Rajabov Habibullo Ibodullaevich
fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlatning axborot siyosati: xalqaro tajriba va O‘zbekiston amaliyoti”, 23.00.02 – “Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar” (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Ss70.
Ilmiy maslahatchi: Alimardonov To‘lqin Turdievich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08
Rasmiy opponentlar: Djumaev Rustam Ziyatovich; siyosiy fanlar doktori, professor, Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Axmedov Xusniddin Aliqulovich, siyosiy fanlar doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Jahonda axborot olish va tarqatishning yangi texnologiyalari shakllanib borishi sharoitida axborot siyosatining mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlarining xalqaro tajribasini o‘rganish va milliy informatsion amaliyotda qo‘llashga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy jamiyatda davlat va fuqarolar o‘rtasidagi integrativ munosabatlarni shakllantirishda axborot siyosatini pozitiv ta’sirining boshqa yo‘nalishlarga nisbatan tezkorligi, dinamikligi, o‘zgaruvchanligi, tizimliligi va samaraliligi ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-iqtisodiy, geosiyosiy jihatdan asoslab berilgan;
jahonda geosiyosiy raqobat va axborot urushlari kuchayib borishi sharoitida shaxs, jamiyat, davlat hamda milliy kontentni ichki va tashqi xurujlardan muhofaza qilishning gʼoyaviy-mafkuraviy, integrativ va strukturaviy mexanizmlari ochib berilgan;
davlatning axborot siyosatida ichki muhit barqarorligini ta’minlash, tashqi informatsion ta’sirlardan himoyalanish, xalqaro aloqalar hamda ilm-fan rivojida axborot omilining pozitiv rolini oshirish, jamiyatda noaxloqiy destruktiv gʼoyalarning shakllanishiga sabab bo‘luvchi (ommaviy madaniyat, radikalizm, indvidualizm, shovinizm, kosmopolitizm) global axborot tahdidlaridan himoya qilishga qaratilgan siyosiy-mafkuraviy vositalarni (siyosiy konsensus, kompromiss va sekulyarizm) takomillashtirish zarurati asoslangan;
milliy media va axborot resurslarining xalqaro axborot maydonidagi konfliktogen tahdidbardoshligini ta’minlash, jamiyatda media ta’lim, media madaniyatni shakllantirish hamda raqamli tafovutni bartaraf etishga qaratilgan mental-mafkuraviy munosabatlar ochiqlik, shaffoflik, legitimlik asosida aniqlashtirilgan;
axborot siyosatining muhim elementi sifatida axborot makonida milliy manfaatlar himoyasini kuchaytirishning yaqin, o‘rta va uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish, strategiyaning muhim yo‘nalishi sifatida “ommaviy diplomatiya” tamoyilini keng qo‘llash, ommaviy kommunikatsiyalarning anʼanaviy va zamonaviy jihatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Davlatning axborot siyosati: xalqaro tajriba va O‘zbekiston amaliyoti mavzusidagi olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida ishlab chiqilgan amaliy takliflar asosida quyidagilarga erishildi:
jahonning yirik mediakompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, milliy mediamahsulotlarni xalqaro talablar asosida sifatli tayyorlash, dunyo mamlakatlari eng ko‘p muloqot qiluvchi tillarda yoritish, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi mavqeiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, milliy madaniyatimiz, shonli tarix va mamlakatda olib borilayotgan amaliy islohotlarning ko‘lamini jahonning yirik OAVlarida keng yoritilishini ta’minlash O‘zbekistonning xalqaro nufuzi ortishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini asoslovchi takliflar O‘zbekiston Milliy axborot agentligining reja va dasturlariga kiritilgan. Dissertatsiyaning ilmiy yangiligida ko‘rsatib berilgan axborotlashgan jamiyatning zamonaviy jamiyat taraqqiyoti yoki tanazzuliga ko‘rsatadigan ta’sirining (pozitiv, negativ) eng muhim jihatlarini aniqlashga doir xulosalar va axborot urushlari kuchayib borishi sharoitida milliy informatsion resurslarni ichki va tashqi xurujlardan muhofaza qilishning texnik va mafkuraviy yo‘nalishlariga oid taklif va tavsiyalar agentlik tomonidan 2022-2023 yil uchun ishlab chiqilgan rejaning 2.1 va 2.4 bandlarida o‘z aksini topgan. O‘zbekiston Milliy axborot agentligining 2022 yil 27 sentyabrdagi 01-23/752-1-sonli ma’lumotnomasi. Natijada, axborot muhitini tashqi tahdidlardan muhofaza qilishga qaratilgan amaliy faoliyatda ijobiy tendensiyalar shakllanishi kuzatilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining «Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi» tomonidan tadqiqotchi ilgari surgan quyidagi ikki taklif: 1) Shaxs, davlat va jamiyat xavfsizligini ta’minlashda davlatning axborot siyosatini takomillashtirish mexanizmlariga doir fundamental, tarkibiy, funksional, strategik tavsiyalarni amaldagi qonunchilikka joriy etilishini ta’minlash; 2) Davlat va jamiyat boshqaruvini raqamlashtirish, hamda, uning boshqaruv samaradorligini oshiruvchi muhim vosita sifatida huquqiy asoslarini mustahkamlashga doir takliflari qo‘mita tomonidan 2022 yilning ikkinchi yarmi uchun ishlab chiqilgan ish rejaning 7- ilovasida belgilangan 3/12 bandi «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi» O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirishga qaratilgan qonunosti hujjatlari qabul qilinishi hamda amalda qo‘llanilishi holatini monitoring qilish» bandida o‘z aksini topgan. Qo‘mitaning 2022 yil 30 sentyabrdagi 10-soni ma’lumotnomasi. Natijada Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida aks etishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlar aniqlashtirilgan;
dissertatsiyaning ilmiy yangiligida aks etgan zamonaviy jamiyatda davlat va fuqarolar o‘rtasidagi integrativ munosabatlarni shakllantirishda axborot siyosatini pozitiv ta’sirining boshqa yo‘nalishlarga nisbatan tezkorligi, tizimliligi va samaraliligini ko‘rsatib beruvchi hamda, jahonda kechayotgan geosiyosiy raqobat va axborot urushlari kuchayib borishi sharoitida milliy informatsion kontentni ichki va tashqi xurujlardan muhofaza qilishga qaratilgan gʼoyaviy-mafkuraviy, integrativ va strukturaviy mexanizmlarni takomillashtirishga oid tavsiyalardan Markaz mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasida 2022-2023 yillarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir Qo‘shimcha chora-tadbirlar” Dasturining V bobi “Dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va gʼoyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun mohiyatini har tomonlama chukur yoritib borish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”, narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi samarali gʼoyaviy kurash olib borish bo‘yicha chora-tadbirlar” qismining 42- bandida belgilangan Internet maydonida ichki va tashqi tahdidlarga qarshi samarali kurashishni ta’minlash maqsadida Markaz va hududiy bo‘linmalar, ta’lim muassasalariiing ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha masʼul xodimlari ishtirokida “Internet maydonidagi ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishning usullari” mavzusida turkum hududiy va masofaviy seminar- treninglar tashkil etishda keng foydalanilgan. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan 2024 yil 9 yanvarda berilgan 02-22/20-sonli ma’lumotnoma. Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Markaz faoliyatidagi asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblangan jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy darajasini yuksaltirishga xizmat qiluvchi masalalarning ijobiy echim topishiga xizmat qilgan;
dissertatsiya xulosalarida ko‘rsatib berilgan global axborotlashuv sharoitida davlatning samarali axborot siyosatini ishlab chiqish, amaliyotga joriy etish, zamonaviy ehtiyojlardan kelib chiqib, muntazam modernizatsiya qilib borish, global axborot makonida milliy birlikni, barqarorlikni saqlab qolishning muhim vositasi ekanligini asoslovchi takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining tegishli reja va dasturlariga kiritildi. Axborot siyosatini mamlakatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi umummilliy siyosatning katalizatori, islohotlar targ‘ibotchisi hamda, axborot jarayonlarini tartibga soluvchi o‘rni va rolini o‘zida mujassam etgan milliy strategiyani yaratishga doir tavsiyalari amaliyotda qo‘llash uchun qabul qilingan.
dissertatsiyaning ilmiy yangiligida ko‘rsatib berilgan shaxs, davlat va jamiyat xavfsizligini ta’minlashda davlatning axborot siyosatini takomillashtirish mexanizmlariga doir fundamental, tarkibiy, funksional, strategik jihatlarni axborot siyosatining muhim elementi sifatida belgilash, axborot makonida milliy manfaatlar himoyasining yaqin, o‘rta va uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish zarurati aks etgan takliflar agentlik tomonidan 2023 yil uchun ishlab chiqiladigan rejaga kiritilishi belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2022 yil 19 oktyabrda berilgan 01-2/5365-sonli ma’lumotnoma. Natijada davlatning axborot siyosati konsepsiyasi ishlab chiqilishi uchun metodologik asoslar yaratilgan.