerlari va suv resurslaridan foydalanish chora-tadbirlar rejasini takomillashtirish imkonini bergan;
Mirzacho‘lda tabiiy muhitning antropogen ifloslanishi, landshaftlarning ekologik vaziyati va ularni baholash, Mirzacho‘lda tarkib topgan ekologik vaziyatlar, tabiatdan foydalanishning geoekologik tamoyillari, tabiiy resurslardan foydalanishning ustivor yo‘nalishlari, geoekologik kartalarni yaratish va rayonlashtirish masalalari 5110500-Geografiya o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” darsligi (Guvohnoma, №1186-067) mazmunida o‘z aksini topgan. Natijada, Mirzacho‘l landshaftlaridan foydalanishni tartibga solish va me’yorlashtirish, landshaft-ekologik jihatdan rayonlashtirish tushunchalarini talabalar tomonidan keng o‘zlashtirish imkonini bergan;
Mirzacho‘l hududi atmosfera havosining ifloslanishi va ularni muhofaza qilish, suv resurslarining ifloslanishi, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidagi ekologik vaziyat, tuproq-er resurslari va ularni muhofaza qilish, yerlardan foydalanish jarayonida vujudga kelgan muammolar, yerlarning mahsuldorligini oshirish masalalari hamda biologik resurslardan foydalanish va uning muhofazasi hamda optimallshtirish bo‘yicha takliflari 5110500-Geografiya o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” darsligi (Guvohnoma, №1186-067) mazmuniga singdirilgan. Natijada, talabalarning landshaft-ekologik sharoit tushunchasi mazmun-mohiyatini anglash va geoeklogik muammolarni oldini olish kompetensiyalarini takomillashtirish imkonini bergan.