Xalilova Nilufar Akramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Hunarmandchilikni rivojlantirishning mintaqaviy xususiyatlari (Qashqadaryo viloyati misolida)», 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1387.
Ilmiy rahbar: Zokirova Nodira Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Murodova Nodira Qullievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Otaboev Sherzodbek Xudayberganovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mamlakat mintaqalarida hunarmandchilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “mintaqaviy hunarmandchilik” tushunchasi biron bir mamlakat yoki mintaqa chegaralarida joylashgan, tabiiy-iqlimiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy-geografik, madaniy-ma’muriy jihatdan yagona boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan hududdagi an’analar, qadriyatlar va ma’lum bir ixtisoslashuv bo‘yicha qo‘l mehnati va ijodiy faoliyatning uyg‘unlashuviga asoslangan holda aholiga mustaqil ravishda o‘z daromadlarini shakllantirish imkonini beruvchi mahsulot ishlab chiqarish sohasi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
mintaqalarda hunarmandchilikni rivojlantirishda mahalliy byudjet, byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan “hunarmand usta”, “katta hunarmand usta” kabi hunarmandchilik maqomlarini joriy etish hamda “yosh hunarmandlar” bo‘limini shakllantirishni moliyaviy rag‘batlantirish taklifi asoslangan;
hududlarda milliy hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, hunarmandchilik mahsulotlarini xalqaro onlayn savdo maydonlariga joylashtirish, reklama va targ‘ibot jarayonlari orqali jahon bozoriga olib chiqish, tegishli o‘quv kurslari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mintaqaviy markazlarni tashkil etish taklifi asoslangan;
Qashqadaryo viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida hunarmandchilik bilan band bo‘lgan aholi ulushi dinamikasining inersion, bazaviy va mobilizatsion ssenariylarga asoslangan 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
uslubiy yondashuvga ko‘ra “mintaqaviy hunarmandchilik” tushunchasini biron bir mamlakat yoki mintaqa chegaralarida joylashgan, tabiiy-iqlimiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy-geografik, madaniy-ma’muriy jihatdan yagona boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan hududdagi an’analar, qadriyatlar va ma’lum bir ixtisoslashuv bo‘yicha qo‘l mehnati va ijodiy faoliyatning uyg‘unlashuviga asoslangan holda aholiga mustaqil ravishda o‘z daromadlarini shakllantirish imkonini beruvchi mahsulot ishlab chiqarish sohasi nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlarining 60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiyot nazariyasi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Kengashining 2023 yil 28 dekabrdagi 4-sonli qarori). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy o‘quv yurtlari talabalarida hududdagi an’analar, qadriyatlar va ma’lum bir ixtisoslashuv bo‘yicha qo‘l mehnati va ijodiy faoliyatning uyg‘unlashuviga asoslangan holda aholiga mustaqil ravishda o‘z daromadlarini shakllantirish imkonini beruvchi mahsulot ishlab chiqarish sohasi sifatidagi mintaqaviy hunarmandchilik tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni yanada chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
mintaqalarda hunarmandchilikni rivojlantirishda mahalliy byudjet, byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan “hunarmand usta”, “katta hunarmand usta” kabi hunarmandchilik maqomlarini joriy etish hamda “yosh hunarmandlar” bo‘limini shakllantirishni moliyaviy rag‘batlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Hunarmandchilik uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-77-son qarori bilan “2022 yilda hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Hunarmandchilik uyushmasining 2022 yil 24 dekabrdagi 02-14/1749-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatda 15 mingdan ortiq yoshlarni hunarmandlarga shogirdlikka jalb qilish imkoni yaratilgan;
hududlarda milliy hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, hunarmandchilik mahsulotlarini xalqaro onlayn savdo maydonlariga joylashtirish, reklama va targ‘ibot jarayonlari orqali jahon bozoriga olib chiqish, tegishli o‘quv kurslari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mintaqaviy markazlarni tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Hunarmandchilik uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-77-son qarori bilan “2022 yilda hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Hunarmandchilik uyushmasining 2022 yil 24 dekabrdagi 02-14/1749-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hunarmandchilik mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish, sotish xajmini ortishiga va «Amazon», «Ebay» va «ESY» kabi xalqaro onlayn savdo maydonlariga joylashtirish imkoni yaratilgan;
Qashqadaryo viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida hunarmandchilik bilan band bo‘lgan aholi ulushi dinamikasining inersion, bazaviy va mobilizatsion ssenariylarga asoslangan 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “2023-2030 yillar uchun aholini mehnat bilan bandligi darajasini oshirish strategiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2022 yil 21 dekabrdagi
01/00-03/19-11579-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, mobilizatsion prognoz ko‘rsatkichlariga ko‘ra, o‘rta muddatli istiqbolda Qashqadaryo viloyatida hunarmandchilik sohasida band bo‘lgan aholi ulushi 2022 yilga nisbatan 23,2 foizga, inersion ssenariy bo‘yicha 11,1 foizga, mobilizatsion ssenariy bo‘yicha 35,4 foizga ortishi mumkinligi aniqlangan.