Abduvoxidov Abdullo Shukrullo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Abu Lays Samarqandiy «Xizanatu-l-fiqh» asarining Movarounnahr fiqhi rivojidagi o‘rni» 24.00.03 – Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tar837.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Ilmiy rahbar: siyosiy fanlar doktori, professor Muhammadsidiqov Muhammadolim Muhammadroziq o‘g‘li.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Yusupova Nigora Jaloliddinovna va tarix fanlari falsafa doktori (PhD) Mirzaev Nasriddin Muxritdinovich.
Yetakchi tashkilot: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Abu Lays Samarqandiyning «Xizanatu-l-fiqh» asarining X-XI asrlar Movarounnahr fiqh ilmi taraqqiyotida tutgan o‘rnini ochib berish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
«Xizanatu-l-fiqh»da hanafiy mazhabi asoschilaridan kelmagan ibodat va ijtimoiy mavzulardagi 5 masalada o‘z ijtihodi bilan asl qoidalar (أصول الفقه)ga tayanib fatvo (فتوى) berganligi bilan Abu Lays Samarqandiy mujtahidlarning uchinchi tabaqasiga kiritilib, ma’lum masalalardagi mujtahid olim ekani isbotlangan;
«Xizanatu-l-fiqh»da unga qadar yozilgan fiqhiy matnlardan farqli ravishda enaga huquqlarini mustahkamlab qo‘yish uchun «Bolaga enaga yollash» qismi asarning «Ijaralar» (كتاب الإجارة) nomli bo‘limiga kiritilgan bo‘lib, unda enaga ijarasi, uning shartlari, ta’minoti va xizmat haqi bilan bog‘liq masalalar bayon etilgani hamda ushbu tartib keyingi davrdagi fiqhiy kitoblarga asos bo‘lgani aniqlangan;
Abu Lays Samarqandiy ayollarning qozilik bilan shug‘ullanishlariga oid ahli sunna mazhablari o‘rtasidagi ixtilofli masalada ularning jamiyatdagi munosib o‘rnini ko‘rsatib berish uchun moliyaviy qoidalar, ijtimoiy me’yorlar va voke’likni yaxshi bilgan salohiyatli ayollar iktisodiy ishlar (المسائل المالية)da  qozilik bilan shug‘ullanishlari joizligiga fatvo bergani ochib berilgan;
«Fatovoi hindiya» va «Fatovoi tatarxoniya» nomli fatvo kitoblarida «muzoroba» (المضاربة – kelishuv) asosida ishlayotgan ishchining ta’minoti doimiy yashaydigan joyda o‘zining zimmasida bo‘lishi, boshqa erga safar qilgan taqdirda, xarajatlar o‘rtadagi moldan qoplanishi shartligi to‘g‘risidagi masalaga echim berishda bevosita Samarqandiyning «Xizanatu-l-fiqh» asariga tayanilgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abu Lays Samarqandiy «Xizanatu-l-fiqh» asari hanafiy fiqhiga oid muhim manba ekanligi bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
«Xizanatu-l-fiqh»da hanafiy mazhabi asoschilaridan kelmagan ibodat va ijtimoiy mavzulardagi 5 masalada o‘z ijtihodi bilan asl qoidalar (أصول الفقه)ga tayanib fatvo (فتوى) berganligi bilan Abu Lays Samarqandiy mujtahidlarning uchinchi tabaqasiga kiritilib, ma’lum masalalardagi mujtahid olim ekani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan «O‘rta asrlarda yashagan mashhur samarqandlik allomalar» va «O‘rta asr sharq allomalari ensiklopediyasi» kitoblar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2023 yil 18 iyuldagi 02-02/5855-son ma’lumotnomasi). Natijada, hanafiy olimlarning islom huquqi nazariyalari shakllanishidagi o‘rni va xizmatlari haqidagi ma’lumotlar ilmiy jamoatchilikka etib borishiga xizmat qilgan;
«Xizanatu-l-fiqh»da unga qadar yozilgan fiqhiy matnlardan farqli ravishda enaga huquqlarini mustahkamlab qo‘yish uchun «bolaga enaga yollash» qismi asarning «Ijaralar» (كتاب الإجارة) nomli bo‘limiga kiritilgan bo‘lib, unda enaga ijarasi, uning shartlari, ta’minoti va xizmat haqi bilan bog‘liq masalalar bayon etilgani hamda ushbu tartib keyingi davrdagi fiqhiy kitoblarga asos bo‘lgani xususidagi ilmiy xulosalar Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida o‘qitiladigan «Zamonaviy fiqhiy masalalar» fanidan ma’ruzularda foydalanilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2023 yil 23 avgustdagi 3022-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyat hamda ta’lim-tarbiya jarayonida e’tibor berilishi lozim bo‘lgan o‘rinlar borasidagi savollariga javob topishlariga xizmat qilgan;
Abu Lays Samarqandiy ayollarning qozilik bilan shug‘ullanishlariga oid ahli sunna mazhablari o‘rtasidagi ixtilofli masalada ularning jamiyatdagi munosib o‘rnini ko‘rsatib berish uchun moliyaviy qoidalar, ijtimoiy me’yorlar va voke’likni yaxshi bilgan salohiyatli ayollar iktisodiy ishlar (المسائل المالية)da  qozilik bilan shug‘ullanishlari joizligiga fatvo bergani xususidagi ilmiy xulosalar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qo‘lyozmalari katalogini yaratishda foydalanilgan va «O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi» kitobi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023 yil 2 avgustdagi 02/346-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy hayotda ayollarning roli Movarounnahr olimlari qarashlarida qanchalik ahamiyatli bo‘lgani haqidagi ma’lumotlar ilmiy jamoatchilikka etib borishiga xizmat qilgan;
«Fatovoi hindiya» va «Fatovoi tatarxoniya» nomli fatvo kitoblarida «muzoroba» (المضاربة – kelishuv) asosida ishlayotgan ishchining ta’minoti doimiy yashaydigan joyda o‘zining zimmasida bo‘lishi, boshqa erga safar qilgan taqdirda, xarajatlar o‘rtadagi moldan qoplanishi shartligi to‘g‘risidagi masalaga echim berishda bevosita Samarqandiyning «Xizanatu-l-fiqh» asariga tayanilgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan «O‘zbekiston tarixi» telekanalida efirga uzatiladigan «Taqdimot» turkum ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 23 maydagi 06-49-978-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hozirgi kunda kelishuv asosida ishlovchi sheriklar orasida vujudga kelelayotgan ba’zi muammolarga echim bo‘lishda asosli manba bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish