To‘xteev Bobir-Mirzo Avazovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida “elektron parlament” tizimi va uni takomillashtirish masalalari”, 23.00.02 – “Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar” (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2022.2.PhD/Ss334.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Qodir Asadovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:
O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar:Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Topildiev Voxidjon Raximjonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Xorijiy va milliy tajribalarni qiyosiy tahlil qilish asosida O‘zbekiston Respublikasida “elektron parlament” tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ektlari tomonidan qonun loyihalarining rasman kiritilishidan avval ularni Qonunchilik palatasi qo‘mitalari bilan muhokama qilish jarayonini tashkil qilish aholi va siyosiy institutlar o‘rtasida ehtiyoj va manfaatlar mutanosibligiga erishish hamda o‘zaro ishonch darajasini oshirishning jamoatchilik konsensusini ta’minlashga hamda qonunning birdan-bir manbai va muallifi tom ma’noda xalq bo‘lishi shartligi prinsipini hayotga to‘la tadbiq etishga xizmat qilishi dalillangan;
mahalliy vakillik organlarining nazorat qilish sohasidagi vakolatlarini yanada kengaytirishning ta’sirchan mexanizmi sifatida “Kengash deputati murojaati”, “Kengash so‘rovi” va “Kengash tekshiruvi” institutlari mahalliy vakillik
va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasida “o‘zaro tiyib turish”
va “manfaatlar muvozanatini saqlash” prinsiplarini mustahkamlashga xizmat qilishi va siyosiy integratsiyaning mezoni ekanligi isbotlangan;
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini majoritar
va proporsional asosda o‘tkazishda zamonaviy siyosiy texnologiyalardan foydalanish siyosiy partiyalarning aholi bilan munosabatlarini ta’sirchan va natijali bo‘lishini ta’minlovchi “aqlli boshqaruv”ning muhim vositasi ekanligi ilmiy asoslangan;
vakillik organlari faoliyatida “Raqamli xalq deputatlari Kengashi”, “e-parliament”, “mening fikrim.uz”, “deputat.gov.uz” elektron platformalaridan foydalanilishi deputatlarning saylovchilar bilan qayta aloqalarini kengaytirish, fuqarolarning jamoaviy murojaat qilish huquqlarini ta’minlashning muhim omiliga aylanishi hamda O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi ko‘rsatkichlari oshishiga xizmat qilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida “elektron parlament” tizimi va uni takomillashtirish masalalarini tadqiq etish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy xulosa va takliflar quyidagi faoliyatlarga tadbiq qilingan:
qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ektlari tomonidan qonun loyihalarining rasman kiritilishidan avval ularni Qonunchilik palatasi qo‘mitalari bilan muhokama qilish jarayonini tashkil qilish aholi va siyosiy institutlar o‘rtasida ehtiyoj va manfaatlar mutanosibligiga erishish hamda o‘zaro ishonch darajasini oshirishning jamoatchilik konsensusini ta’minlashga hamda qonunning birdan-bir manbai va muallifi tom ma’noda xalq bo‘lishi shartligi prinsipini hayotga to‘la tadbiq etishga xizmat qilishi to‘g‘risidagi taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi hamda palataning Innovasion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil tadbirlari doirasida olib borilgan ishlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarining 2023 yil 4-apreldagi 02/4-05-439-sonli dalolatnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2023 yil 20 fevraldagi 2979-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023 yil birinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari” 411, 412, 42, 422, 423, 424-bandlaridagi vazifalarni ishlab chiqishda o‘z aksini topgan;
mahalliy vakillik organlarining nazorat qilish sohasidagi vakolatlarini yanada kengaytirishning ta’sirchan mexanizmi sifatida - “Kengash deputati murojaati”, “Kengash so‘rovi” va “Kengash tekshiruvi” institutlari mahalliy vakillik
va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasida “o‘zaro tiyib turish”
va “manfaatlar muvozanatini saqlash” prinsiplarini mustahkamlashga xizmat qilishi va siyosiy integratsiyaning mezoni ekanligi takliflari O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining deputatlik guruhlari faoliyatini yanada kuchaytirishga oid ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining
2024 yil 16 yanvardagi 1-48 A-son dalolatnomasi). Natijada “Xalq deputatlari Mahalliy Kengashlar faoliyatini tashkil etishga doir uslubiy tavsiyalar”ni hamda O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Hay’atining 2024 yil 12 yanvardagi H-1-6-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston XDP saylovoldi dasturida belgilangan maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi deputatlik birlashmalarining 2024 yilga mo‘ljallangan amaliy Harakat dasturini ishlab chiqishda manba sifatida foydalanilgan bu esa hududlardagi vakillik organlari orqali partiya maqsad va vazifalarini samarali amalga oshirishga xizmat qilgan;
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini majoritar
va proporsional asosda o‘tkazishda zamonaviy siyosiy texnologiyalardan foydalanish siyosiy partiyalarning aholi bilan munosabatlarini ta’sirchan va natijali bo‘lishini ta’minlovchi “aqlli boshqaruv”ning muhim vositasi ekanligi kabi taklif va tavsiyalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining qonun ijodkorligi borasidagi faoliyatida manba sifatida o‘z aksini topgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar
va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2024 yil
6 yanvardagi 04/10-10-02-son dalolatnomasi). Natijada qo‘mita tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-883-son Qonunning sakkizinchi moddasi 2 va 45-bandlaridagi normalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
vakillik organlari faoliyatida “Raqamli xalq deputatlari Kengashi”,
“e-parliament”, “mening fikrim.uz”, “deputat.gov.uz” elektron platformalarini joriy etish deputatlarning saylovchilar bilan qayta aloqalarini kengaytirish, fuqarolarning jamoaviy murojaat qilish huquqlarini ta’minlashning muhim omiliga aylanishi hamda O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi ko‘rsatkichlari oshishiga xizmat qilishiga oid taklif va tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va uning Devoni faoliyatida “elektron parlament” tizimi tarkibiy qismlarini shakllantirish va joriy etish yuzasidan olib borilayotgan ishlarda (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining 2023 yil 29-martdagi 03-04/426-sonli dalolatnomasi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni yanada takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2023 yil 1-maydagi 4-sonli dalolatnomasi). Natijada “elektron parlament” tizimini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturida parlament faoliyati samaradorligi va shaffofligini oshirish, parlament faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish orqali xalq bilan muloqotni kengaytirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 20-sentyabrdagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga “Raqamli xalq deputatlari Kengashi” kompleks axborot tizimini tatbiq etish to‘g‘risida”gi KQ-407-IV-sonli qarorini tayyorlashga samarali xizmat qilgan.