Boratov Baxtiyor Sayfullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘qimachilik korxonalari rivojlanishini boshqarishda biznes-modellarini qo‘llash”, 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1732.
Ilmiy maslahatchi: Xashimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gafurova Dilshoda Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘qimachilik korxonalari rivojlanishini boshqarishda biznes-modellarini qo‘llashning samaradorligini aniqlash bo‘yicha taklif hamda tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «biznes modeli» tushunchasi samarali biznes tizimining tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning maqbul kombinatsiyasiga erishish uchun barcha o‘zaro ta’sirlar zanjirini o‘z ichiga oluvchi, texnik resurslarni namoyish qilishdan boshlab, ijtimoiy natijalarni ko‘rsatish bilan yakunlanadigan, evristik soddalashtirilgan kognitiv xaritani yaratish vazifasini bajaruvchi, innovatsion jarayonda qo‘llaniladigan texnik faoliyat va biznes faoliyatni bog‘lashga yordam beradigan umumiy aloqani namoyon etish jihatidan takomillashtirilgan;
«SANAM» mas’uliyati cheklangan jamiyatida mukammallashgan biznes-modelga ko‘ra o‘z-o‘zini baholash asosida boshqaruv imkoniyatlari (BI=311 ball) va natijalari (BN=303 ball) guruhlari mezonlari bo‘yicha to‘qimachilik korxonalari rivojlanishini boshqarish jarayonini takomillashtirish taklifi asoslangan;
“SANAM” mas’uliyati cheklangan jamiyatda ko‘ylakbop mato uchun muqobil xomashyo tarkibini tanlash tadbirlarini foyda miqdorini maksimallashtirish mezoni bo‘yicha maqsad funksiyasini belgilash orqali korxona faoliyatini barqaror rivojlantirish imkoniyati asoslangan;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatida zamonaviy biznes-modellarini qo‘llash asosida ishlab chiqarish hajmining 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘qimachilik korxonalarining rivojlanishini boshqarishda biznes-modellarini qo‘llashning samaradorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «biznes modeli» tushunchasini samarali biznes tizimining tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning maqbul kombinatsiyasiga erishish uchun barcha o‘zaro ta’sirlar zanjirini o‘z ichiga oluvchi, texnik resurslarni namoyish qilishdan boshlab, ijtimoiy natijalarni ko‘rsatish bilan yakunlanadigan, evristik soddalashtirilgan kognitiv xaritani yaratish vazifasini bajaruvchi, innovatsion jarayonda qo‘llaniladigan texnik faoliyat va biznes faoliyatni bog‘lashga yordam beradigan umumiy aloqani namoyon etish jihatidan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun tavsiya etilgan “Yangi strategiyalar va raqobatbardoshlik: firmalar, klasterlar va iqtisodiy rivojlanish” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 09 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda korxonalar rivojlanishini boshqarishda qo‘llaniluvchi biznes modellar to‘g‘risidagi nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
«SANAM» mas’uliyati cheklangan jamiyatida mukammallashgan biznes-modelga ko‘ra o‘z-o‘zini baholash asosida boshqaruv imkoniyatlari (BI=311 ball) va natijalari (BN=303 ball) guruhlari mezonlari bo‘yicha to‘qimachilik korxonalari rivojlanishini boshqarish jarayonini takomillashtirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 29 sentyabrdagi № 12-12-19 sonli va “SANAM” MChJ to‘qimachilik korxonasining 2023 yil 15 avgustidagi ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “SANAM” MChJ to‘qimachilik korxonasida sof foyda hajmini 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 12,4 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
“SANAM” mas’uliyati cheklangan jamiyatda ko‘ylakbop mato uchun muqobil xomashyo tarkibini tanlash tadbirlarini foyda miqdorini maksimallashtirish mezoni bo‘yicha maqsad funksiyasini belgilash orqali korxona faoliyatini barqaror rivojlantirish imkoniyatiga erishish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar boshqarish faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 29 sentyabrdagi № 12-12-19 sonli va “SANAM” MChJ to‘qimachilik korxonasining 2023 yil 15 avgustidagi ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “SANAM” MChJ to‘qimachilik korxonasi sotilgan mahsulot hajmini 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 10,8 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatida zamonaviy biznes-modellarini qo‘llash asosida ishlab chiqarish hajmining 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar boshqarish faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 29 sentyabrdagi № 12-12-19 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatida zamonaviy biznes-modellarini qo‘llash asosida ishlab chiqarish hajmining uzoq muddatli istiqboldagi parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish va aniqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.