Jumaeva Muxlisa Abdug‘ani qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Tadbirkorlikni rivojlantirishda ayollar faolligini oshirish”, 08.00.15 –“Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” (iqtisodiyoti fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt1747.
Ilmiy rahbari: Eshov Mansur Po‘latovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Qosimova Fotima Tulqunovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Aripov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishda ayollar faolligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ayollar tadbirkorligi” tushunchasi kichik tadbirkorlik subektining ustav kapitali, boshqaruvi va xodimlari tarkibida ayollarning ishtirok etish darajasini hisobga olgan holda belgilash asosida ilmiy-nazariy jihatdan takomillashtirilgan;
tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlovchi jamoat tuzilmasi sifatida xotin-qizlar tadbirkorlik markazlarining ishlash mexanizmini ayollar tadbirkorligi uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar foydalanuvchilari bilan ishlovchi alohida bo‘g‘inlarni joriy etish orqali takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari faoliyatini baholashda potensial tadbirkorlarga oid, kreditga doir va markaz faoliyatiga doir ko‘rsatkichlardan foydalanish hamda ijobiy yoki salbiy tavsifi nuqtai nazaridan taqsimlagan holda yondashish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash taʼsirida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subektlari soni dinamikasining 2028 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishda ayollar faolligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ayollar tadbirkorligi” tushunchasini kichik tadbirkorlik subektining ustav kapitali, boshqaruvi va xodimlari tarkibida ayollarning ishtirok etish darajasini hisobga olgan holda belgilash asosida ilmiy-nazariy jihatdan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlarining 60411300 – Biznesni boshqarish, 60411700 – Logistika, 60412500 – Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 60412500 – Marketing (reklama ishi) taʼlim yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Omadli biznes yaratish” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2022 yil 24 oktyabrdagi 328-sonli buyrug‘i). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi oliy o‘quv yurtlari talabalariga “Ayollar tadbirkorligi” tushunchasini nazariy jihatdan o‘rganishda foydalanilish bilan birga tadbirkorlik subektlari hisobini yuritishda ayollar tadbirkorligi maqomini aniq mezonlar bo‘yicha belgilash imkonini bergan;
tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlovchi jamoat tuzilmasi sifatida xotin-qizlar tadbirkorlik markazlarining ishlash mexanizmini ayollar tadbirkorligi uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar foydalanuvchilari bilan ishlovchi alohida bo‘g‘inlarni joriy etish orqali takomillashtirish taklifi Toshkent shahar xotin-qizlar tadbirkorlik markazi faoliyatiga joriy etilgan (Respublika  xotin-qizlar tadbirkorlik markazining 2023 yil 14 avgustdagi №01-10/10-sonli maʼlumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida Yunusobod tumani xotin-qizlar tadbirkorlik markazi tomonidan ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan imtiyozli kreditlarning to‘g‘ri yo‘naltirish, kreditor ayollarning moliyaviy savodxonligi oshirish va kreditlarni qoplash bo‘yicha qarzdorlik darajasini 13%ga kamaytirish imkoni yaratilgan;
xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari faoliyatini baholashda potensial tadbirkorlarga oid, kreditga doir va markaz faoliyatiga doir ko‘rsatkichlardan foydalanish hamda ijobiy yoki salbiy tavsifi nuqtai nazaridan taqsimlagan holda yondashish taklifi Toshkent shahar xotin-qizlar tadbirkorlik markazi faoliyatiga joriy etilgan (Respublika  xotin-qizlar tadbirkorlik markazining 2023 yil 14 avgustdagi №01-10/10-sonli maʼlumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida tadbirkorlik markazlari faoliyatini qayta baholash, markazlar reytingini tuzish va tadbirkorlik markazlari faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlab olish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash taʼsirida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subektlari soni dinamikasining 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlari Toshkent shahar xotin-qizlar tadbirkorlik markazi tomonidan foydalanilgan (Respublika  xotin-qizlar tadbirkorlik markazining 2023 yil 14 avgustdagi №01-10/10-sonli maʼlumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida mamlakatda kichik tadbirkorlik subektlari faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish hamda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash strategiyasini belgilash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish