Selivanova Mariya Vyacheslavovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Neft va gaz quduqlari debitini oshirish uchun plazmali taʼsir texnologiyasini takomillashtirish», 04.00.13 – Neft va gaz konlarini o‘zlashtirish va ishlatish (texnika fanlari).
Ilmiy rahbar: Tincherov Kamil Talyatovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ufa davlat neft texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «O‘ZLITINEFTGAZ» AJ, DSc.23/25.08.2021.T.136.01.
Rasmiy opponentlar: Xujaev Ismatulla Kushaevich, texnika fanlari doktori, professor; Qarshiev Abduhoshim Xo‘jaqulovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli geologic-fizik sharoitlardagi, uglevodorod zaxiralarini chiqarib olish qiyin bo‘lgan, neftgaz konlarida qatlamni quduq tubi qismiga boshqariladigan elektr plazma razryadlari bilan ta’sir etish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
atrof-muhitga eng kam ta’sir ko‘rsatadigan qatlamning tub qismi sohasiga taʼsir qilishning elektr razryadli plazma texnologiyasiga takomillashtirilgan usuli asoslangan;
yuqori voltli plazma razryadida zarba to‘lqinlarining suyuqlik muhitlariga taʼsir ko‘rsatishining fizik-matematik modeli ishlab chiqilgan;
qatlamning tub qismi sohasida terrigen va karbonat kollektorlarning fil-tratsion va fizik-mexanik xususiyatlarining o‘zgarishi va suyuqlik ko‘rsatgichlarini to‘liq tavsiflovchi plazmaning qo‘shimcha xususiyatlari asoslangan;
murakkab kollektorlar va ularni to‘yintiruvchi suyuqliklar sharoitida plazma razryadini modellashtirish va boshqarish uchun algoritm, axborot va dasturiy taʼminot ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Neft va gaz quduqlari debitini oshirish uchun elektr plazmali taʼsir texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turli xil flyuid uchun elektr razryadning va hosil bo‘lgan zarba to‘lqin ko‘rsatkichlarini aniqlash usuli “Texplast” MChJda kernlar holatini sinovdan o‘tkazish jarayonida joriy etilgan (“Texplast” MChJning 2023 yil 18 maydagi ma’lumotnomasi). Yuqori bosim impulsi taʼsiri natijasida kon jinslarida yoriqlar hosil bo‘ladi va impulslar takrorlanishi 10 martadan 250 martagacha oshirilganda terrogen jinslarning o‘tkazuvchanligi 0.5 mkm2 dan 1.1 mkm2 gacha ortish imkonini bergan;
Quduqning tub qismiga razryadli impuls taʼsir etish texnologiyasi “Lukoyl-Perm” MChJ quduqlarida joriy etilgan (“Lukoyl-Perm” MChJning 2023 yil 19 maydagi ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat miqyosida qo‘llaniladigan texnologiya darajasida qo‘shimcha neft olish imkonini bergan;
qatlamni quduq tubi atrofiga impulsli-to‘lqinli taʼsirini nazorat etish va boshqarish dasturiy mahsulotlari o‘zi yurar karatajli PKS-5-04 ko‘targichini ishlab chiqarishda joriy qilingan (“Nijgeokomplekt” MChJning 2023 yil 17 maydagi ma’lumotnomasi). Natijada, uskunalarni quduq tubiga tushirishning aniqligi 10% ga, tizimning seysmik qo‘zg‘alishlarning sezuvchanligi 20 % ga oshish imkonini bergan.